- Yusuf Xos Hojib tasavvuf gʻoyalariga, haqiqiy taqvo egalariga yuksak ehtirom bilan qaraydi, ammo jamiyat, xalq baxti uchun, Adolat tantanasi uchun oʻz umrini bagʻishlash uning bosh yoʻnalishi boʻlib qoladi. Uning suyukli qahramoni Oʻgdulmish – Aql va Bilim ega-si, umrini Adolat xizmatiga bagʻishlangan shaxsdir.
- “Qutadgʻu bilig” qahramonlari faqat toʻrt kishi emas, uning asari badiiy umumlashmalarni hayotdan uzib aks ettirgan deb boʻlmaydi. Doston hayot haqiqatlari bilan toʻlugʻdir. Unda oʻsha davr turmushining barcha qirralari, ikir-chikiri, ziddiyatlari oʻz ifodasini topgan. Yusuf Xos Hojib oʻz yuksak oʻy-xayollarini ajoyib timsollarda ifodalar ekan, hayotdan bir zum uzilmaydi, davr ziddiyatlaridan koʻz yummaydi, jamiyatdagi barcha tabaqa, toifalarga xos fazilat, qusurlar, ijtimoiy ahvolni aniq idrok qiladi. Uni bazan feodal-saroy qarashlariga tobe qilib koʻrsatishadi. Aslida bunday yanglish tasavvur Yusuf Xos Hojibning hayotiy zukkoligi, ijtimoiy aqli, tadbirkorligini notoʻgʻri talqin qilish oqibatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |