Yusupova nargiza shakirovna jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi


 Tezkorlik qobiliyatini tarbiyalash



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/169
Sana14.07.2022
Hajmi3 Mb.
#793909
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   169
Bog'liq
kitob Jismoniy madaniyat3

9.4. Tezkorlik qobiliyatini tarbiyalash. 
 
9.4.1. Tezlik qobiliyati haqida tushuncha. Tezlik qobiliyati darajasini 
rivojlantirish omillari va tezlik qobiliyatlarining paydo bo‟lishi. 
Insonning harakat masalalarini jadal sur‟atlarda bajara olish imkoniyatini 
ifodalash uchun bir necha yillar davomida «tezkorlik» atamasi ishlatilib kelingan. 
Harakat tezkorligining ko‟plab shakllari mavjudligini va ularning o‟ziga xosligini 
e‟tiborga olib, bu atamasi so‟nggi vaqtlarda «tezlik qobiliyati» tushunchasiga 
almashtirildi. 
Tezlik qobiliyati - bu minimal vaqt oralig‟idagi sharoitda harakatlarning 
bajarilishini ta‟sdiqlovchi inson xususiyatlarining funkstional majmuasi. 
Tezlik qobiliyatining 
elementar va majmuaviy
shakllari mavjud. 
Elementar shaklga tezlik qobiliyatlarining to‟rtta turi kiradi. 
1. Berilgan xabarni tez sezish qobiliyati. 
2. Yuqori tezlikdagi harakatni yakka lokal bajarish qobili-yati. 
3. Harakatni tez boshlash qobiliyati (ba‟zida amaliyotda kes-kin bajarish 


142 
bilan ataladi). 
4. Harakatni maksimal sur‟atda bajarish qobiliyati. 
Hozirgi vaqtdagi yig‟ilib qolgan bir qator ilmiy omil-larning ko‟rsatishicha, 
bu qobiliyatlar ham murakkab tizimga ega. 
Elementar tezlik harakati maksimal sur‟ati tezlik qobi-liyatining yagona 
shakli deyish mumkin emas. Bunga harakatning yuqori sur‟at ko‟rsatkichlari 
orasidagi dastlabki holatning baja-rilishini, yukning har xil og‟irligi va ortiqcha 
og‟irliksiz harakat amplitudasi o‟zgarishlaridagi aloqaning yo‟qligi kabi omillar 
guvohlik qiladi. 
Maksimal sur‟atning yuqori ko‟rsatkichlari qo‟llarni oyoqlarga nisbatan, 
o‟ngni chapga nisbatan, distalni proksimalga nisbatan kuzatiladi. 
Tezlik paydo bo‟lishining elementar shakllari va boshqa qobi-liyatlari 
yig‟indisidagi majmuaviy texnika malakasi bilan ta‟-daqlanishi tezlik layoqatini 
jadal murakkab aktlarda ko‟rinishi alohida sport turlariga xosdir. 
Majmuaviy shakllarga taalluqli bo‟lgan holatlar: 
♦ startda maksimal imkoniyatlarcha bo‟lgan tezlikni olish qobiliyati. (start 
tezlik qobiliyati) sprinterga yugurishdagi start tezligini oshirish, kon‟kida yugurish 
va eshkak eshish sportida, futboldagi, sakrash, tennisdagi koptokni olish; 
♦ masofa tezligida yuqori darajalarga erishish qobiliyati (masofa tezlik 
qobiliyati) yugurishda, suzishda. 
♦ bir harakatdan boshqasiga tez o‟tishi qobiliyati. 
Tezlik qobiliyati darajasini rivojlantirish omillari:
1. Asab jarayonining harakatchanligi, ya‟ni asab markazining hayajonlanish 
holatidan tormozlanish holatidagi o‟tish tezligi. 
2. Turli mushak to‟qimalari egiluvchanligi va cho‟ziluv-chanligining o‟zaro 
munosabati. 
3. Ichki va o‟rta mushaklarning muvofiqlash samaradorligi.
4. Harakat texnikasining mukammaligi. 
5. Iroda fazilatlarini, kuchlarini, muvofiqlash qobiliyat-lari, egiluvchanligini 
rivojlantirish darajasi.
6. Mushaklardagi ATFning miqdori, uning resintezi va par-chalanish tezligi 


143 
(tiklanish). 
Tezlik qobiliyatlarining hosil bo‟lishi tashqi muhitdagi haroratga ham 
bog‟liq. Harakatning maksimal tezligi +20-22* haroratda kuzatiladi va +16da* 6-
9% ga tushib ketadi, shuning uchun inson tezlik qobiliyatlari o‟ziga xos 
xususiyatlarga ega.
Uncha baland bo‟lmagan tezlik masofasida yaxshi start tezkorligini 
egallagan holda, bir harakatni boshqasiga nisbatan sekin bajarish yoki buning aksi 
bo‟lishi mumkin. Bu bilimlarni o‟rganish amaliyot uchun foydalidir. 
Basketbolchilar, futbolchilar, tennischilar uchun start tezligi muhim bo‟lgan 
mashqlar tanlanadi. Asosiy diqqatni masofa bo‟ylab yugurishga emas, balki turli 
holatlarda start tezligining harakat yo‟nalishini tez o‟zgarti-rishga qaratiladi. 
Tezlik qobiliyatlarining alohida shakllari o‟rtasidagi nis-biy erkinlik harakat 
vazifalari yuqori tezlikka xatosiz erisha olmasligini ko‟rsatadi. 
Tezlik qobiliyatining to‟g‟ridan - to‟g‟ri ko‟chish harakatlari muvofiqlash - 
o‟xshashligida kuzatiladi.
Mashg‟ulotlardagi oyoqlarni bukish tezligi yadro uloqtirish-da, sprintercha 
yugurishda, joyidan turib sakrashda yaxshi natija-larni egallashda muhim 
ahamiyatga ega, lekin suzishda, boksda bu harakat ahamiyatsiz.
Tezlik qobiliyatining turli muvofiqlash harakatlardagi ko‟chishi jismonan 
zaif tayyorlangan sportchilarda kuzatiladi. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish