‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 3,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/273
Sana06.02.2022
Hajmi3,85 Mb.
#433797
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   273
Bog'liq
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar

ijtimoiy tabiati, mukammalligi
va poffonaliligini
kiritadi.
Shaxsning ijtimoiy tabiati 
ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi: 
ishlab chiqarishdagi munosabati, moddiy boylikni ishlab chiqarish va iste’mol 
qilish hamda muayyan ijtimoiy guruhga bo'lgan siyosiy munosabati.
Shaxsning bir butunligi 
uning normal va har tomonlama rivojlanishini 
belgilovchi tashqi ta’sirlar majmuidir.
Pog'onalilik 
- insonning shaxs sifatida ma’lum davrlarda yosh va ijtimoiy 
shakllanishi.
Shaxs va uning rivojlanishi muammosi ko'plab psixologlar, sosiologlar 
va pedagoglaming tadqiqot obyekti bo'lib kelmoqda. Bu tadqiqotlar tahlili 
unga bo'lgan bir qator yondashuvlami keltirib chiqardi:
1. Sotsiogenetik yondashuv 
shaxs rivojlanishini jamiyatning tuzilmasi, 
ijtimoiylashuv usullari, uning atrof-muhit bilan aloqasidan kelib chiqqan 
holda tushuntiradi. Bunday yondashuvda 
ijtimoiylashuv, o'rganish, ijtimoiy
vazifa nazariyalari
amal qiladi.
Ijtimoiylashuv nazariyasi 
ta’kidlaydiki, inson biologik hosila sifatida 
dunyoga kelib, ijtimoiy shart - sharoitlar ta’siridagina shaxs bo'lib yetishadi.
O'rganish nazariyasi 
(E. Tomdayk, B. Skiner va b.) ga ko'ra shaxs 
hayoti, uning munosabatlari, tahsil krish, iganishni mustahkamlash, 
bilim va ko'nikmalami o'zlashtirish natijasidir.
Rol bajarish nazariyasining 
mazmuni shundan iboratki, shaxsga jamiyatda 
muayyan ijtimoiy rol (barqaror xulq usullari to'plami) tayin qilinadi. Bu 
rol shaxs xulqining xarakterini, uning boshqa insonlarga bo'lgan munosabatini 
belgilaydi.
Bu nazariyalaming kamchiligi shundaki, u inson hayotining obyektiv, 
ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlarini hisobga olmaydi.
2. Biogenetik yondashuv 
shaxs rivojlanishida organizm yetilishidagi 
biologik jarayonlarni asos qilib oladi. Bu yo'nalishda Z.Freyd tadqiqotlari 
ajralib turadi. Uningcha, shaxs xulqi insonning fiziologik, beixtiyor mayllari, 
havaslari bilan bog'langan. E.Krechmer shaxs tiplarini insonning gavda 
tuzilishi xususiyatlaridan keltirib chiqaradi. S.Xoll ta’kidlashicha esa, shaxs


rivojlanishi doira shaklida, ya’ni yig‘inlar, ishtiyoqlar shaklidagi jamiyatning 
bosqichli rivojlanishidir.
3. 
Psixogenetik yondashuv 
na biologiya va na muhit ahamiyatini inkor 
etmaydi, balki psixik jarayonlaming rivojlanishini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu 
yondashuvda psixodinamik, kognitiv va personologik nazariyalar amal qiladi.
Psixodinamik yo'nalish 
(E.Erikson). Bunda shaxs xulqi emotsiya, ishtiyoq 
va boshqa psixikaning ratsional bo‘lmagan komponentlari orqali tushuntiriladi.
Kognitiv nazariya 
vakillari (J.Piaje, D.Kelli va boshqalar) shaxs 
psixikasining intellektual - bilish doirasi xususiyatlariga suyanadilar.
Personologik yo‘nalish 
vakillari esa shaxs rivojlanishiga yaxlit holda 
qaraydilar (E.Shpranger, A.Maslau va b.). Bu borada B.G.Ananev, 
K.A.Abulxanova, A.N Leontev, A .V.Petrovskiy, V.V.M yasishev, 
K.K.Platonov, D.N.Uznadze, D.I.Feldshteyn ishlari e’tiborlidir.
B.G.Ananev 
shaxsga 4 tomon birligi nuqtai nazardan qaraydi: 1) 
insonga
biologik tur sifatida; 2) individ sifatida ontogenez va insonning hayot yo'li;
3) insonga shaxs sifatida; 4) insonga insoniyatning bir qismi sifatida
K.A.AbuIxanova 
shaxsni hayot yo‘li subyekti va faoliyat subyekti sifatida 
tasawur qiladi. Uning rivojlanishi asosida 
faollik
(tashabbus, ma'suliyat), 
tashkiliy vaqtga nisbatan qobiliyat, ijtimoiy tafakkur
kabi sifatlar yotishini 
ta’kidlaydi.
A-N.Leontev va A.V.PetrovskiyIar 
bu yondashuvga binoan har qanday 
psixik hodisalami tushuntirishda, shaxs 

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish