313
1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining sinfdan tashqari ishlar (to‘garak)
ishlar
rejasi qanday tuziladi?
2. Texnik to‘garaklarda o‘quvchilarning ijodiy ko‘nikmalarini shakllantirish
usullari qanday amalga oshiriladi?
3. Texnologiya fanidan qanday to‘garaklar mavjud? Misollar keltiring.
4. Ommaviy tadbirlar kim tomonidan amalga oshiriladi?
5. Ko‘rgazmali ishlarga qo‘yiladigan pedagogik talablar qanday?
30-Mavzu. Texnologiya fanida yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitishning o‘ziga xos
xususiyatlari
Tayanch so
‘
zlar:
“Servis xizmati” yo
‘
nalishi mazmuni, “Texnologiya va
dizayn” yo
‘
nalishi mazmuni, “Qishloq xo
‘
jaligi asoslari” yo
‘
nalishi mazmuni.
30.1. “Sers xizmati yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari”
Mehnat ta‘limi “Servis xizmati” yo‘nalishi
texnik-texnologik
ta’minotini
bo‘yicha har bir o‘quv ustaxonasi kamida 25 ish o‘rniga mo‘ljallangan
bo‘lishi zarur.
Texnologiya ta’limi “Servis xizmati” yo‘nalishi texnik-texnologik
ta’minotini asosida elektr blokirovka qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Tikuvchilik dastgohlari himoya qiluvchi to‘rlar, alohida o‘rindiq va asboblar
xiliga ega bo‘lgan planshet bilan ta’minlanishi kerak. Tikuv mashinalarning va
boshqa asbob-uskunalarning o‘quvchilar uchun ish vaqtida xavfli bo‘lgan qismlari
himoya jihozlari bilan to‘sib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Maktab tikuvchilik ustaxonasida tikuv mashinalarining sanoatimiz hozir
ishlab chiqarayotgan hamma nushalari bo‘lishiga mumkin
qadar harakat qilishi
lozim, bu shuning uchun zarurki, o‘quvchi qizlarimiz faqat hamma xil tikuv
mashinalari bilan tikishni o’rganibgina qolmay,
balki u mashinalarni sozlashni,
yengil-yelpi buzilib qolganda tuzatishni, ularga qarab turishni ham o‘rganib
olsinlar. Tikuvchilik ustaxonalarining tashkil etilishi va rejalashtirilishi,
turli
uskunalar miqdori, xonaning sathi yengil sanoat va maishiy xizmat ko‘rsatish
314
korxonalari uchun qanday ixtisosdagi (erkaklar va o‘g‘il bolalar kostyumi, erkaklar
va o‘g‘il bolalar paltosi, ayollar va qizlar kostyumi,
ayollar va qizlar paltosi,
ayollar va qizlar ko‘ylagi va h. k. tikadigan) tikuvchilar tayyorlanishiga bog‘liq
bo’ladi
1
.
Qo‘l
mehnatining
ulushi
kamroq
bo‘lgan,
ishlab
chiqarish
ixtisoslashtiriladigan ishlab chiqarishni tashkil etishning ilg‘or shakllari zamonaviy
uskunalar joriy etiladigan ommaviy tarzda kiyim tikuvchi korxonalar uchun
ishchilar tayyorlash kasb-hunar kollejlarida o’quv ustaxonalarini hisoblab chiqishni
va ularni joylashtirishni fabrikalarning ishlab chiqarish sexlari qiyofasiga va
turlariga
yaqinlashtiradi, lekin bunda o‘quv maqsadlarini ham - masalan, mashq
ishlarini o‘rganish, ixtisos egallash, mehnat taqsimoti masalalarini o‘rganish va h.
k. davrlardagi maqsadlar ham hisobga olinadi.
Tikuvchilik sanoatida asosan to‘g‘ri burchak shaklidagi ish o‘rinlari
qo‘llanib, ularning o‘lchamlari ularga o‘rnatiladigan uskunalar gabaritiga va ishlov
beriladigan buyum gabaritiga bog‘iq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: