5-§. Qadimgi Lidiya podsholigi
Qadimgi Lidiya podsholigining joylashuvi va tabiati.
Qa
dimgi Lidiya Kichik Osiyoning g'arbiy qismida joylashgan qul dor-
216
lik davlatlaridan biridir. Uning g'arbiy qismini Egey dengizining
suvlari o'rab turadi. Mamlakat hududi togTik va tekisliklardan
iborat. Tog‘lar orasidan katta-kichik soylar oqib chiqib, ularning
ba'zilarigina Egey dengiziga borib quyiladi. Mamlakat g'arbida
iqlim m o'tadil, dengiz iqlimiga yaqin. Sharqiy qismida iqlirn konti-
nental - qishi sovuq, yozi issiq. Yog‘in-sochin ko‘proq kuz, qish va
bahor oylarida yog'adi. Hayvonot va o ‘simliklar olami u qadar boy
emas. Uning togTik joylarida oltin, kumush, mis, temir va boshqa
konlar bor. Aholining asosiy qismi lidiyalik va yunonlardan iborat.
Bu mamlakatda qadim zamonlardan boshlab aholi yashab keladi.
Lidiya podsholigining tashkil topishi va rivoji.
M. av. XIII
asrda Sardi shahri Assuva (Osiyo) mamlakatining poytaxti bo'lgan
ekan. M. av. XIII asrda Assuva xett qo'shinlari tomonidan bosib
olinadi, uning poytaxti Sardi talanib, so'ng unga o‘t qo‘yiladi. Xettlar
katta oTja va ko'pdan-ko'p harbiy asirlar bilan vatanlariga qaytadilar.
Xettlardan keyin mamlakatni yunonlar osonlik bilan bosib oladi.
M.av. I mingyillik boshlarida Lidiya Frigiya podsholigi tomoni
dan bosib olinadi. M.av. VII asr boshlariga kelib Frigiya podsholigi
parchalanib ketadi. Lidiya uning tarkibidan chiqib ketadi.
Merninadlar sulolasi davrida Lidiya.
M.av. VII asr boshlarida
Lidiya o ‘zini tiklab oladi. Lidiya podsholigi Mermnad sulolasining
asoschisi Giges (m.av. 692-654) podsholik qilgan davrda kucha
yadi. Giges davrida Frigiyaning bir qismi. Karn. Troya va Misiya
Lidiya tarkibiga qo‘shib olinadi. Giges Egey dengizi sohillariga
chiqishi uchun Milet va Smirna shaharlari ustiga qo‘shin tortadi.
Gigesning bu yurishi yaxshi natija bermaydi. Giges ossur podshosi
bilan ittifoq tuzib, Kappadokiyada kimmeriylar ustidan g ‘alaba qo-
zonadi. Shu y o 'l bilan Ossuriya Lidiyani o ‘ziga tobe qilib olmoq-
chi edi. Lidiya Ossuriya asoratiga tushib qolrnaslik uchun M isr va
Bobil bilan bitim tuzadi. Shu vaqtda kimmeriylar Lidiyaga bostirib
kirib. Gigas qo'shinlarini yengadi. Jangda Giges halok boTadi.
Gigesning o ‘g 'li Ardis (m.av. 654-605) davrida Lidiya nozik si-
yosat qoTlab. ossurlar va kimmeriylar asoratidan qutuladi. Ardis
kimmeriylaming yangidan boshlaganhujum ini qavtarib, Egey den
giziga y o 'l ochish uchun kurash boshlaydi.
217
Do'stlaringiz bilan baham: |