B o s h
buralgan
iplaming
chidamliiigi bir oz past, oson uziluvchan,
ulardan to'qilgan kiyimlar ham yumshoq,
bo’sh bo’ladi va tezda sifatini yo’qotadi.
To quv iplarini sotuvga ko’pincha
kavala holida chiqariladi. Ulardan biron
narsa t o ’qish uchun a w a lo kalava iplar
bimecha koptok holida o ’rab olinadi.
Bulling uchun kalava ipni bo’g ’inlaridan
bo’shatilib,
kalavaning uchi
topiladi,
so’ng
barmoqlar
bo’ylab
aylantirib
o ’raladi. Barmoqlar tortib olinib, ipni
holatini o ’zgartirib yana o ’raladi (6-
rasm).
Koptokni
juda
zich,
qattiq
o ’ramaslik kerak. Agar koptok juda siqib o ’ralgan bo’lsa ipning sifati
buzilishi, ya’ni qayishqoqligi pasayishi, tuklari yo’qolishi, ingichka
tortib jonsizlanishi mumkin. Ip sifatining pasayganligi to ’qilgan buyum
yoki kiyimda ham sezilib turadi.
T o ’qish uchun eskirgan, ayrim joy lari titilgan eski trikotaj
buyumlar yoki kiyimlarni so’kib olingan iplaridan ham foydalanish
mumkin Buning uchun eng avvalo trikotaj buyum yoki kiyimlar
detallarining milkiga berilgan ishlovga e ’tibomi qaratish lozim. Agar
kiyim detallarini (orqa, old bo’lak, yeng) bir-biriga biriktirilgan milklari
yormab yoki zig-zag qilinib ishlov berilgan bo’lsa, bu buyumni
so’kishga ovora bo’lmasa ham bo’ladi, chunki bunday buyumlar trikotaj
matodan andoza bo’yicha qirqib bichiladi, milklariga titilib ketmasligi
uchun ishlov berilgan bo’ladi. Bordi-yu so’kilsa ham, har qatordagi ip
uzilib-uzilib chiqadi.
Agar trikotaj buyumning detallari bir-biriga biriktiruvchi mashina
choki yoki zanjir chokida biriktirilgan bo’lib, milklariga ishlov
berilmagan bo’lsa, buyumning biriktirilgan qismlari so’kilidi va
detallarga ajratiladi. Detallaming ko'pincha yuqori qismidan (tugatilgan
joy) ipning uchi topilib, so'kiladi va koptok holida o'raladi.
So’kilayotgan buyumning titilgan qismlaridagi ip olib tashlanadi va yana
butun qismidan sokilayotgan ip koptok ipga tugun qilib boylanmasdan,
3-4 santimetr uzunlikda bir-biriga ohista yigirib o ’raladi. Tugunlar
6- rasm. Ipni koptok
ailih
n
rn
10
Yangi so’kilgan ip jingaiak b o ’lgani sababli, unga buyum
to’qishdan oldin tegishli ishlov berilishi kerak. So’kilgan ip koptogi stul
suyanchig’iga bir tekis aylantirib o ’raladi va bir nechta joyidan chuvab
ketmasiigi uchun bo’g ’ib boylanadi, kalaVa ip holiga keltiriladi (7-rasm).
Sovunli suvda yuviladi, so'ngra sirka qo’shilgan suvda chayiladi. Sirka
ipning rangini yorqinlashtiradi. Toza bo’lgan ip silkitib qoqiladi va osib
qo’yiladi. Jingalaklari yanada tekislanishi uchun ipda og’irroq tosh
bog’lab osiladi. (8- rasm).
O g’irlik o ’mi vaqti-vaqti bilan o ’zgartirib turiladi. Ip qurigach
qaytadan bo'shgina qilib o ’rab koptok holiga keltiriladi.
T o ’qish jarayonida tanlangan rangdagi ipni sotuvda topilmay
qolishi juda ko’p uchraydigan holat. Agar iplarni bo’yashni o ’rganib
olinsa. bu muammo yechimini tez va oson topish imkoniyatiga ega
bo’linadi. Istagan rangdagi ipga ega bo’lish uchun kimyoviy va tabiiy
bo’yoqlarning xususiyatlarini bilish va biroz vaqt hamda e ’tibor ajratish
lozim.
Bo’yash uchun: sifatli bo’yoq, bo’yashga moslab tayyorlangan ip
va maxsus idish kerak bo’Iadi. Bo'yaladigan ipni qanday toladan tashkil
topganligini aniq bilgandagina, aynan qaysi rangdagi bo’yoqdan
foydalanish kerakligini
va natija qanday bo'lishini oldindan bilish
mumkin bo'ladi.
7-rasm. Kalava ip.
8-rasm. So ’kilgan ipni
quritish jarayoni
Do'stlaringiz bilan baham: |