Savol-’’Qutag’du Bilig’’ asarida qancha qasida talqin etilgan. - Ikkinchi satrdagi kitobni jamlab, tugal qilgani haqidagi maʼlumot, uning baʼzi qismlari oldinroq alohida asar sifatida yozib, mashq qilingan boʻlishi mumkinligidan darak beradi. Masnaviy janrida yozilgan asar tarkibida vazn va qofiyalash usuliga koʻra undan farq qiluvchi ikki alohida qasida va 200 dan oshiq toʻrtlik mavjud boʻlishi ham behuda emas. Biz bu asarning tarkibiy qurilishidan kelib chiqib, uni shoir bir necha marta tahrirdan oʻtkazgan boʻlishi kerak deb, oʻylaymiz. Olimlar ham bu haqda xilma-xil taxminlar qilib kelishadi. Hozir bizning qoʻlimizga yetib kelgani oxirgi tahrir va xoqonga taqdim etilgan nusxadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |