Yusupova nargiza shakirovna jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi


 Muvofiqlash layoqatlarining namoyon bo‟lish shakllari va baholash



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/169
Sana14.07.2022
Hajmi3 Mb.
#793909
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   169
Bog'liq
kitob Jismoniy madaniyat3

9.5.3. Muvofiqlash layoqatlarining namoyon bo‟lish shakllari va baholash 
mezonlari 
Mezon - 
biron narsani baholash, aniqlash yoki sinflarga ajratish belgisi. 
Tabiiyki, muvofiqlash layoqatlarining (ML) mezonlari bo‟lib insonning 
muvofiqlash imkoniyatlari saviyasini o‟lchash, baholash belgilari hizmat qiladi. 
MLni baholash bosh mezonlari sifatida to‟rtta asosiy belgi ajratilgan; 
1. Harakat bajarilishining to‟g‟riligi, ya‟ni harakat talab qilingan maqsadga 
olib keladi; 
2. Natija tezligi; 
3. Harakat va amallarning samaradorligi; 
4. Insonga kutilmagan murakkab vaziyatdan chiqishga yordam beradigan 
harakat topqirligi. 
Mazkur mezonlarning sifat va miqdor tomonlari mavjud. MLning sifat 
tavsiflarini baholash asosiy mezonlariga, moslik, maqsadga muvofiqlik va 
tashabbuskorlik, 
miqdor 
mezonlariga 

aniqlik, 
tezkorlik, 
tejamkorlik, 


160 
harakatlarning turg‟unligi va ko‟p kuch talab qilmasligi kiradi. Amaliyotda ushbu 
mezonlar bilan bir qatorda boshqalar ham e‟tiborga olinadi. Ko‟p hollarda MLning 
belgilari alohida emas balki bir-biri bilan yaqin bog‟langan holda namoyon 
bo‟ladi. Shuning uchun, MLni ta‟riflashda bir martalik mezonlardan tashqari, ikki 
yoki undan ko‟p belgilar bo‟yicha MLning rivojlanish darajasi haqida xulosa qilish 
mumkin bo‟lgan majmuaviy mezonlar keng qo‟llaniladi. Bunday majmuaviy 
mezonlar qatorida maqsadli harakat amallarining yoki bu amallar yig‟indisining 
bajarilish samaradorligi ko‟rsatkichlari ham bor. Masalan, ML, 3 kishi 10 yoki 3 
kishi 15 m.ga yugurish, koptokning (qo‟llar, oyoqlar bilan) harakat yo‟nalishini 
o‟zgartirib yugurishda boshqarish natijalari; yakkakurash va sport o‟yinlarida 
himoyachi yoki hujumchining harakat amallarini bajarish samaradorligi; to‟satdan 
o‟zgargan sharoitlarda harakat amallarini qayta muvofiqlash tezligi ko‟rsatkichlari 
bilan o‟lchanadi. Biroq sanab o‟tilgan MLni baholash mezonlari, zamonaviy ilmiy 
ma‟lumotlarga binoan, murakkab tuzilishga va o‟ziga xos turlarga ega. Xususan, 
harakatlar aniqligini nazarda tutganda, qanday aniqlik haqida so‟z ketayotganini 
aytib o‟tish zarur, chunki aniqlik jarayon yoki final xususiyatga ega bo‟lishi 
mumkin. Aniqlik final xususiyatga ega bo‟lgan holda, u merganlik bilan bir xil. 
ML, baholashning aniqligi, harakatning turli ko‟rsatkichlarini o‟lchash, 
birlashtirish, bilan tavsiflanishi mumkin. Aniqlikning ba‟zi ko‟rsatkichlari bilan 
o‟zaro moslik yo‟qligi aniqlangan. Harakatlar amplitudasini yaxshi diffen-
stiastiyalash mumkin, lekin nisbatan yomon qaytarilgan holda, ya‟ni berilgan 
ko‟rsatkichni qaytarish. Bu MLning boshqa belgilariga ham tegishli. 
Harakatlar tejamkorligi MLning xusuiyatlaridan biri sifatida ortiqcha va 
keraksiz harakatlarsiz, zarur quvvatni kam sarflash bilan tavsiflanadi. U nafaqat 
harakatlar texnikasi samaradorligiga, balki shug‟ullanuvchilarning jismoniy 
tayyorgar-ligi darajasiga ham bog‟liq. Tejamkorlik harakat natijasini, unga erishish 
uchun sarflangan xarajatlarga nisbati bilan aniqlanadi. 
Turg‟unlik-asosiy biomexanik harakatlar va biron mashqda ko‟rsatilgan 
natijaning kichik xili. U e‟tiborga olinayotgan ko‟rsatkichlarning eng kichik 
tarqoqligi bilan tavsiflanadi. Tarqoqlik, ya‟ni ko‟rsatilgan natijalardagi farq qancha 


161 
kichik bo‟lsa turg‟unlik shunchalik katta bo‟ladi. 
Turg‟unlik haqida so‟z yuritganda, avvalo, natijaning yoki qandaydir boshqa 
tavsifnomalarning belgilangan qiymatlar va chegaralar sohasida bo‟lishi nazarda 
tutiladi. Bu soha qanchalik kichik bo‟lsa, yuqori va quyi chegaralar yaqin va 
ko‟rilayotgan ko‟rsatkichning sohasiga tushish foizi yuqori bo‟lsa, turg‟unlik 
shunchalik katta bo‟ladi. 
Harakat tizimi tavsifnomalarining o‟ta chetlashishi harakatlarni boshqarish 
samaradorligini pasaytiradi (N.A.Bernshteyn, 1947; D.D.Donskoy, 1968). 
Boshlovchilarda harakat amallarini egallash jarayonida turli ko‟rsatkichlar 
chetlashuvi katta harakatlar aniq bo‟lmaydi. Texnikani egallab borgan sari 
harakatlar aniq bo‟ladi, chetlashuvlar kamayadi. 
Takomillashuv muvofiqlash natijalarining yuqori saviyasini va ularning 
turg‟unligining ta‟minlaydi. E‟tibor berish lozimki, natijalar turg‟unligini ortishi 
doim ham uning saviyasini ortishiga olib kelavermaydi. Masalan, gimnastning 
halqalarda 7,0-7,2 ball oralig‟ida baholangan natijasi, 8,5-9,0 ball oralig‟ida baho-
langan natijaga qaraganda katta turg‟unlik darajasidan guvohlik beradi. Agar 
gimnast, aytaylik halqalarda 8,0 dan-8,5 gacha ball olsa, avval 7,8 dan- 8,0 gacha 
ball olgan bo‟lsa turg‟unlik kamaygan bo‟ladi, garchi natija darajasi ko‟tarilgan 
bo‟lsa ham. 
Harakat amallarining samaradorligi nafaqat turg‟unlik, balki mashqlarning 
ishonch bilan bajarilishi bilan ham belgi-lanadi. Ushbu ko‟rsatkichlar, qandaydir 
ma‟noda o‟zaro bog‟langan bo‟lsalarda, harakatlar tizimining turli xossalarini 
tavsif-laydi. Ishonchlilik, insonning hali yaxshi o‟rganilmagan ko‟rsatkichlaridan 
biri. Muammoning murakkabligi, inson tanasini boshqarish mexanizmining 
murakkabligidandir. 
B.N.Korenberg-ning 
(1970) 
fikricha, 
ishonchlilik 

belgilangan natijali harakat-larni bajarish ehtimoli yoki belgilangan vaqtdagi 
maqsadli sa-mara. Mashqlarni bajarish ishonchliligining mezoni bo‟lib, 
belgilangan darajaga erishish yoki undan ortish hizmat qiladi. Agar mashqlar 
belgilangan darajadan past saviyada bajarilsa, bu harakatlar ishonchliligining 
darajasini pastligini ko‟rsatadi. Masalan, gimnastning bellashuvlarda ma‟lum 


162 
mashqlar uchun 9,5 ball baho olish imkoni bor va bu uning xozirgi vaqtdagi 
tayyorgarlik va sport mahorati saviyasidir, agar u 9,5 – 9,7 ball olsa ishonchlilik 
yuqoriligini, agar 7,5 – 8,0 ball olsa o‟rtacha yoki pastligini ko‟rsatadi. Birinchi 
holda turg‟unlik va ishonchlilik mos kelmoqda, ikkinchisida esa yo‟q. 
Bu erda ikki tur ko‟rsatkichlarni ajratish lozim: 
1.Mutloq - shaxsning kuch, tezlik, tezlik - kuch qobiliyatlari darajasini 
hisobga olmasdan. 
2.Nisbiy (parstial) - bu qobiliyatlarni hisobga olib, qandaydir yo‟l bilan 
chetlatilgan holda. 
Asosiy MLga quyidagilar kiradi: 
♦ harakatning turli o‟lchamlarini differentsiatsiyalash layo-qati (vaqt, 
fazoviy, kuch va boshq.); 
♦ fazoda mo‟ljal olish layoqati; 
♦ muvofiqlash saqlash layoqati; 
♦ harakatlarni qushish (kombinastiyalash) layoqati; 
♦ o‟zgaruvchan vaziyatga va vazifaning g‟ayri oddiy qo‟yilishiga ko‟nikish 
layoqati; 
♦ belgilangan sur‟atlarda vazifalarni bajara olish layoqati; 
♦ harakatlar ta‟sirchanligi vaqtini boshqarish layoqati; 
♦ harakatning turli belgilarini, ularning bajarilish shart-larini va umuman 
vaziyatning o‟zgarishini oldindan ko‟ra bilish layoqati; 
♦ mushaklarni unumli bo‟shashtira olish layoqati. 
Amaliyotda barcha ko‟rsatilgan layoqatlar toza holda emas balki murakkab 
o‟zaro bog‟liqlikda uchraydi. Harakat amaliyoti turining o‟ziga xosligi ushbu 
muvofiqlash layoqatlariga turli talablar qo‟yadi. Faoliyatning bir turida ma‟lum 
layoqatlar muhim o‟rin egallasa, boshqasida ikkinchi darajali bo‟ladi. 
Mazkur o‟ta muhim layoqatlar sport yo‟nalishlarida ko‟p jihatdan 
muvaffaqiyatni belgilaydi. Shuning uchun muvofiqlashga tayyorlanish jarayonida 
ularning rivojlanishiga alohida e‟tibor bilan qarash harakatlarni muvofiqlash 
qobiliyati bir qator ruhiy-fiziologik omillar bilan belgilanishini nazarda tutmoq 


163 
lozim. Bular: 
1. Sensor tizimning funkstional holati. 
2. Markaziy asab tizimining tana holatini boshqarish va alo-hida qismlarini 
harakatlantira olish darajasi. 
3. Insonning harakatlarni yodda saqlab qolish va ularni qay-tara olish 
imkoniyati. 
Harakat muvofiqliligi ko‟p jihatdan shug‟ullanuvchilar tomonidan harakat 
vazifalarini tushunishlari va uni hal qilish-ning aniq usulini topa olish 
qobiliyatlariga bog‟liq. 
Turli yosh davrlarida, muvofiqlash layoqatlarining alohida turlarini 
rivojlanishida notekislik kuzatiladi (...rasm). 15 -16 yoshga kelib ularning ancha 
yaxshilanishi kuzatiladi. Bu yoshda yoshlarning rivojlanish darajasi kattalarnikiga 
yaqinlashadi. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish