Kreditning foiz stavkasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
KFS = К Ғ / K M * 100;
bu yerda, KFS kreditning foiz stavkasi, %;
K F —
qarz foizi, so 1 in;
K M —
qarz miqdori, so'm.
Kreditlarning foiz stavkasi m am lakatning ssuda kapitallari
bozorida aniqlanadi. Xalqaro kreditlarning foiz stavkasi esa jahon
ssuda kapitallari bozorida aniqlanib, bu bozorlarning asosiy qismi
L on don, T ok io, N yu -Y ork , Frankfurt, Parij va Bryussel shahar-
laridajoylashgan.
Kreditlarning foiz stavkasi turli om illar ta ’sirida o'zgarib turadi.
Bu om illarning asosiylari quyidagilardir:
Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati, ya’ni bozorda qanday
miqdorda qarz puliga talab bor va unga nisbatan qanday miqdorda
qarzga beriladigan pul chiqarilgan. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif
tushsa, u kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |