Yusupova nargiza shakirovna jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi


 KOORDINATSION QOBILIYaTLARNI TARBIYaLASh



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/169
Sana14.07.2022
Hajmi3 Mb.
#793909
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   169
Bog'liq
kitob Jismoniy madaniyat3

 
9.5. KOORDINATSION QOBILIYaTLARNI TARBIYaLASh. 
 
9.5.1. «Harakatlarni muvofiqlash», «muvofiqlanganlik», «muvofiqlash 
layoqatlari» tushunchalarining ta‟rifi 
Biron 
harakat 
faoliyatini 
bajarishda 
insonning 
muvofiqlovchi 
imkoniyatlarini tavsiflash uchun nazariya va jismoniy tarbiya usuliyatida, uzoq 
vaqt «chaqqonlik» atamasi qo‟llanilib kelingan. Xozirgi kunda ularni belgilash 
uchun ko‟p hollarda «muvofiqlash layoqatlari» atamasi ishlatilmoqda. Bu 
tushunchalar ma‟nosi bo‟yicha yaqin bo‟lgani bilan, tarkibi bo‟yicha bir xil emas. 
«Muvofiqlash layoqatlari» tushunchasiga ta‟rif berish uchun boshlang‟ich 
nuqta bo‟lib «muvofiqlik» so‟zi xizmat qilishi mumkin (lotincha coordination 
so‟zidan olingan bo‟lib muvofiqlashtirish, tartibga solish ma‟nosini bildiradi). 
«Harakatlarni muvofiqlash» tushunchasiga keladigan bo‟lsak, uning ma‟nosi 
lotinchadan tarjimasiga qaraganda ancha keng. Xozirgi vaqtda harakatlar 
muvofiqligining bir necha ta‟riflari mavjud. Ularning barchasi, ushbu murakkab 
hodisaning qandaydir alohida jihatlarini ochib beradi (fiziologik, biomexanik, 
neyrofiziologik, kibernetik) 
N.A.Brenshteynning 
yozishicha 
«harakatlar 
muvofiqligi» 
bizning 
organlarimiz harakatlarining erkinlik darajasini engib o‟tishdir, ya‟ni ularni 


155 
boshqariluvchi jarayonga aylantirishdir. 
Bu ta‟rif, oradan ancha vaqt o‟tgan bo‟lishiga qaramasdan, ho-zirgi kunda 
ham eng ko‟p tarqalgan va tan olinganlardandir. N.A.Brenshteynning (1991) 
fikricha harakat apparatini boshqarishida eng qiyini bu erkinlik darajalarini engib 
o‟tishdir. Ma‟lumki, O.Fisherning (1906) hisoblari bo‟yicha gavda, bosh va oyoq - 
qo‟llar o‟rtasida bo‟lishi mumkin bo‟lgan 107 dan ortiq erkinlik darajasi mavjud. 
Masalan, faqat oyoq - qo‟llarning o‟zi 30 tadan erkinlik darajasiga ega. Shuning 
uchun, harakatlar muvofiqligida inson echishi lozim bo‟lgan asosiy masala-
ortiqcha erkinlik darajalarini kamaytirishdir. 
Harakat apparatini boshqarishdagi qiyinchiliklarning asosiylari quyidagilar: 
1. Diqqatni inson tanasining ko‟plab bo‟g‟imlari va qismlari harakatlariga 
teng taqsimlash, ularni o‟zaro muvofiqlashtirish. 
2. Inson tanasiga xos bo‟lgan ko‟plab erkinlik darajalarini engib o‟tish. 
3. Mushaklarning egiluvchanligi (N.A.Brenshteyn, 1991). 
Keyingi vaqtda bir butun harakat amallarini tuzishning murakkabligini 
harakat dasturlarining o‟zgarishi (bir a‟zoning harakatini boshlanishining 
ikkinchisi bilan usma-ust tushishi) bilan bog‟lashmoqda. Harakat dasturlari 
yig‟ilgan tajribalar ta‟siri ostida shakllanadi. Harakat dasturi - o‟tgan, hozirgi va 
kelajakni «birlashtiruvchi» harakatni uning ma‟nosi bilan muvofiqlashtiruvchi. 
Harakat dasturlarining bir vaqtli va ketma-ket ta‟siri o‟tish jarayonlari bilan 
bog‟langan. Ular orasida o‟tish holatlari mavjud, unda harakatlarni boshqarishning 
markaziy tuzilmalarida bir emas, ikkita yoki bir nechta dasturlar mavjud bo‟ladi. 
O‟tish mexanizmlari harakatlarning biomexanik tuzilmasining paydo bo‟lishida 
asosiy mexanizm hisoblanadi. 
Fiziologik jihatdan «ortiqcha erkinlik darajasi» tushunchasini kiritish 
muvofiqlikni ta‟riflash uchun etarli, biroq pedagogik tomondan noto‟g‟ri,, chunki 
tushunchada muvofiqlikning amaliy tomoni uchun muhim bo‟lgan - vazifani 
muvaffaqiyatli echish tomonidan mahrum bo‟lgan (D.Donskoy, 1971). U harakat 
amallarini bajarishda muvofiqlikning uch turga ajratishni taklif qilgan - asab, 
mushak va harakat muvofiqliligi. 


156 
Asab muvofiqliligi - harakatlarni mushaklarning torayishi hisobiga 
boshqaruvchi, asab jarayonlarini muvofiqlashtirish. Bu ma‟lum sharoitlarda (ichki 
va tashqi) harakat vazifasini echishga olib keladigan asab jarayonlarining 
uyg‟unligi. 
Mushak muvofiqliligi - ham asab tizimi, ham boshqa omil-lardan tana 
qismlariga buyruqlar etkazib beruvchi mushaklar torayishini muvofiqlashtirish. 
Harakat muvofiqliligi - tana qismlarining fazo va vaqt bo‟yicha, bir vaqtlik 
va ketma-ket, xarakt vazifasiga, atrof muhit va inson holatiga mos harakatlarining 
muvofiqlashtirilgan uyg‟unligi. U mushak muvofiqliligi bilan, garchi belgilansada 
(D.Donskoy, 1971) u bilan bir xil emas. 
Bir xil vazifalar qo‟yilsada, lekin turli tashqi sharoit, insonning har xil 
holatlarida harakatlar yig‟indisi masalani muvaffaqiyatli echish uchun o‟zgaradi. 
Bunda harakatlar muvofiqliligi avvalo harakatlar tizimi sifatini, uning maqsadga 
muvofiqligini, masalaga va sharoitga mosligini belgilovchi mezo-nni o‟z ichiga 
oladi. Sifat, muvofiqlashuv jarayonidan keyin emas, ungacha ham emas, 
jarayonning o‟zida, harakat amalining borishida aniq-lanadi. 
Harakat muvofiqligi haqila so‟z ketganda, yuqorida ko‟rsatilgan 
muvofiqliklardan tashqari, uning sensor-motor va motor-vegetativ turlarini ajratish 
lozim, vazifaning bajarilish sifati ularga bog‟liq. Birinchisi tayanch - harakat 
apparatining va xususan sensor tizimlarining (ko‟rish, eshitish, vestibulyar, harakat 
va boshq.) faoliyatini moslashtirish bilan bog‟liq. 
Insondagi sezishgi organlarining ahamiyati ulkan. Ular orqali biz dunyoni 
taniymiz, unda yuz berayotgan o‟zgarishlarni va o‟zimizning tanamizda yuz 
berayotgan jarayonlarni sezamiz. Muvofiqlikning sensor-motor turi tashqi 
signallarni tez va aniq tahlil qilishni talab etadi. 
Insonning harakat amallari, faoliyatning boshqa barcha turlari kabi 
organizmning bir butunligini namoyon qiladi. Ihtiyoriy mushak harakatlari 
qandaydir ma‟noda mushak faoliyatini (nafas olish, yurak-qon tomir va h.k.) 
ta‟daqlovchi vegetativ tizimning faoliyati bilan bog‟liq. Shuning uchun jismoniy 
harakatlarni bajarishda harakat masalalarini echishga vegetativ vazifalarning ta‟siri 


157 
ham katta. Ko‟plab tajribalarning natijalari buning to‟g‟riligini ko‟rsatmoqda. 
Charchash, kasallanish, kuchli emostional ta‟sir, uzoq vaqt tizimli mashq qilmaslik 
oqibatida organizmning turli vazifalari birinchi navbatda harakat apparati va 
mushaklarning ishlashini ta‟daqlovchi alohida tizimlar orasida muvofiqlik buzilishi 
yuz beradi. Oxir oqibat, bularning hammasi harakatning turli ko‟rsatkich-larini 
boshqarish sifatida aks etadi. 
Demak, harakatlar muvofiqliligiga organizmning turli organlari va tizimlari 
funkstional faoliyatining muvofiqlashgan yig‟indisi, ya‟ni bir butun sifatida 
(tizimli safiya) yoki organizmdagi bir yoki bir necha tizimlarining muvofiqlashgan 
holda ishlashi natijasi sifatida qarash mumkin. 
Harakatlar muvofiqligi harakat faoliyatining sifat ko‟rsatkichi sifatida bir 
hollarda yaxshiroq, boshqa hollarda yomon-roq takomillashgan bo‟lishi mumkin. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish