O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o`zbekiston tarixi



Download 1,88 Mb.
bet1/41
Sana24.02.2017
Hajmi1,88 Mb.
#3246
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

O`ZBEKISTON TARIXI

(oliy o`quvyurtlarining nomutaxassislik fakuhetlari talabalari uchun darslik)
o`quv dasturlari, darsliklar va o`quv qo`llanmalarini qayta ko`rib chiqish va yangilarini yaratish bo`yicha respuhlika muvofiqlashtirish komissiyasi tavsiya etgan

Toshkent-2005

O`zbekiston mustaqillikka erishganidan so`ng haqqoniy tariximiznl o`rganish uchun keng imkoniyatlar paydo bo`ldi. Mavjud imkoniyatlarda foydalangan mualliflar jamoasi ko`plab tadqiqotlar va manbalarga! asoslangan holda O`zbekiston tarixining jahon sivilizatsiyasi tarixidan uning rivojlanishida tutgan munosib O`rnini ushbu darslikda yoritil berganlar. Shuningdek, darslikda O`zbekiston hududlarida minglab yillal davomida bo`lib o`tgan tarixiy-madaniy jarayonlar tahlil qilinib, O`zbekiston jahon sivilizatsiyasi o`choqlaridan biri ekanligi asoslan berildi. Dunyo madaniyati rivojlanishiga ulkan hissa qo`shganj vatandoshlarimiz faoliyati batafsil yoritildi. Ushbu darslik talabalar, O`zbekiston tarixini chuqur o`rganishni xohlaganlar, ilmiy izlanishlar olin borayotganlar hamda tarix bilan qiziquvchi kitobxonlarga mo`ljallangan.



Tarix fanlari, doktori, professor R.H.Murtazayevaning umumiyl tahriri ostida

Mas 'ul muharrirlar:

t.f.n. dotsent R.J.Eshov va

t.f.n. A.A.Odilov.
Taqrizchilar:

tarixfanlari doktorlari,

professorlar D.A. Alimova va R.G.Muqminova

Kirish


O`zbekiston mustaqilligi yaratib bergan imkoniyatlar tufayli nashr etilayotgan ushbu darslik Vatanimizning boy tarixi va madaniyati milliy istiqlol g`oyasi bilan sug`orilgan holda, yangicha, haqqoniy va xolislik bilan yoritildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Respublikamiz mustaqil taraqqiyot yo`lining ijodkori va rahnamosi sifatida tarix fani, uning bugungi ahvoli va istiqbolini chuqur tahlil etib, bu yo`nalishda tarixchi olimlar oldiga qator vazifalarni qo`ydilar. Ushbu vazifalardan eng muhimi-yangi jamiyatimizni isloh qilish va yangilash jarayonini boshqaradigan va ta'minlaydigan, hozirgi davr talabi asosida yangicha fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash, muhimi, ular ongiga milliy istiqlol, Vatanga sadoqat va yurtparvarlik g`oyalarini yanada chuqurroq singdirish va teran anglatishdan iboratdir.

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti fakultetlararo O`zbekiston tarixi kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan tayyorlanib, o`quvchilar hukmiga havola etilayotgan mazkur darslik oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarining nomutaxassis yo`nalishdagi talabaiariga mo`ljallangan. Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini har tomonlama va izchil o`rganish borasida samarali ishlar amalga oshirilgan bo`lishiga qaramay, tadqiqotlar yanada chuqurroq va har tomonlama davom ettirilishi lozim bо`lgan dolzarb mavzular talaygina. Shu nuqtayi nazardan ushbu darslik mualliflari o`zbek davlatchiligi tarixi, o`troq dehqonchilikning yoyilishi va dastlabki shahar madaniyati, o`zbek xalqining kelib chiqishi, Uyg`onish davri madaniyati, O`rta Osiyo xonliklaridagi o`zaro munosabatlar, mahalliy xalqlarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayoti, O`zbekistonning sovet mustamlakachiligi davri ziddiyatlarga boy tarixi masalalariga alohida e'tibor qaratdilar.

Olimlar e'tirof etganlaridek, O`zbekiston tarixi nihoyatda boy va rang-barangdir. o`lkamiz hududlari eng qadimgi davrlardan boshlab jahon sivilizatsiyasi o`choqlaridan biri hisoblanib, bu yerda dunyo sivilizatsiyasidagi mahalliy xalqlarga xos tarixiy-madaniy jarayonlar bo`lib o`tgan. O`lkamiz hududlaridan dunyo sivilizatsiyasi tarixiy taraqqiyotida o`chmas iz qoldirgan olimu fuzalolar, davlat arbobiyu, sarkardalar yetishib chiqganlarki, biz ular bilan xaqli ravishda faxrlansak arziydi.

Mualliflar jamoasi 2003-yilda nomutaxassis yo`nalishdagi talabalar uchun darslik tayyorlab chop ettirgan edi. Ushbu darslikka uning kengaytirilgan, to`ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashri bo`lib, ilgari boshqa oliy ta'lim talabalariga mo`ljallangan darsliklardan farq qilgan holda, bu darslikda har bir mavzuni yoritishda yoshlarda milliy g`urur, vatanparvarlik, Ona-Vatanga bо`lgan cheksiz muhabbat tuyg`ularini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bо`lgan omiliarga alohida e'tibor qaratildi. Undan tashqari mualliflar boy manbalar, arxivlarda saqlanayotgan va hali kam ma'lum bо`lgan hujjatlar ma'lumotlarini harri ilk marta fanga joriy etdilar. Misol uchun, 1-mavzuda O`zbekiston tarixi fani predmeti, uni o`rganishning metodologik tamoyillari, manbalari, obyekti va ahamiyati maxsus mavzuda yoritildi; 3-mavzuda o`zbek xalqining shakllanishi yangi manbalar asosida o`rganilgan bo`lsa, 4-mavzuda ilk shaharsozlik madaniyati masalaiari, yozuv haqidagi yangi ma'lumotlar yartgi arxeologik izlanishlar asosida talqin etildi. 5-mavzu esa, antik davr O`rta Osiyo xalqlari madaniyatida muhim ahamiyatga ega bо`lgan ellinizm madaniyatiga alohida to`xtalib o`tildi. 8-mavzuda esa boshqa darsliklardan farqli o`laroq IX-XII asrlar madaniyati Uyg`onish davri madaniyati sifatida alohida yoritildi. 13-mavzuda Turkiston Muxtoriyati hukumati, mintaqadagi Sovet hukumatiga va qizil armiyaga qarshilik ko`rsatish harakati Buxoro va Xorazm Respublikalarining faoliyati kabi muammolar o`z ifodasini topgan. 14-mavzuda O`zbekistonda 20-yillardagi murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat keng yoritilgan. Shuningdek, ushbu mavzuda qatag`onlik siyosatining asosiy maqsadlari ma'lumotlar asosida ochib berilgan. 16-mavzuda yangi ma'lumotlar asosida O`zbekistondagi sovet mustamlakachilik tizimining iqtisodiy-siyosiy yo`nalishlari, uning oqibatlari, xalqning xususan, o`zbek xalqining ijtimoiy ahvolidagi ziddiyatli holatlarni haqqoniy yoritishga harakat qilindi. Mustaqillik davriga bag`ishlangan mavzularda O`zbekiston Respublikasining asrlarga teng 14 yillik davri yakunlari va xulosalari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati faoliyati eng yangi ma'lumotlar bilan boyitildi.

Undan tashqari o`quvchilarga yordam bo`lishi uchun qo`llanma so`ngida xronologik jadval va adabiyotlar ro`yxati berildi.

Ushbu darslik O`zbekiston tarixining qadimgi tosh davrlaridan boshlab, hozirgi kungacha bо`lgan katta davrni o`z ichiga oladi. Mavzularni yoritish jarayonida 2004-yilda chop etilgan. o`quv dasturiga asoslangan holda masalaning tub mohiyati, tarixiy-madaniy jarayonlarning asoslari, omillari va rivojlanishi, sabablari, oqibatlari va natijalariga katta e'tibor qaratildi. Shuningdek, Vatanimiz hududida bo`lib o`tgan tarixiy-madaniy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar haqida xolisona xulosalar chiqarishga intildik.

Mualliflar tarixiy adabiyotlar, ilmiy tadqiqotlar, arxiv hujjatlarini tahlil qilgan holda tariximizni haqqoniy va xolisona yoritish yo`lidan borib, uni o`quvchilarga yetkazishga harakat qiladilar. Talabalarni tariximizni yanada chuqurroq o`rganishga hamda uni unutmaslikka da'vat etadilar. Zero, Yurtboshimiz Islom Karimov ta'kidlaganlarideki "Yangi o`zbek davlatchiligining tamal toshini qo`yapmiz. Shunday ekan, tarix saboqlari bizni har xil noto`g`ri qadamlardan ogoh etuvchi, saqlab turuvchi omil bo`lishi lozim. Chunonchi, xalq, millat taqdiriga daxldor masalalarda pala-partish, oqibatni o`ylamasdan ish tutish yaramaydi. Yaqin o`tmishimizning yana bir sabog`i shuki, millat, davlat, jamiyat taqdiri hal bo`layotgan pallada o`zligimizni anglash, ma'naviy ildizlarimizni unutmasligimiz katta ahamiyatga ega".


Ushbu qo`Ilanma tarix fanlari doktori, professor R. L. Murtazayeva boshchiligida quyidagi mualliflar jamoasi tomonidan yozildi:

1-mavzu t.f.n. S.Xolboyev; 2-3-4-5-7-mavzular t.f.n. B.Eshov; 6, 9-mavzular t.f.n. A.Odilov; 8-mavzu t.f.n. M.Tojiyeva; 10-mavzu t.f.n. X.Yunusova, t.f.n. A.Odilov; 11-mavzu katta o`qituvchi N.PoIvonov; 12-mavzu t.f.n. S.Xolboyev, t.f.n. X.Yunusova, katta o`qituvchi D.O'roqov; 13-mavzu t.f.n. Q.Rajabov, t.f.n. M.Xaydarov, t.f.n. S.Xolboyev, katta o`qituvchi N.Polvonov; 14-mavzu t.f.n. LShamsiyeva; 15-mavzu katta o`qituvchi N.Polvonov, t.f.n. D.Inoyatova; 16-mavzu t.f.d. R.Murtazayeva, t.f.n. B.JoIdasov, t.f.n. M.Haydarov; 17-mavzu t.f,n. B.Joldasov, katta o`qituvchi D.O'roqov; 18-mavzu t.f.d. R.Murtazayeva, t.f.n. M.Xaydarov; 19-mavzu t.f.d. R.Murtazayeva, t.f.n. B.Joldasov; 20-rnavzu t.f.n. X.Yunusova, katta o`qituvchi N.Polvonov. Adabiyotlar ro`yxati va xronologik jadvalni B.Eshov, M.Xaydarov va N.Polvonov tuzdilar.

Ushbu mavzular bo`yicha o`z fikr-mulohazalarini bildirgan hamkasblarga awaldan minnatdorchilik bildiramiz.

R.H.MURTAZAYEVA tarix fanlari doktori, professor.
1-mavzu. O`zbekiston tarixi fani predmeti va obyekti, uni o`rganishning metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati
O`zbekiston tarixi faiiining fan sifatida tutgan o`rni. Uning o`rganish predmeti va obyekti
Tarix fani ijtimoiy taraqqiyot va o`tmishga oid har xil voqea-hodisalarning izchil rivojlanishi, ularning qachon, qayerda, qanday holatda yuz berganligi, insoniyatning paydo bo`lishi va uning tadrijiy-evolutsion rivojlanish jarayoni va boshqalarni o`rganadi. Shuningdek, O`zbekiston tarixi umumjahon-insoniyat tarixining ajralmas qismi hisoblanib, u olamshumul voqeliklarga juda boy. O`zbekiston tarixi fani mana shu voqeliklarni boshidan kechirgan qadim va yaqin ajdodlarimizning hayoti qanday bо`lganligi, jahon tarixi taraqqiyotiga qo`shgan hissalarini xolisona va haqqoniy o`rganadi.

Tarixiy haqiqat to`la ro`yobga chiqishi, baqqoniy tarix yozilishida tarix fanining predmeti va obyektini to`g`ri belgilanishi o`ta muhim ahamiyatga ega. Chunki O`zbekiston tarixi fani uchun ham boshqa barcha fanlar qatori predmet va obyekt masalasi asosiy masala bo`lib hisoblanadi. Zero, fan uning o`rganish predmeti va obyekti aniq bo`lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bo`lib, maqsadga erishish mushkul bo`ladi.

O`zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiyot va tabiat fanlaridan farqli o`laroq mustaqil fan. Shuningdek, u barcha fanlar orasida alohida o`z o`rni va mavqeyiga ega. U barcha fanlar tarixini ham o`z ichiga olgan holda ularning rivojiga katta ta'sir etadi. Bu uning o`rganish predmeti va obyekti hamda vazifasida to`la namoyon bo`lmog`i kerak. Tarix fani o`z xususiyatiga ko`ra, birinchidan, o`zining butun diqqat e'tiborini faqat o`tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosa chiqaradi, ajdodlarimizning moziyda qolgan hayot tarzini, ular yaratgan moddiy-madaniy, ma'naviy-mafkuraviy qadriyatlarni o`rganadi.

Ikkinchidan, O`zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq fan. U matematika usulidan keng foydalanadi. Tarixiy voqea va hodisalar qafiy aniqlikda, davriy ketma-ketlik-xronoJogik asosda o`rganiladi. Shuningdek, tarixiy voqea va hodisalar, hujjat va dalillarning haqiqiy va baqiqiy emasligi, ular qachon, qayerda, qanday tarixiy muhit va sharoitlarda tarixan voqe bо`lganligi aniqlanadi. Va nihoyat, bo`lib o`tgan voqeliklarning aniq sabab va oqibatlari, shu bilan birga, uJarning aniq shakl-shamoyillari va holati aniqlanadi.

Uchinchidan, O`zbekiston tarixi fani o`tmishdagi iqtisodiy-ijtimoiy hayotning ahvoli, rivojlanishi va tanazzulining sabab hamda oqibatlarini o`rganadi, ulardan kelajak uchun saboq va xulosa chiqaradi. Bu esa kelajak avlodlar uchun dasturulamal bo`ladi.

To`rtinchidan, O`zbekiston tarixi fani ko`p qirralik va xilma-xillik xususiyatiga ega. U jamiyat taraqqiyoti va inqirozlarining faqat bir tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy o`zaro bog`liqlikda, bir butunlikda o`rganadi. O`zbekistcm tarixi fani, O`zbekistonning o`tmishidagi va hozirgi hududida eng qadimgi davrlardan to hozirgacha kechgan voqeliklar, insoniyat hayoti, tabiat va jamiyat taraqqiyoti va tanazzulini tahlil qiladi. Uning o`rganish predrnetiga esa, rnana shu rnakondagi jarniki xi!rna-xi! voqea va hodisalar, ulardagi uraumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi. O`zbekiston tarixi fanining o`rganish makoni-obyekti O`zbekistonning tarixidir. Tarixiy obyekt (makon)ga nisbatan O`zbekiston tarixi fanining maqsadi, vazifasi, yo`nalishi va harakat (faoliyat) doirasi yoki chegarasi belgilanadi. Ma'lum bir ma'noda obyekt bilan predrnet bir-biriga juda yaqin tushuncha bo`lsa-da, ular tarix fanida tutgan o`rni va vazifasi bilan farqlanadi.

Obyekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, ma'lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog`liq bo`lib, shular doirasidagi voqea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o`z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun obyekt ichidagi aniq tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiyjarayonlardan iboratdir.

O`zbekiston tarixi fani fan sifatida ijtimoiy-siyosiy, umuminsoniy fan bo`lib, inson va millat, o`z o`tmishini bilishi, o`zligini o`zi anglashi hamda kelajagini belgilashida asosiy dasturulamal hisoblanadi. Shu bilan birga, u ijtimoiy-siyosiy hayot sohasidagi yagona fan ham emas. Jamiyat, insoniyat va tabiatning o`tmishini o`rganuvchi boshqa soha fanlari ham bor. Masalan, madaniyat, maorif, iqtisodiyot va boshqa fanlar shular jumlasidandir. Ammo, boshqa fanlarning hammasi ham, tabiat, jamiyat ham awalo, katta tarixda aks etadi. Soha tarix fanlari ham tarix fanining o`rganish obyekti va predmeti hisoblanadi.

Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlari bilan mustahkam va uzviy aloqa birligida rivojlanadi. Shuning uchun ham, tarixchilar falsafani, adabiyot va tilni, dinshunoslikni va boshqa fanlarni bilmay turib, haqqoniy tarixni to`la yoritib berolmaydilar.

Shuni hara aytish lozimki, tarix bilan boshqa ijtimoiy- gumanitar fanlarning o`rganish obyekti bitta ya'ni jamiyatdir. Predmeti esa inson va tabiat. Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatlarning ro`yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuningdek, tarix fani ham boshqa soha fanlari rivojiga katta ta'sir etadi. Ammo, shuni ham ta'kidlash joizki, tarix boshqa fanlarni, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir/ Chunki boshqa fanlarning hammasi ham tarix mahsulidir.

Xulosa shuki, tarix fani ya'ni, Vatan tarixi raillat va Vatan taqdirini ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega. Masalaning mohiyati shundaki, birinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishi har jihatdan tarix fanining naqadar haqqoniy bo`lishiga bog`liqdir. Chunki ular tarix bilan bevosita bog`liq. Ikkinchidan, tarix falsafasi qanchalik to`la va ravon yuzaga chiqsa, boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmun va mohiyati hamda ta'sirchanligi ham shuncha yuksak darajada bo`ladi.

Tarix falsafasi deganda, tarix ya'ni o`tmish tajribasi va sabog`idan to`g`ri xulosa chiqara olish tushuniladi. Boshqacha aytganda. o`tmish-tarixga qarab, kelajakni to`g`ri belgilay olish ham tarix falsafasini anglashni bildiradi. Masalan, bundan bir asr oldin Rossiyadan chiqqan lenincha «bolshevoy» lar uchun kommunizm qurish g`oyasi ishonch va e'tiqodga aylandi. Buning uchun esa, ular hokimiyatni bosib olib, katta qon to`kish evaziga jamiyatni o`zgartirdi. Oxir oqibatda esa, bu «sotsialistik jamiyat» inqirozga uchradi. Tarixda kommunistik g`oya o`z isbotini topmadi. Tarix uning xom - xayol - utopiyadan iborat ekanligini 74 yil ichida isbotladi. Yana bir misol: Yevropa mamlakatlari hozir tarix saboqlari - falsafasidan to`g`ri xulosa chiqarib, o`tmishlari qanchalik o`zaro qonli va qarama-qarshilarga boy bo`lishiga qaramay, Yevroittifoqqa birlashish harakatida, yagona konstitutsiya qabul qilmoqchi. Bular tarix falsafasi to`g`ri anglashining hosilasidir.


O`zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va

usullari

Har qanday fan kabi O`zbekiston' tarixi fani ham o`zining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega. Bular O`zbekiston tarixi fanining asosini tashkil etib, uni rivojlanishi, jamiyat va millat manfaati yo`lidagi nufuzining ortib borishi uchun o`ta muhim ahamlyatga ega. Eng muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar Vatan tarixining haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatni yuzaga chiqishiga xizmat qiladilar.

Asar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat va -ma'naviy-ma'rifiy ehtiyoj bo`lsa, tarix fani esa, bu ehtiyojlarni ro`yobga chiqishi' uchun ma'sul bо`lgan yuksak intellektual ilmiy-amaliy faolivatdir. Buning samarali bo`lishi, ya'ni tarix fani rivojlanishida netodologik ilmiy g`oya va nazariyalar hamda usul va uslubiy tamoyillarning ahamiyati benihoya kattadir. Chunki bular tarixning mazmun va mohiyati hamda falsafasini chuqurroq ochib berishga,-shuningdek, tarix fanining maqsad va vazifasini to`laroq ro`yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuning uchun ham O`zbekiston tarixi fanining raetodologik ilmiy-nazariy asoslari, g`oya va tamiraotlari nimalardan iborat bo`lishi o`ta muhim masala hisoblanadi. Yurtboshimiz Islom Karimov tarixning eng muqaddas railliy va umuminsoniy xotira hamda qadriyat ekanligini ta'kidlab, "Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q", o`zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi, "Tarix xalq ma'naviyatining asosidir" degan tarixiy haqiqatni to`g`ri anglatuvchi o`ta teran tarix falsafasiga oid fikrlami olg`a surdi.

Bu kabi tarix falsafasiga oid yuksak xulosalarni o`z vaqtida buyuk raillatparvar jadidlar ham juda aniq anglagan holda Vatanni ozod etish, millatni ijtimoiy g`aflat uyqusidan uyg`otib taraqqiy ettirish uchun asosiy e`tiborni tarixga qaratdilar. Va «tarixi yo`qning o`zi yo'q» degan falsafiy tushunchaga amal qilib, tarixda ilk bor tarixni o`zlari tashkil etgan jadid maktablarida o`qita boshlashi bilan, millatru o`z tarixidan bahramand qilishdek o`ta buyuk mafrifat ishiga tarixda birinchi bor asos soladilar.

Buyuk jadid Abdulla Avloniy so`zi bilan aytganda, jadidlar umuman tarbiyani, shuningdek, tarix ta'limi tarbiyasini millat uchun «yo hayot- yo najot, yo halokat - yo saodat, yo falokat masalasidir» deb bildilar. «Qaysi millat yashashni (ravnaqu, taraqqiyotni) istasa, - deydi Abdurauf Fitrat - tarixini bilishi lozim bo`ladi, zero, tarix bir ko`zguga yashaydi».

Tarix falsafasi tarix fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari to`g`ri va haqqoniy belgilanishida o`ta muhim ahamiyatga ega. Tarixchi olimlar tarix falsafasini qanchalik chuqur va to`g`ri anglasalar, ular tarix fani metodologiyasini shunchalik mukammal qilib belgilay oladilar.

Tarix falsafasi tarix va umuman tarixiy jarayon olimlar tomonidan aqlan har tomonlama to`g`ri tasavvur va his etilishidir. Yanada aniqroq aytsak, tarix falsafasi tarixiy jarayonning mazmuni va mohiyati hamda nvojlanish qonuniyatlarini o`zida aks ettirish bilan birga, ularni bilish va o'rganish, yozishning eng qulay, to`g`ri hamda maqsadga muvofiq yo`li-usullarini belgilaydi. Umuman olganda, tarix falsafasi tarix sabog`i va tajribasidan kelib chiqib, belginiangan obyektiv xulosadir. Lekin, bi obyektiviik subyektiv xarakter va mazmun hamda mohiyatga ega fao`lladi Chunki har bir subyekt, ya'ni olim o`z intellektual bilim saiohiyati, tafakkur doirasidan kelib chiqib, obyektivlikka harakat qiladi.

Buning uchun esa, tarixchi olimlar butun insoniyat, millat, xalq va o`rganish obyekti (ma'lum mavzu) evolutsiyasini, uning ma'no va mazmunini to`g`ri bilishi, tahlil qila olishi kerak. Agar tarix falsafasi tarixiy voqealiklar tahlilidan kelib chiqadigan haqiqat (xulosa)larning so`zdagi aniq ifodasi bo`lsa, tarix fani metodologiyasi mana.shu tarixiy haqiqatlarni ro`yobga chiqishi - tarix haqiqiy yozilishi uchim birdan-bir to`g`ri yo'l ko`rsatuvchi dasturamaldir. Eng qisqa va tushunarli qilib aytsak, umuman metodologiya fanlarning fani ya'ni dirijori.

Dastlabki paytda hozirgi mustaqi! davlatlar hamjamiyati tarkibidagi sobiq ittifoqdosh mamlakatlar, shuningdek, O`zbekistonda ham g`oyaviy-nazariy, mafkuraviy-falsafiy bo`shliq paydo bo`ldi. Bu esa, o`z-o`zidan boshqa mamalakatJarda bо`lganidek, bizning Vatanimiz - O`zbekiston tarixi fani uslubiyati (metodolgiyasi) qayta ishlanishi, aniqrog`i, butunlay yangidan yaratilishini ilmiy-hayotiy zaruriyatga aylantirib qo`ydi.

Bu o`ta muhim ilmiy -amaliy masalani ishlab chiqish, o`z-o`zidan tarixchi va boshqa olimlar eski, majburan, qon va qatag`onlik bilan singlirilgan kommunistik g`oya, ta'limot va mafkuradan holi bo`lishi uchun tarixan o`tish davrini talab etishi tabiiy bir hol bo'ldi. Mana shuning uchun ham istiqloldan so`ng tarix va boshqa gumanitar fanlardan yoziigan dastlabki darsliklarda bu fanlarning metodoJogik ilmiy -nazariy va g`oyaviy asoslari hamda usullarini ko`rsatishning iloji bo`lmadi.

O`tgan istiqlol yillarida tarixchi olimlarimiz Vatanimiz tarixini butunlay yangidan o`rgandi va o`zlashtirdi, uni darsliklar asosida qayta yozishga muvaffaq bo`ldilar. Bir qator raonografik asarlar yozildi va eng dolzarb mavzularda o`nlab ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi hamda dissertatsiyalar himoya qilindi.

O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov va hukumai Vatan tarixini qayta yozish va uni asosiy tarbiya quroliga aylantirish uchun «yangi tarix» g`oyasini olg`a surdi. O`zbekiston tarixi yetakchi fan sifatida maktab, litsey, kollej va oliy o`quv yurtlarida ilk bor, keng miqyosda, eng qadimgi davrdan boshlab to hozirgacha o`rganila boshlandi.

Bularning samarasi o`laroq, keyingi paytda O`zbekiston tarixi fani metodologiyasini yaratisb. imkoniyati paydo bo`ldi. Avvalo, metodologiya haqida to`xtatsak, metodologiyaning lug`aviy ma'nosi grekcha «methodos» va «logos» degan ikki so`z birikmasidan iborat bo`lib, metod ya'ni usul - tadqiqot olib borish usuli (yo`li), nazariya, ta'limot, logiya esa fan deganidir. Demakki, metodologiya, ya'ni uslubiyat ilmiy tadqiqot olib borish yoki biror bir masalani ilmiy o`rganishning eng qulay usullari, eng to`g`ri va mukammal g`oyasi, nazariyasi va talimotlari majmuyidan iborat bir butun fandir. Boshqa ma'noda esa, metodologiya ilmiy bilish yoki ma'lum bir ilmiy faoliyatni tashkil etish va amaiga oshirishda qo`llaniladigan usuliar haqidagi fandir. Demak, tarix fani metodologiyasi tarixni o`rganuvchi va o`qituvchilarni aniq maqsad sari to`g`ri yetakiaydi, ya'ni tarix haqqoniy yozilishi va o`rganilishiga yo'l-yo'riq ko`rsatadi.

Tarix fanining rivoji, uning metodologiyasi rivojiga bog`liq bо`lganidek. tarix fani metodologiyasi yuksak darajada takomil topishi tarix fani qay darajada ekanligiga ham bog`liq. Bu holdagi uzviy ikki tomonlama bog`liqlik umumiy qonuniyatidir. Mana shu o`zaro aloqadorlik qonuniyati, qadim mumtoz tarixshunosligimiz va bozirgi zamon tamadduni sivilizatsiyasiga asoslangan holda O`zbekiston tarixi fani metodologiyasini quyidagi ikki qismga bo`lish mumkin.

1. O`zbekiston tarixi fanining uslubiy (metodologik) ilmiy-nazariy, g`oyaviy-mafkuraviy va falsafiy asoslari. Bunga quyidagilar kiradi:

- din bilan dunyoviylik o`rtasida mo`tadil munosabat bo`lishi va dunyoviylik aslo dahriylik eraasligi;

- tarixni milliy, umuminsoniy, muqaddas hodisa hamda qadriyat deb tushunmoq;

- tarixga hozirgi zamon sivilizatsiyasi nuqtayi nazari va bag`rikenglik asosida yondashish;

- tarixiy taraqqiyot asosini evolutsion - tadrijiy yo'l va islohotchilik tashkil etadi deb anglamoq;

- tarix va jamiyat taraqqiyotini markscha — lenincha soxta inqilobiy ta'limotga bog`lash, mutloq xato, yovvoiylik, aksilinsoniy hatti-xarakat bо`lgan deb tushunmoq;

- tarix, jamiyat va tabiat hamda insoniyat (barcha tarixiy voqelik va jarayonlar) dialektika (Gegel) hamda sinergetika (Prigojin) qonuniyatlari asoslarida rivojlanishi haqiqat ekanligi;

- tarix milliy va umuminsoniy xotira, millat va xalqlarning joni, tani harada g`oyaviy-mafkuraviy muhofaza quroli ekanligi.

2. O`zbekiston tarixi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-usul va tamoyillari quyidagilardan iborat:

- ilmiy xolislik (obyektivlik);

- tarixiy tahliliylik;

- mantiqiy uzviylik;

- vorislik va izchillik;

- xronologik izchillik;

- g`oyaviylik va vatanparvarlik;

- halollik va xolislik;

- qiyoslash va kuzatish;

- kuzatish va umumiylashtirish;

- baxslashish, munozara yuritish va isbotlash;

- matematik hisoblash;

- shakllash va modellashtirish;

- ayrimlikdan umumiylikka (induksiya) va umumiylikdan ayrim (juz'iy)likka (deduksiya);

- etnografiya, arxeologiya, antropologiya, geneologiya, matematika va boshqa fanlarning yutuqlari hamda usullaridan ham keng foydalanish;

Bizning tariximiz ham, jahon tarixi ham din (aniqrog`i dinlar) tarixi bilan uzviy bog`liq. Ijtimoiy hayotni dindan, dinni ijtimoiy hayotdan ajratib bo`lmaydi. Agar ajratilsa, tarixga ham, dinga ham mantiqqa ham zid bo`ladi. Ma'lumki, sovet tarix fani tarixni soxtalashtirdi, din ilraga zid, tarixiy taraqqiyotga to`sqinlik qiladi degan dahriylikka amal qildi. Tarix qanday bo`lsa, uni shundayligicha o`rganish ustivor bo`lmog`i kerak. Shuning uchun ham u din bilan mo`tadil, mutanosiblik asosida o`rganilmog`i hozir eng asosiy zaruriyat bo`lib turibdi. Bu esa, yoshlarni har xil din niqobidagi dinga aloqasi yo`q terroristik guruhlarga adashib kirib qolishlarining oldini oladi, shuningdek, tariximizni haqqoniy va to`la yozilishiga imkon beradi.

Tarixiy-tanqidiylik ilmiy usul tamoyili tariximizda qadimdan muarrixlar tomonidan qo`lanib kelingan eng qulay usul hisoblanadi. Bu usul tarixiy voqea va hodisalarning nechog`liq to`g`ri hamda noto`g`riligini aniqlashga, tarixni haqqoniy va to`g`ri yozilishiga yaqindan yordam beradi.

Istiqlol tufayli o`z tariximizni o`zimiz yozish va tarix fani metodologiyasini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo`ldik. O`tgan davr ichida O`zbekistonning yangi tarixi yozildi va tarix fani tez rivojlandi. Butunlay yangi rah va raazmundagi ilmiy qarash (konsepsiya)lar paydo bo`ldi, o`quv qo`llanma va darsliklar, tarixiy asarlar chop etildi. Bu o`rinda yuqoridagi metodologik ilmiy-nazariy asos va ularning ahamiyati katta bo`ldi.


Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish