Tahlil va natijalar
Mamlakatimizning jahon moliya tizimiga jadal integratsiyalashuvi sharoitlarida davlat qarzini xavfsiz daraja bo‘lishi mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Xalqaro mezonlarga ko‘ra bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzi “mo‘tadil” darajada bo‘lsada, O‘zbekistonning suveren kredit reytinglarining barqarorligini hamda davlat qarzining xavfsiz darajada bo‘lishini kafolatli ta’minlash mexanizmlarini yaratish bugungi kun talabi bo‘lmoqda. Davlat qarzining yillik limitlarini belgilash, davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni tanlab olishda ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, ularning amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish va loyihalar natijalarini baholashning shaffof va samarali mexanizmlarini joriy etish ustuvor vazifalardan bo‘lib hisoblanadi.
2019 yilda 7,8 trln.so’m yoki YaIMga nisbatan 1,5 foiz miqdoridagi konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi taqchilligidan shakllanishi kutilmoqda. Bunda byudjet defitsitini noinflyatsion manbalar hisobiga qoplash nazarda tutiladi, ya’ni 4,5 trln.so’mlik Davlat byudjeti taqchilligini qoplash uchun Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki va Fransiya Taraqqiyot Agentligidan 3,5 trln.so’m hamda davlat g’aznachilik obligatsiyalasrini chiqarish oraqli 1,0 trln.so’m olish rejalashtirilmoqda.
Hozirgi vaqtda dunyodagi davlat va xususiy qarz rekord darajadagi qiymatga yetib, 188 trln.dollarni tashkil etmoqda. Bu esa dunyo yalpi ichki mahsulotining 230 foizini tashkil etadi. Barcha qarzning uchdan ikki qismi xususiy sektorga tegishli bo’lib, dunyo bunday ulkan raqamlarni ikkinchi jahon urushidan beri ko’rmagan. Shunday bir sharoitda, Jahon Banki va Xalqaro Valyuta Jamg’armasining tasnifiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi davlat qarziga xizmat ko’rsatish salohiyati “kuchli” deb baholangan bo’lib, mazkur tasnifdagi davlatlar uchun:
davlat tashqi qarzining YaIMga nisbati 55 foizdan oshmasligi;
jami davlat qarzining YaIMga nisbati 70 foizdan oshmasligi tavsiya qilinadi.Hozirda Xalqaro valyuta jamg‘armasining yo‘riqnomasi asosidagi Moliya vazirligining hisob-kitoblariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun davlat qarzining maksimal darajasi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 50 foizdan oshmasligi lozim.
Mamlakatimizning 2013-2019 yillardagi jami davlat qarzi va tashqi qarzlari miqdori hamda dinamikasini tahlil qilish uchun quyidagi rasmlarga e’tibor qaratib o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |