56
Bolalarning tushunishi qiyin bolgan, ularning tushunchalariga mos bo‘lmagan
bilimlarni berish ularning ongli va mustahkam o‘zlashtirishlarida
qiyinchilik
tug‘diradi. O‘quvchilarning charchashi va o‘zlashtirish darajasi pasayishiga olib
keladi.
1-4 sinf o‘quvchilarini tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan zaruriy talablar
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani boshlang‘ich ta’lim
yo‘nalishida umumlashgan holda, 5-9-sinflarda “
Texnologiya va dizayn”, “Servis
xizmati”
yo‘nalishlari asosida
o‘qitiladi.
Texnologiya fani quyidagi bo‘limlar asosida o‘qitiladi.
1-4-sinflar uchun
1. Qog‘oz va karton bilan ishlash.
2. Tabiiy va turli materiallar bilan ishlash.
3. Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash.
4. Badiiy qurish-yasash va texnik modellashtirish.
Texnologiya fanini o‘qitishda boshlang‘ich sinflarda “Iqtisod alifbosi”, yuqori
sinflarda “Sog‘lom avlod asoslari”, “Hayot xavfsizligi asoslari” hamda “Iqtisod
saboqlari” o‘quv kurslari singdirilib o‘qitiladi.
Har bir dars xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga
rioya qilgan holda tashkil etiladi.
Shuningdek, o‘quvchilarga texnologiya fanini yo‘nalishlari bo‘yicha
kasb turlari
haqida axborotlar beriladi.
Boshlang‘ich maktablarda Texnologiya ta’limi va tarbiyasining asosiy
vazifalari o‘quvchilarni
mehnatga tayyorlash, o‘qitish va umumta’lim
maktablarining boshlang‘ich sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish,
davlat ta’lim standartlari talabi bo‘yicha tarbiyalash hamda o‘quvchilarni kasb-
hunar egasi bo‘lib yetkazishda nazariy va amaliy bilim berishlardan tashkil topgan.
Mehnat madaniyatini tarkib topishi uchun
darslarda doimo bolalarning
e’tiborini asbob va materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish
joyini to‘gri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik
bilan foydalanish usullariga,
ish harakatlarini me’yori va sifatiga, ish ko‘rsatkichini ta’minlovchi
tadbirlarga,
57
ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka rioya qilishga va nihoyat narsani
chiroyli qilib bezashga talab qilib borish kerak.
Texnologiya ta’limining asosiy vazifalari tarbiyaning
maqsad va vazifalari
tomonidan belgilanib, u mehnatga axloqiy va psixologik tayyorlash, o‘quvchilarni
boshlang‘ich texnikaga oid bilim bilan qurollantirish, mehnatga amaliy tayyorlash,
mehnat malaka va ko‘nikmalari bilan qurollantirish, o‘quvchilarni mehnat ta’limi
jarayonida har tomonlama o‘stirish kabilardan tarkib topadi. Bu vazifalarni keyingi
mavzularda alohida o‘rganamiz.
Mehnatga munosabat shu mehnatning muhimligi va zarurligini tushunish, bunday
mehnatda jonbozlik ko‘rsatish, ishga shaxsan mas’uliyatni his qilgan holda
yondashish ijtimoiy mulkka tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: