zaruriyati tug‘ildi. Buning natijasida esa chizmachilik kursi bo‘yicha
darsliklar zarur b o ‘lib qoldi. XX asr boshlarida N. K. Pafhutev, 1.1. Kuku-
levskiy, I. M. Xolmogorov, V.I.Krijanovskiy, I. F. Maslov, D. I. Kargin,
A. M. Ierusalimskiy, V. I. Kamenev va boshqalar tomonidan chizmachilik
b o ‘yicha darsliklar yozildi. XIX asm ing oxirlarida professorlar V. I. Kurd-
yumov (1853-1904), A .X .Reder XIX asr N .A .R in in (1877-1943),
A. I. Dobryakov (1895-1947) va N.Ya. Gromov (1884-1963), V. A. Gor
don (1891-1972) va boshqa olimlar chizma geometriya darsligi b o ‘yicha
klassik asarlami yozdilar.
XX
asr olimlaridan A. K. Vlasov (1869-1921)
proyektiv geometriya
manbalarini qo‘llash asosida chizma geometriyani o ‘qitish m umkinligini
asoslab berdi. Uning bu y o ‘nalishdagi davomchisi mashhur olim
N.A. Glagolev (1898-1945) b o ‘ldi.
0 ‘zbekiston Respublikasida ham o ‘zbek tilida k o ‘plab darsliklar
nashr ettirildi va hozirda ham nashr ettirilmoqda, nazariy tadqiqotlar olib
borilmoqda. Respublikamizdagi grafikaning
rivojlanishiga ulkan hissa
qo‘shgan hurmatli olimlarimizdan Toshkent to ‘qimachilik va engil sano
at institutining dotsenti Yusufjon Qirg‘izboev (1912-1995) o ‘zining uzoq
yillik samarali mehnatini grafika bo‘yicha kadrlar yetishtirishga va chiz
m a geometriya, chizmachilik darsliklarini yozishga sarf qildi. Ilk bor
o ‘zbek tilida yozilgan «Chizma geometriya» (1950) qo‘llanmasining
muallifi Y. Qirg‘izboev keyinchalik
«Chizma geometriyadan masalalar
to'plam i»
(1970),
«M ashinasozlik chizmachiligi kursi»
(1973),
«Texnik
chizmachilik
» (1978) kabi o ‘quv qo‘llanmalami nashr ettirdi. Bu dars
liklar qayta-qayta nashrdan chiqdi va hozirda ham ulardan foydalanil-
moqda.
Chizma geometriyadan qo‘llanmalar yozgan olimlarimizdan yana biri
Toshkent tem iryo‘l transporti injenerlar instituti professori, texnika fan-
lari nomzodi Raxim Qorievich Xorunovdir.
U chizma geometriya kursi
kitobini nashr ettirdi. Toshkentda injenerlik grafikasi b o ‘yicha har oyda
o ‘tkaziladigan shahar ilmiy-metodik seminar tashkil qilib, unga o ‘zi um-
rining oxirigacha rahbarlik qildi. Bu bilan respublikamizga ilmiy kadrlar
tayyorlashda salmoqli hissasini qo‘shdi. Hozirda chizma geometriya qis
mi, asosan, to ‘rt b o ‘limdan: ortogonal proyeksiyalar, aksonometrik
proyeksiyalar, sonlar bilan belgilangan proyeksiyalar va perspektivadan
iborat. Bundan tashqari, narsalam i mukammalroq
tasvirlash maqsadida
soyalarni yasash ham nazarda tutilgan. Chizmachilik kursi esa: geometrik
chizmachilik, proyeksion chizmachilik, mashinasozlik chizmachiligi,
topografik va qurilish chizmachiligidan iborat.
Perspektiva bo‘yicha birinchi b o ‘lib dotsent Ikrom Rahmonov 1973
va 1993 (ikkinchi to‘ldirilgan nashri) - yillarda «Perspektiva» nomli o ‘quv
qo‘llanmani 1984-yili «Chizma geometriya kursi» darsligini yaratdi.
Texnika fanlari nomzodi professor Sh.K.Murodov boshchiligidagi bir
guruh olimlar tomonidan yozilgan «Chizma geometriya kursi» (1988)
darsligi 0 ‘zbekistonda ushbu fan bo‘yicha yozilgan eng salmoqli o ‘quv
adabiyoti sifatida tan olinadi.
Yana o ‘zbekistonlik olimlardan professorlar J. Yodgorov, R. Ismatul-
layev, L. Xakimov, T. Azizov, D. Qo‘chqorova, E. Ro‘ziyev, TDPU profes-
sori T.
Rixsiboyev, dotsentlar E. Sobitov, P. Adilov, Sh. Abdurahmonov,
A. Abdurahmonov, R. Sindarov, A. Ashirboyev, A. Valiyev, N. Yodgorov
va boshqalar bu sohadagi ilmiy faoliyatlari bilan fan rivojiga o ‘z hissala-
rini qo‘shib kelmoqdalar.
M azkur darslikda grafikaning chizmachilik kursi bayon etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: