Qadimgi Eron manbalari va tarixnavisligi.
Qadimgi Eron xil-
ma-xil yozma manbalarga boy hujjatlari bilan ajralib turadi. Ayniq
sa, Eron saltanati tarixi bilan bog'liq yozma manbalar ko‘pchilikni
tashkil etadi. Ular orasida xo' jalik hujjatlari, tarixiy yozuvlar, pod-
sholarning viloyat hukmdorlariga yuborgan farmonlari, buyruqlari,
ko'rsatmalari, amaldorlarning bir-birlariga yozgan maktublari,
ayrim shaxslarning xatlari, diniy. ilmiy va adabiy matnlar shular
jumlasidandir. Ularning eng qadimgilari m.av. Ill—I mingyillikka
229
oid elam tarixi haqidagi turli mazmundagi matnlarki, ular elam va
akkad tillarida yozilgan.
Hozirgi kungacha 200 ga yaqin ponasimon (mixsimon) yo
zuvlari orasida Kirmon shahrining sharqidagi Behistun qoyasiga
o ‘yib yozilgan katta xat juda muhim ahamiyatga ega. Bu yozuv-
da Eron shohi Doro I Kambiz (Kambiz) o ig an d an keyin mam
lakatda k o ‘tarilgan qo'zg'olonni qanday qilib bostirgani, barcha
isyonchilarni qanday tor-mor qilgani. saklarga qarshi qo‘shin tortib
borib, Eron davlatining yahlitligini qanday qilib tiklagani va bosh
qa siyosiy voqealar mufassal ta'riflanadi. Suvaysh kanali hududida
saqlangan va M isr tiliga tarjima qilingan qadimgi Eronning ponasi
mon mixxati ham shu shohga mansubdir.
Doro I ning muhim yozuvlaridan biri Persepol shahridan bir
necha km shimoldagi Naqshi Rustam qoyasiga yozilgan yozuv-
lardir. Bu yozuvda Eron shohligi tarkibida b o ig a n mamlakatlar va
viloyatlaming ro ‘yxati berilgan. Shuningdek, Suza shahrida ham
g'isht va marmar lavhalarga bitilgan ko'p yozuvlar borki, unda
Doro I ning Suza saroyi qurilishi bilan b o g iiq faoliyati haqida
m a iu m o t beriladi.
1972-yilda fransuz arxeologlari Suzadan Doro I ning uch
metr balandlikdagi haykalini topgaular. Haykalda shohning boshi
saqlanmagan qadimgi, Persepol va Pasargaddan esa Kserks yozuv
lari topilgan. Bu yozuv qadimgi eronliklarning dinini o'rganishda
katta ahamiyatga ega. Unda qadimgi qabila xudolari man etilib.
davlatga sig in ish rasm qilingani aytilgan.
Eroniylaming diniy e ’tiqodi va qarashlarini o'rganishda zardush
tiylik dinining 21 kitobdan iborat “Avesto" ham qimmatli manba
hisoblanadi. Beruniy xabariga ko'ra "Avesto” 12 ming qoramol teri-
siga tillo suvi bilan yozilgan ekan.
Persopoldan m.av. VI—V asrlarda elam tilida yozilgan bir necha
ming ponasimon hujjatlar topilgan. Bu matnlar shox arxivining bir
qismi bo'lib, unda oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, soliqlar ma-
salasi, davlat amaldorlarini maosh bilan ta’minlash kabilar haqida
m aiu m o t beriladi.
230
Qadimgi eroniy qabilalari haqida m.av. IX-V11 asrga mansub
ossur yozuvlari ham qimmatli m aiu m o t beradi. Bobilning tari
xiy hujjatlarida Eron qo‘shinlarining Mesopotamiyani bosib olishi
bayon etilgan, Bu voqealar haqida akkad tilida tuzilgan silindr Kir
II da ham bayon etiladi. O 'sha davrda Eron hududida oromiy tili
ham keng tarqalgan edi. Oromiy tilida yozilgan papiruslar, toshlar,
terilar, muhr va tangalar uchraydi. Bu yozuvlar Misrdagi Elefantin
orasidagi. Hind daryosigacha b o ig a n joylarda, shuningdek Eronda
ham keng tarqalgan edi. Bu hujjatlarda Eron tarixi va madaniyati.
aholining xo'jalik hayoti haqida ko'pgina m aiu m o tlar keltirilgan.
Eronliklar Misrni istilo qilgan va Eron shohlarining Misrda
hukmronlik qilgan paytidagi misr yozuvlari ham katta ahamiyat
ga ega. Masalan Saisdagi m a’buda Neytning bosh rulioniysi kohin
Ujagorryasentning yozuvi ham Misrning oliy kohini bilan Eron
shohi oitasid ag i o'zaro munosabatni aniqlashga imkon beradi. De-
mak, Erondan va unga tutash yerlarda topilgan xilma- xil yozuvlar
qadimgi Eron tarixi va madaniyatini o'rganishda qimmatli manba
hisoblanadi.
Qadimgi Eron tarixi, moddiy va m a’naviy madaniyatini o 'rg a
nishda arxeologik qazishlar natijasida topilgan buyumlar ham katta
ahamiyatga ega. Eronda dastlabki arxeologik qazish ishlari XIX asr
o'rtalarida boshlangan. Arxeolog Flanden va Kosta Persepoldagi
sarovda dastlabki arxeologiya qazish ishlarini olib boradilar. Ular
bu yerdan haykaltaroshlikka oid yodgorliklarni topishga muyassar
b o iib , Eron shohlarining taxt zalini tiklamoqchi bo'ladilar. XIX
asrning oxirlarida esa de Morgan Suzada ulkan arxeologik qazish
ishlari o ik azib , tosh qurollar ishlatilgan eng qadimgi (arxaik)
zamonlardan to Eron davlatining ravnaq topgan davrigacha, ya'ni
Suza Eronning muhim m a'm uriy va madaniy markazlaridan biri
b o ig a n davrgacha yetib kelgan bir qancha arxeologik qatlamlarni
topdi. Nihoyat XX asrda Qadimgi Eronning poytaxti Persepolda
arxeologik qazish ishlari o'tkazildi. Qazishlar natijasida bu yerdan
katta bir saroyning xarobalari topib o'rganildi. Saroy devorlariga
bo'rtma-qabariq rasmlar solib bezatilgan keng zinapoyadan chiqil-
gan. Katta-katta darvozalar oldiga esa shoh saroylarini qoiiqlovchi
bahaybat qanotli buqalarning haykallari ishlangan.
231
Persepoldan topilgan ajoyib san'at yodgorliklari orasida
shohning surati, shuningdek, ilohga turli xil sovg'a-salom lar olib
kelayotgan xiroj to‘lovchi qabilalarning surati ayniqsa qiziqar-
lidir. Keyingi vaqtlarda Eron arxeoiogiyasiga qiziqish kuchaydi.
Arxeologlar - qadimshunoslar Tanjedar, Tepa-Aelab degan joylar
da arxeologik qazishlar o ‘tkazib, mezolit va neolit davriga mansub
qishloq va qabristonlami topganlar. Bu yodgorliklaming madaniy
qatlamlaridan qadimiy sopol buyumlar Suza, Persepol. Dur-Untash
va boshqa joylardan ajoyib shoh saroyi, ibodatxona, qalin mudofaa
devorlari topilgan. Ular mahobatli haykallar. devoriy rasmlar. qim-
matbaho m a’danlardan yasalgan ritonlar, qurol-aslahalar va ziynat
buyumlari bilan bezatilgan.
Qadimgi
Eron
tarixini o'rganish-
da xorijiy mam-
lakatlarning olim-
lari katta yutuqlarga
erishgan.
Bular
qatorida M.M.Dv-
akonov,
R. Fray a,
Dj.Kameron, V.Xi-
ni.
Y.B.Yusifov,
1. M . D у а к о n о v .
B . A . T u r a y e v ,
V . V . S t r u v e ,
E . A . G r a n o v s
kiy,
M.A.Danda-
mayev,
V. I. A ba
yev,
V.I.Avdiyev,
G.Maspero, Ed.Meyer, J.Dyushen-Gilmen, G.Videngren va bosh-
qalarning xizmati kattadir.
Shuni ta’kidlash kerakki, qadimgi Eron tarixi. madaniyat va
xo'jaligini o‘rganishdam.av. V -IV asrda yashagan yunon tarixchisi
Gerodotning “Tarix” kitobi, Fukididning “Tarix” asari, “Anabasis”,
m. av. V asrda yashagan Diadorning “Tarixiy kutubxona” asarlari
nodir manbalar hisoblanadi.
232
Shunday qilib. olimlar qadimgi Eron tarixini o'rganishda qa
dimgi ponasimon, iyeroglifda yozilgan matnlar, arxiv hujjatlari.
arxeologik yodgorliklarning madaniy qatlamlaridan topilgan ash-
yoviy buyumlar hamda qadimgi mualliflarning qadimgi Eron haqi
da yozib qoldirgan asarlaridan keng foydalanganlar. Shuningdek,
qadimgi Elam. Midiya va Eron tarixini o'rganishda G.Kardashin,
G.Petgov, E.Zeydlya. l.P.Veynberg. M.Delafus, J. de Morgan, R.de
Mekenem. R.Grishman. E.Nechaxban, V.M.Masson va boshqa
olimlarning xizmatlari benihoya kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |