1-rasm. Jami davlat qarzi dinamikasi mlrd.AQSH dollarida, YaIMga nisbati foizda[5]
Ko’rinib turibdiki, 2013 yilda davlat jami qarzi 6,5 mlrd.AQSH dollari yoki YaIMga nisbatan 11,3 foizni tashkil etgan bo’lsa, keyingi yilda 6,9 mlrd.AQSH dollari bo’lib, YaIMning 11,0 foizi miqdorida bo’lgan. 2013-2019 yillar oralig’ida jami davlat qarzi sezilarli darajada o’sib, 2018 yilda 14,8 mlrd.doll va 2019 yil yakuniga 21,3 mlrd.AQSh dollari miqdorida bo’lishi kutilmoqda, bu esa mos ravishda YaIMga nisbatan 29,4 va 36 foizni tashkil etmoqda. Bunday yuqori darajadagi o’sishga asosiy sabab sifatida strategik investitsion loyihalarni moliyalashtirish, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlaridagi nomutanosiblikni oldini olish xarajatlarining oshishi bilan izohlanadi.
2-rasm. Davlat tashqi qarzi dinamikasi mlrd.AQSh dollari, YaIMga nisbatan foizda[6]
Davlat jami qarzining asosiy qismi tashqi qarzga to’g’ri kelishini hisobga olsak, 2013-2019 yillar oralig’ida ushbu qarzning ham yuqori o’sish tendensiyasini kuzatishimiz mumkin. 2013 yilda davlat tashqi qarzi 4,4 mlrd.AQSh dollari yoki YaIMga nisbatan 7,7 %ni tashkil etib, 2015 yilda bu ko’rsatkich 5,6 mlrd.AQSh dollari hamda YaIMga nisbatan 5,6 %ni tashkil etmoqda. So’nggi yillarda mamlakatimizda qulay investitsion muhit yaratilishi bilan ko’plab xorijiy investitsiylar va imtiyozli kreditlar oqimi keskin ko’paymoqda. Natijada 2018 yilda hukumat nomidan to’g’ridan to’g’ri va hukumat kafolati ostida chet eldan jalb qilingan qarz miqori 9,9 mlrd.AQSh dollari va 2020 yil 1 yanvar holatiga 15,3 mlr.AQSh dollari bo’lishi kutilmoqda hamda mos ravishda YaIMga nisbatan 19,6 va 25,4 foizni tashkil etmoqda. O’zbekiston Respublikasining jami qarzlari tarkibini tahlil qilish uchun quyidagi keltirilgan chizmaga e’tibor qilaylik.
3-rasm. O’zbekiston Respublikasining jami davlat qarzi, mlrd.AQSH dollarida[7]
2019 yil fevral oyida yurtimiz tarixida ilk marta 1 mlrd.AQSH dollari miqdoridagi O’zbekistonning suveren davlat obligatsiyalari (yevrobondlar) London fond birjasiga joylashtirildi. Savdolar ko’pchilik xalqaro moliya institutlari, investorlar va ekspertlar tomonidan muvafaqqiyatli deb e’tirof etildi. Yevrobondlarni chiqarishdan olingan mablag’lar iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversfikatsiya qilish uchun hamda banklarning likvidligi va to’lov qobiliyatini oshirish maqsadida kim oshdi savdosi orqali tijorat banklarining depozit hisobvaraqlariga yo’naltirildi. Ushbu obligatsiyalarning 90 million dollari byudjet ssudasi tariqasida Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga berilgan, qolgan qismi banklarga depozit shaklida auksion orqali joylashtirildi. O‘tgan oylar mobaynida xalqaro obligatsiyalarning ikkilamchi bozordagi narxlari jahon moliyaviy bozorlardagi umumiy trendlar doirasida o‘zgarib, umumiy o‘sish sur’atlarini aks ettirgan hamda global iqtisodiyotda yuz berayotgan jarayonlar, makroiqtisodiy o‘zgarishlar va kutilmalar ta’siri ostida shakllanib bordi. Xalqaro obligatsiyalarning jahon fond birjalarida joylashtirilishi mamlakatimizning chet el investorlari va tashkilotlari bilan integratsiyalashuvini tezlashtiribgina qolmasdan, investitsiya oqimining tez sur’atlar bilan ko’payishi oraqli mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo’shadi.
Xorijiy mamlakatlarning davlat qarzlarining YaIMga nisbatini qyuidagi rasmda ko’rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |