Qadimgi Sharq tarixining uchinchi bosqichi.
Bu davr m.av. I mingyillikning o'rtalaridan yangi milodiy yiln-
ing o'rtalarigacha b o ig a n davrni o 'z ichiga oladi va qadimgi Sharq
jamiyatining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Bu davrda yaqingi-
nada qudratli b o ig a n harbiy Ossuriya mustabid monarxiyasi Old
Osiyodagi o 'z hukmronligini Yangi Bobil va Midiyaga bo'shatib
349
berishga majbur bo'ladi. M.av. V I-IV asrlarda Ahamoniylar dav
lati kuchayib, 0 ‘rta va Old Osiyoda o ‘z hukmronligini o'rnatadi.
Kichik Osiyo va Misrdan 0 ‘rta Osiyo va Shimoli-g‘arbiy Hindis-
tongacha bo'lgan hududlar Eron Ahamoniylari davlati hududiga
kiritilishi xalqaro munosabatlar kuchayishiga olib keldi. M.av. II
asrdan boshlab 0 ‘rta Osiyo va Old Osiyoning Xitoy bilan aloqalari
kuchaydi. Bu aloqaning rivojida “Buyuk ipak y o 'li”ning ahamiya-
ti katta bo'ldi. Katta savdo karvonlari Markaziy Osiyo sahrolari.
dashtlari va cho'llarini kesib Hindiston va Xitoy bilan savdo alo-
qalarni kuchaytirgan. Hindiston va Xitoyda dunyodagi eng qadimgi
dinlardan biri-buddizm keng tarqaladi. Bu davrda Old Osiyodagi
ko'pgina davlatlari Yevropa, xususan Yunoniston va Rim bilan
qizg‘in madaniy aloqa bogMavdilar. Buning natijasida Tinch okeani
va Atlantik okeani orasida o'zaro bog'lanish shakillanadi.
M.av. V I-IV asrlarda Eron ahamoniylari saltanati davrida uning
hududi bo‘ylab “shoh yo‘li” tarkib topgan edi. Lekin unga qadar
O 'rta va Yaqin Sharqda Badaxshon la’liga bo'lgan ehtiyoj hududda
“la'l vo ‘li”ning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.
Badaxshoning la’li Mesopotamiya va Misr podsholarining sa-
roylarini, ibodatxonalarini bezashda va ayollaming turli bezakla-
rini ishlashda keng qo'llangan. Ana shundav yo ‘llardan biri G 'arb
bilan Sharqni m ing y illar davom ida bir-biriga b o g 'la b kelgan
“Buyuk ipak y o 'li” edi. Bu y o 'l orqali Sharqdan Xitoydan G'arbga
Vizantiyaga, O 'rta Osiyoga, Yaqin va O 'rta Sharqqa, shuningdek,
M isrga olib boriladigan savdo mollari, asosan, Xitoy ipak tnahsu-
lotlari bo'lgani uchun fanga XIX asrning 70-villarida nemis olimi
K.Rextgolen tomonidan “ipak y o 'li“ nomi bilan kiritildi. Unga
qadar '‘ipa.k y o 'li”, “G 'arbiy meridian y o 'li” deb atalib kelinardi.
Shuni ta'kidlash kerakki, “ Buyuk ipak yo'li “ Xitoyning qadim
gi markazi Siandan boshlanib. Markaziy, O 'rta Osiyo orqali o'tib.
uning tarmoqlari G 'arbda Misr va Janubiy Yevropaga kirib borgan.
"Buyuk ipak y o 'li” O 'rta Osiyo, Old Osiyo, Shimoliy Afrika va
nihoyat, Yevropa xalqlari, unuiman butun sharq xalqlarining iqti-
sodiy, madaniy. harbiy va siyosiy havotida juda katta o'rin tutgan.
350
M a'lumki. Qadimgi Sharq dunyosining chegaralariga yaqin
hududlarda ko'chm anchi qabilalar ko'cliib yurar edilar, Ular tez-
tez Xitoy. O 'rta Osiyo va Old Osiyo hududiga hujumlar, bosqinlar
uyushtirib turganlar. Ular dehqonchilik vohalarini istilo etib, m.av.
Ill va milodiy III asrlarda Parfiya, milodiy 1-IV asrlarda Kushon
saltanatini barpo etganlar.
Bu davrda Qadimgi Sharqda sug'orm a dehqonchilikka asoslan-
gan qishloq xo'jaligi, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topa
di, tovar va pul munosabatlari kengayadi. Tovar-pul munosabatlari
va savdo-sotiqning rivojlanishi munosabati bilan y o 'l va bekatiar
yaxsliilanib, ularning mudofaasiga alohida e ’tibor beriladi. Mazkur
davrda Qadimgi Sharqning hanmia davlatlarida qul va qulchilik
o 'z ahamiyatini saqlab qoladi. Ammo qulchilik Qadimgi Sharqning
hamma davlatlarida bir xilda, bir davrda kechmagan. Xususan,
so'nggi Ossurlar podsholigi. Xan podsholigi dqvrida qulchilik o'zi-
ning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan edi.
Ammo Parfiya saltanatida qul va qulchilik uncha rivojlanmay,
patriarxal - sodda ko'rinishiga ega bo'lgan. Shuni ta'kidlash kerak-
ki, Parfiyada qullar bo'lgan albatta, chunki qadimgi zamonda bi-
ronta jamiyat qul mehnatidan foydalanmay qolgan emas Parfiyada
qullar hatto qo'shinda xizmat qilganlar.
Rim tarixchisi Pompey Trog buni ko'rsatgan holda quyidagilar-
ni yozgan edi: “Ularning qo'shinlari boshqa qabilalarda bo'lga-
nidek, erkin kishilardan emas, balki ko'pchiligi qullarclan tashkil
topgan. Ular shu qullarni o 'z farzandlaridek ко'rib tarbiyalaydilar,
ot minishga va o'q-yoy otishga o'rgatadilar.”
Shuni ta'kidlash joizki, Iskandar boshliq yunon-makedon
qo'shinlari Ahmoniylar saltanatini tor-mor etib, O i t a Osiyo,
Hindistonning shimoli-g'arbiy hududlari va Old Osiyoni bosib
olgach, Iskandarning katta maydonni egallagan muvaqqat davlati
tashkil topadi. Shundan boshlab mazkur hududlarda mahalliy xalq
bilan yunon madaniyatining aralashuvi natijasida ellin davlatlari va
madaniyati tashkil topadi.
351
Qadimgi Sharqning tarkibiy qismi hisoblangan Hindistonda
m.av. I mingyillik o'rtalariga qadar yirik. markazlashgan davlatlar
tashkil topishi uchun shart-sharoit tug'ilm agan.
Xuddi shu davrda Xitoyda markazlashgan yirik davlatlar tash
kil topdiki, ular ham podsholarning yakka hokimligiga asoslangan
davlatlar edi. Shuni ta’kidlash joizki. bu davrda Hind jamiyatida
aholi qatlamini kasta-toifalarga ajratish joriy etilgan edi.
М.
I—III asrlarga kelib Qadimgi Sharq dunyosidagi Kushon.
Parfiya, Xitoydagi Xan podsholiklari. shuningdek, Rim imperiyasi
ham inqirozga uchrab, qadimgi dunyo tarixi davri o 'z nihoyasiga
yetgan edi, uning xarobalari o'rnida birin-ketin feodalizm - yirik
yer egaligi tuzurni shakllana boshlaydi.
M a’lumki, Qadimgi Sharq xalqlari juda boy moddiy va
m a’naviy madaniyat yaratib, jahon madaniyatiga o'zlarining buyuk
hissalarini qo'shganlar. Qadimgi Sharqda yozuvning hamma tur-
lari, shuningdek, alifbo yozuvlari qo'shni mamlakatlar va xalqla-
riga tarqalgan.
Qadimgi Sharq dunvosida “Gil garnish haqidagi doston",
“Sinuxet liikoyalari” , Payg'am barlar kitobi “Tavrot”, “Zabur”, Tn-
jil”, O 'rta Osiyo va Eronda “Avesto”, Hindistonda “ Maxabxarata”
va "Ramayana” va boshqa asarlar yaratildi.
Qadimgi Sharq o'zining ulkan ehromlari, qadimgi bobilning
zinapoyas inon zikkuratlari - ibodatxonalari, observatoriyalari,
urartlaming tosh ustidagi qal’alari, ossur podsholarining ajoyib sa-
roylari va boshqa qadimgi sharq m e’moriy obidalarining yuksak
darajada ekanligini ko'rsatadi.
Yana shuni ta'kidlash kerakki, Qadimgi Sharq xalqlari ilm-fan-
ning tabobat, astronomiya, taqvim, tarix, geografiya, yer bilimi,
ziroatchilik, huquq va boshqa sohalarida katta yutuqlarni qo'lga
kiritib, jahon madaniyati xazinasiga o'zlarining ulkan, munosib
hissalai'ini qo'shganlar.
Shu bois Qadimgi Sharqdan chiqqan olimlami jahon ilm-fani-
ning ustozi avvali deyilsa m ubolag'a bo'lm asa kerak.
Yana shuni alohida ta’kidlab o'tish joizki, Qadimgi Sharq dav-
latlaridagi iqtisodiy, siyosiy. madaniy va boshqa jarayonlar va so-
352
dir b o ig a n o'zgarishlar hududning tabiiy sharoiti, ishlab chiqarish
usuli va munosabatlaridan kelib chiqib bir muayyan davrda emas,
birin-ketin sodir b o ig a n va nihoyasiga yetgan.
Qadimgi Sharq tarixi va madaniyatini sinchiklab o‘rganish har
bir talaba va o im ish n i o'rganuvchi uchun katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |