36
O‘rta Osiyo mazkur davrdagi ma’naviy taraqqiyotni shartli ravishda quyidagi
davrlarga mansub deyish mumkin:
Idishlar xilma-xilligi, qadah, kosa, riton, suvdon, ayol ziynati, libosi yuqori
did bilan tayyorlanishi mahalliy sug‘dlarning turli din va madaniyati
rivojlanganligini ko‘rsatdi. Xalq hunarmandchiligi sanoat ishlab chiqarish
darajasida taraqqiy etdi. Kul, koranda, muzdur, xalfa
va shogirdlar mehnatidan
arzimas xaq evaziga foydalanilar edi.
Qimmatbaho metallar (oltin, dur, xaqiq, zabarjad va boshq.) xalq
hunarmandchiligida yuksak did bilan foydalanish keng avj oldi. Eftalit-turk
koroplastikasi sopol buyum tayyorlashda cheti to‘lqinsimon kosa, likopcha,
ilmoqsimon dastali krujka, shaffof-slyuda lok surtilgan, dastali,
chumokli tor
og‘izli ko‘za, turli maqsadda ishlatiladigan turli o‘lchamdagi qozon, shamot
aralashtirib tayyorlangan xumcha, temirchilik o‘chog‘i, maxsus sopol vannacha,
quyish qolibi, g‘isht terish xumdoni va shu kabi buyumlar yuksak did bilan,
haqiqiy san’at
asari darajasida tayyorganligi, hunarmandchilikning turli
yo‘nalishlariga ixtisoslashtirilganligini bildiradi.
Hunarmandchilik xalq, elat va qabilaning yashashi, turmushi bilan
uyg‘unlashgan holda rivojlanib, milodiy VI-XI asrlargacha
yirik davlatlarning
vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Juda ko‘p yillik va kishilik harbiy yurishi, mudofaa
va hujum qurollarining taraqqiyoti bilan yo‘g‘rilib ketadi. Ana shunday urushlar
davrida madaniy taraqqiyot, urush bo‘lgan davlatlarda bir tomondan inqirozi yuz
bersa, ikkinchi tomondan bir davlatdan ikkinchi davlatga (urush bo‘lmagan bo‘lsa
ham)
majburiy, ma’lum tarixiy davrda, mintaqadagi umumiy taraqqiyot inikosi
yuzaga keladi.
Juda ko‘p tarixiy davrlarni boshdan kechirgan hozirgi yangi davr
taraqqiyotiga nazar tashlasak,
turli sohalarning rivojlanishi, jadal suratlarning
keskin tus olishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish sohalariga bo‘lgan ehtiyoj
kundan
kunga
ortib
boryapti.
Mamlakatimizda
amalga
oshirilayotgan
islohotlarning tub negizida yoshlarni har tomonlama bilimli qilib tarbiyalash, ular
ongiga milliy qadriyatlarni singdirib borish, urf-odatlar zamirida yotgan
37
mehnatsevarlikka
o‘rgatish,
xalq
hunarmandchilik
sohalarining
turli
yo’nalishlariga qiziqtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bularni amalga oshirishda
esa texnologiya ta’limining hissasi katta hisoblanadi.
Oliy ta’limning bakalavriat va magistratura bosqichlarida
mehnat tarbiyasi
bevosita texnologya ta’limi bilan qoʻshib amalga oshiriladi. Mehnat tarbiyasi
berishda oʻquvchilarning boʻsh vaqtidan toʻgʻri foydalanish ham muhim
ahamiyatga ega. O‘quvchilarning oʻquv rejasida koʻzda tutilgan, mehnat
amaliyotini oʻtashlarini toʻgʻri
tashkil etish, ularni bolalar, oʻsmirlar ijodiyoti
saroylari, uylari, klublari va markazlari qoshidagi toʻgaraklarga koʻproq jalb qilish
yosh avlodning komil shaxslar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: