Z. A, G‘iyosov



Download 10,66 Mb.
bet17/45
Sana11.06.2022
Hajmi10,66 Mb.
#656189
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
Bog'liq
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Baxtsiz hodisa


Baxtsiz hodisa deganda tibbiy amaliyotda tasodifan, tibbiy xodimlarga bog‘liq bo'lmagan, sodir bo‘lishini oldin bilish va bartaraf etish imkoni bo‘lmagan holatlar natijasida vujudga kelgan noxush oqibatlarga aytiladi. Aksariyat holatlarda bunday oqibatlar shaxsning hayotligida aniqlanmagan a’zolaming individual xususiyatlari natijasida yuz beradi.
Baxtsiz hodisalar quyidagi holatlarda kuzatilishi mumkin: ayrim odatdagi dori-darmonlarga idiosinkraziya;
bemor oldinlari qabul qilgan dori darmonlarga keyinchalik yuqori sezgirlikning vujudga kelishi;
simptomsiz kechgan, oldin aniqlanmagan bosh miya qon tomirlari anevrizmasining odatdagi tibbiy muolajalami o ‘tkazish vaqtida yorilishi;
angiografiya yoki gastrofibroskopiya o‘tkazish jarayonida yurakning reflektor to‘xtashi;
jartohlik amaliyotini o‘tkazish arafasida ruhiy-emotsional shok natijasida to‘satdan o‘lim holati.
Shunday qilib, baxtsiz hodisalarda bemoming sog‘lig‘iga zarar yoki uning oiim i kutilmagan, oldindan bilish mumkin boimagan tasodifiy holat yoki sharoitlar natijasida vujudga keladi. Vrach xatosidan farqli ravishda ular vrachning harakati yoki harakatsizligiga bogiiq emas. Aynan shu sababli baxtsiz hodisalar tibbiy xodimning biron-bir ko‘rinishdagi javobgarligini yuzaga keltirishi mumkin emas. Vrach xatosi kabi, baxtsiz hodisalar natijasidagi noxush oqibatlar ham tibbiy muassasada albatta o‘rganilishi va tahlil etilishi lozim.

Yatrogeniya


“Yatrogeniya” atamasi (grekchadan Iatros - vrach, gennao - yuzaga keltiraman) 1925 yilda nemetspsixiatri О. Вumke tomonidan taklif etilgan. Uzoq vaqtlar davomida yatrogeniya deganda vrach so‘zlari yoki harakatlarini bemor ruhiyatiga bevosita yoki bilvosita noxush ta’siri oqibatida yuzaga kelgan kasalliklar inobatga olingan.

  1. A. Kassirskiy (1970) yatrogen kasalliklar sifatida nafaqat tibbiy xodim tomonidan bemor ruhiyatining bevosita yoki bilvosita shikastlanish holatlarini, balki mulojalami noto‘g‘ri bajarish, dori- darmonlarni noto‘g‘ri qoilash kabi holatlami ham nazarda tutishni taklif etdi. So‘nggi vaqtlarda yatrogeniya tushunchasini yanada kengaytirishga harakatlar kuzatilmoqda.

Ayrim holatlarda yatrogeniya vrach emas, balki o‘rta tibbiy xodim tomonidan sodir etilishi mumkin. Shundan kelib chiqib, vengriyalik psixoterapevt I. Xardi (1972) yatrogeniya analogi sifatida tibbiy hamshiralar harakatlari natijasida yuzaga kelgan noxush oqibatlami tavsiflash uchun “sororigeniya” atamasini (lotinchadan soror - hamshira) taklif etdi.
Yatrogeniya turli mualliflar tomonidan turlicha tavsiflanadi. Ayrimlar ushbu tushunchaga barcha turdagi tibbiy xodimlarning
kasb huquqbuzarliklarini kiritsa, boshqalar - faqat qasddan sodir etilmagan, ya’ni ehtiyotsizlik natijasida yuzaga kelgan holatlami nazarda tutadi. Ba’zi mualliflar yatrogeniyani vrach xatosining bir ko‘rinishi sifatida e’tirof etadi (V. I. Akopov, 2000).
Yatrogeniyaning quyidagi ta’rifi ma’qulroq.
Yatrogeniya - bu diagnostika, davolash, profilaktika yoki reabilitatsiya muolajalarini o‘tkazish bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq holatda bemor salomatligiga zarar etkazishdir (Yu. D. Sergeev, S. V. Erofeev, 1998).
Shuningdek, yatrogeniyaning A. V. Shaposhnikov (1998) tomonidan taklif etilgan nisbatan salmoqli va umumiy ko‘rinishga ega bo‘lgan tavsifi ham mavjud: “Yatrogeniya - bemor yoki sog‘lom insonga o‘z kasb va xizmat majburiyatlarini bajarish davri va o‘mida buyruq berish va ijro etish vakolatiga ega bo‘lgan tibbiy xodimlaming harakati va so‘zlarini bevosita yoki bilvosita nojo‘ya ta’siri natijasida vujudga kelish vaqtidan qat’iy nazar ruhiy va jismoniy salomatligidagi o‘zgarishlar tushuniladi”.
Hozirgi vaqtda umum qabul qilingan talqinga ko‘ra, yatrogeniya deganda tibbiy omillar ta ’sirida yuzaga kelgan yangi patologik holat tushuniladi. Tibbiy omil, jamlanma tushuncha sifatida, o‘zida tibbiy texnologiyaning barcha elementlarini (diagnostika, davolash, profilaktika, reabilitatsiya va bosh. ) va bemor bo‘lgan tibbiy-profilaktika muassasasi sharoitlami tutadi. Mos tarzda yatrogeniyaning diagnostik, davolash (davolash, jarrohlik, jismoniy), ruhiy-emotsional va informatsion, profilaktik, davolamaslik (tibbiy yordamga kechikib murojaat qilish) va boshqa turlari farqlanadi.
Xulosa qilganda, kasb huquqbuzarliklari oqibatida vujudga kelgan barcha noxush oqibatlami, shu jumladan tibbiy xodimlaming jinoyati, qilmishlari, vrach xatosi, baxtsiz hodisalami yatrogeniyaning ko‘rinishlari sifatida talqin etish mumkin.
Yuqorida qayd etilganlami inobatga olib tibbiy xodimlaming kasb huquqbuzarliklarini quyidagicha tasniflash mumkin.



Download 10,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish