shu mulkka bo'lgan egalik huquqlari bo'yicha kafolatlanadi.
M ulkiy javobgarlik, mulk shaklidan qat’iy nazar faqat korxo
naning o 'z mablag'lariga quyilishi mumkin. O 'z m ablag'larning
miqdori buxgalteriya balansi m a’lumotlariga asosan aniqlanadi.
8.2. Kredit stavkasini aniqlash
K reditning asosiy sharti qarz uchun haq to'lash. Bu haq qarz
qilingan sum m aga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni
qarz foizi
yoki
kreditning foiz stavkasi
deb yuritiladi. Qarz foizi pul bozorida
amal qiladi. Bozorga chiqarilgan pulning narxi foiz bo'ladi. Boshqa
tovarlardan farqliroq, qarz pulining narxi uning m a’lum to'lov
ehtiyojini qondirish xossasidagi foydalanganlik uchun beriladigan
haq bo'ladi. Qarz puli kapital sifatida yoki odatdagi to'lov yoki
xarid vositasida qo'llaniladi.
M ana shun ing uchun ham qarzdor shaxs pul egasiga foiz
stavkasini to'laydi. Foiz stavkasi oldindan belgilanadi.
Kreditning foiz stavkasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
KFS = К Ғ / K M * 100;
bu yerda, KFS kreditning foiz stavkasi, %;
K F —
qarz foizi, so 1 in;
K M —
qarz miqdori, so'm.
Kreditlarning foiz stavkasi m am lakatning ssuda kapitallari
bozorida aniqlanadi. Xalqaro kreditlarning foiz stavkasi esa jahon
ssuda kapitallari bozorida aniqlanib, bu bozorlarning asosiy qismi
L on don, T ok io, N yu -Y ork , Frankfurt, Parij va Bryussel shahar-
laridajoylashgan.
Kreditlarning foiz stavkasi turli om illar ta ’sirida o'zgarib turadi.
Bu om illarning asosiylari quyidagilardir:
Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati, ya’ni bozorda qanday
Do'stlaringiz bilan baham: |