Yusupova nargiza shakirovna jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi


 Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlari



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/169
Sana14.07.2022
Hajmi3 Mb.
#793909
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   169
Bog'liq
kitob Jismoniy madaniyat3

9.2. Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlari 
Barcha jismoniy qobiliyatlarning yo‟naltirib rivojlanti-rilishiga xos qator 
qonuniyatlar mavjud. Ular tarkibiga quyida-gilar kiradi: 
I. 
Harakat – jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining etakchi omili. 
Qobiliyatlarning shakllanishida ham tug‟ma, ham atrof muhit omillari katta 
ahamiyatga ega. Biroq teng sharoitlarda jismoniy qobiliyatlarning rivojlanishida 
insonning ruhiy-fiziologik tabiatini takomillashtirishga qaratilgan harakat faolligi 
hal qiluvchi rol o‟ynaydi. Shuning uchun ham jismoniy mashqlar bilan 
shug‟ullangan kishilarda turli a‟zolar va tizim-larning morfologik hamda 
funkstional ko‟rsatkichlari, harakat tayyorgarligi umuman yuqori bo‟ladi. 
Organizmning funkstional va morfologik takomillashuvi uchun zarur omil sifatida 
faoliyat, mashqning ahamiyatini birinchi bor Jan Lamark ko‟rsatib bergan edi. 
O‟zining “Birinchi qonuni” bo‟lmish “mashq qonunini” tuzar ekan, u yozgan edi: 
“Biron-bir a‟zodan tez – tez va susaytirmay foy-dalanish asta-sekin shu a‟zoni 
mustahkamlaydi, rivojlantiradi, yiriklashtiradi va unga qancha muddat 
foydalanilsa, shuncha uzoqqa etadigan kuch ato etadi, a‟zodan muntazam 
foydalanmaslik esa uni sezdirmay zaiflashtirib qo‟yadi, tanazzulga olib keladi, 
izchil ravishda qobiliyatlarni toraytirib, oxir-oqibat uning yo‟qolib ketishiga sabab 
bo‟ladi”. Shu tariqa Jan Lamark tirik tabiatning umumiy qonunlaridan birini 
ifodalab berdi. Bu qonunning yana ham chuqurroq o‟rganilishiga keyinchalik P.A. 
Lesgaft, A.A. Uxtom-skiy, I.P.Pavlov, G.F.Folbort, N.N. Yakovlev va boshqalar 


106 
katta hissa qo‟shdilar. 
II. 
Qobiliyatlar rivojining harakat faoliyati rejimiga bog‟liqligi. Jismoniy 
qobiliyatlar ularning namoyon bo‟lishini-gina emas, ularni bajarishning muayyan 
rejimini ham talab qila-digan faoliyat jarayonida rivojlanadi. Rejim deganda, bir 
mashg‟u-lot yoki mashg‟ulotlar tizimi doirasida qandaydir jismoniy mashq-larning 
bajarilishi va ular orasidagi dam olish tushuniladi. Kerakli tartibni o‟rnatishda, eng 
avvalo, insonning ish qobiliyati-dagi bosqichlar tebranishi muhim ahamiyatga ega. 
Jismoniy mashq-larni bajarish jarayonida organizmning quvvat va funkstional 
zahiralari sarfi bilan bog‟liq holda ishchanlik qobiliyati dara-jasi pasayadi.
Dam olish chog‟ida (mashq tugatilgach) ishchanlik qobiliyatining tiklanishi 
yuz beradi. Inson organizmi bu vaqtda bir necha holat-larni: ishchanlik qobiliyati 
susaygan bosqichni; ishchanlik qobiliya-ti to‟la tiklangan bosqichni va, nihoyat, 
o‟ta tiklangan, ya‟ni ishchan-lik qobiliyati kuchaygan bosqichni bosib o‟tadi. 
Sanab o‟tilgan bosqichlarning har biri boshqa sharoitlardan tashqari, bajarilgan 
ishning xususiyatlari, shiddati va davomiyligiga bog‟liq bo‟lgan muayyan 
uzunlikka ega bo‟ladi.
Har bir keyingi mashq dam olishning qaysi bosqichida takrorlanishiga qarab, 
harakat faolligining uch asosiy rejimini ajratib ko‟rsatish mumkinki, ular jismoniy 
sifatlarning rivojlanishiga har xil ta‟sir ko‟rsatadi:
1-rejim: bunda darsdagi har bir keyingi mashq qisqa muddatli dam olish 
oraliqlari bilan, ya‟ni ishchanlik qobiliyati to‟la tiklanmagan bosqichda 
takrorlanadi. Ishchanlik qobiliyati-ning barcha ko‟rsatkichlari muntazam pasayib 
boradi. Ish va dam olishning bunday navbatlashish rejimi chidamlilikning rivoj-
lanishiga mosdir.
2-rejim: har bir keyingi mashq organizmning bir qancha funkstional 
ko‟rsatkichlarini faoliyat ko‟rsatishdan avvalgi dara-jaga qaytaradigan dam olish 
oraliqlari bilan, ya‟ni ishchanlik qobiliyati to‟la tiklangan bosqichda takrorlanadi. 
Bunday rejim tezkorlik, kuch va muvofiqlash imkoniyatlarini rivojlantirishga 
yo‟naltirilgan darslarga xos bo‟ladi. 
3-rejim: bunda har bir keyingi mashq ishchanlik qobiliyati ortig‟i bilan 


107 
tiklangan bosqichga mos keluvchi ancha uzoq muddatli dam olish oraliqlari bilan 
takrorlanadi. Bunday rejimda mashq takrorlangani sayin insonning harakat 
imkoniyatlarida xar tomonlama o‟zgarishlar kuzatiladi – mushak kuchi va tezkorlik 
oshib, chidamlilik pasayadi. 
Jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining bosqichliligi. Jismoniy qobiliyatlarni 
rivojlantirish dinamikasida – bir xil yuklamalarni uzoq muddat davomida, ko‟p 
marotaba baja-rishda – uchta nisbatan mustaqil bosqichni shartli ravishda ayirib 
ko‟rsatish mumkin: 
Birinchi – qobiliyatlarning rivojlanish darajasini oshi-rish; 
Ikkinchi – qobiliyatlarni rivojlantirishda maksimal ko‟r-satkichlarga 
erishish; 
Uchinchi – jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish ko‟rsat-kichlarining 
pasayishi; 
Birinchi bosqichda yuklama qo‟llash natijasida organizmda har tomonlama 
moslashtiruvchi o‟zgarishlar yuz beradi, ular harakat faoliyati xususiyatlari bilan 
bog‟liq jismoniy qobiliyatlarning o‟sishiga va funkstional imkoniyatlarning asta-
sekin kengayishiga sabab bo‟ladi. 
Ikkinchi bosqichda moslashtiruvchi o‟zgarishlar o‟sib borgani sayin standart 
yuklama organizmda tobora kamroq funkstional siljishlarga sabab bo‟ladi. Bu 
moslashtiruvchi jarayonlarning tur-g‟un adaptastiya bosqichiga o‟tganligidan darak 
beruvchi bir belgi-dir. Tegishli qobiliyatlarning namoyon bo‟lishi asosida yotuvchi 
tana a‟zolari va tizimlarining imkoniyatlari jiddiy tarzda kengayib boradi. Ularning 
faoliyatida tejamlilik va o‟zaro muvofiqlashuv kuchayadi. Bularning barchasi 
qobiliyatlarning maksimal darajada namoyon bo‟lishi uchun sharoit yaratadi. 
Uchinchi 
bosqichda 
mazkur 
yuklama 
organizmdagi 
funkstional 
imkoniyatlarning kengayishi tufayli moslashtiruvchi siljishlar-ni yuzaga keltirmay 
qo‟yadi, ya‟ni uning rivojlantiruvchi ta‟siri yo pasayadi, yoki umuman yo‟qoladi. 
Qobiliyatlar rivoji yana davom etishi uchun qo‟llaniladigan yuklamalarning 
xususiyatlari va maz-munini o‟zgartirish (boshqa mashqlar tanlash, ish shiddatini 
oshi-rish, uning davomiyligi yoki mashqlarni bajarish sharoitlarini o‟zgartirish), 


108 
shu tariqa jismoniy qobiliyatlar uchun yangi, yuqori-roq talablar qo‟yish zarur. 
Boshqacha aytganda, qobiliyatlar rivoji-ni go‟yoki birinchi bosqichga o‟tkazish 
kerak.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish