Yusuf va Zulayho



Download 33,39 Kb.
bet1/2
Sana30.12.2021
Hajmi33,39 Kb.
#195810
  1   2
Bog'liq
qiyosiy adabiyotshunoslik MT Malika


Mavzu: Gyote ijodida Sharq mavzusi

Reja:


  1. Gyote hayoti va ijodi

  2. Yusuf va Zulayho” afsonasi Gyote talqinida

  3. Sharq mavzusi Gyote ijodida

Гёте Йоҳан Вольфганг (1749.28.8, Франкфурт-майн — 1832.22.3, Веймар) — немис ёзувчиси ва мутафаккири. Янги давр немис адабиётининг асосчиси. Ижоди 18-асрнинг 70—80-йиллари Германияда мавжуд бўлган «Бўрон ва ҳужум» адабий ҳаракатида иштирок этишдан бошланган. Шу даврда Гёте «Гец фон Берлихинген» (1773), «Прометей» (1773) каби драмалар ва лирик шеърлар яратди.
Гёте адабий фаолиятининг илк даврига мансуб «Ёш Вертернинг изтироблари» (1774) романи ўша давр немис адабиётида катта воқеа бўлди. Асарда илғор немис ёшлар авлодининг ижтимоий фожиаси ўз аксини топган. 1786—88 йилларда Гёте Италияга сафар қилади. Шу даврда у «Ифигения Тавридда» (1779— 81), «Эгмонт» (1788), «Торквато Тассо» (1780—89) каби драмалар ёзади. «Шеърият ва ҳақиқат» автобиографик китоби (1811—33), «Вильхельм Майстернинг ўқиш йиллари» (1793—96), «Вильхельм Майстернинг дарбадарлик йиллари» (1821—29) романларида инсон билан жамият ўртасидаги муносабат масаласи акс этган. Гёте Шарқ мамлакатлари тарихи, маданияти, адабиётини чуқур ўрганади, Фирдавсий, Фаридиддин Аттор, Румий, Низомий, Саъдий, Ҳофиз, Жомий каби шоирлар ижоди билан танишади. Бу пайтда Ибн Сино, Улуғбек, Алишер Навоий ижодларидан намуналар немис тилига таржима қилинган эди. Гёте «Мағрибу машриқ девони»ни (1814—19) Шарқ шеъриятидан илҳомланиб ёзган. Девон «Муғаннийнома», «Ҳофизнома», «Ишқнома», «Тафриқнома», «Ранжнома», «Ҳикматнома», «Зулайхонома», «Темурнома», «Соқийнома», «Маталнома», «Форсийнома», «Хулднома» каби 12 бўлимдан иборат. Девонда «булбул», «ҳур», «фатво», «муғанний», «муфти», «тилсим», «мирзо», «дарвеш» каби сўзларни аслиятда қўллайди.
Гётенинг «Фауст» фожиаси (1768—1832) жаҳон адабиётидаги шоҳ асарлардан ҳисобланади. Бу асар Гётенинг бутун ижодий фаолияти давомидаги изланишларининг самараси бўлди.
Гёте фалсафа, ҳуқуқшунослик, ботаника, геология, геодезия соҳаларига оид асарлар ҳам яратган.
Гёте шеърларини ўзбек тилига таржима қилиш 20-асрнинг йигирманчи йилларидан бошланган (Чўлпон, Ойбек, Шайхзода ва б.). Кейинчалик Гётенинг «Фауст» (Эркин Вохидов таржимаси, 1972—75), «Мағрибу машриқ девони» (С. Салим Бухорий таржимаси, 1985—90), «Ёш Вертернинг изтироблари» (Я. Эгамова таржимаси, 1975) каби асарлари ўзбек тилида нашр этилган.
Гёте ижоди ҳақида ўзбек адабиётшунос ва танқидчилари (В. Зоҳидов, И. Ғафуров, О. Оллоберганов, Я. Эгамова, Пошали Усмон угли ва б.) адабий-танқидий макрлалар ёзишган. Германиянинг маърифий-маданий тадқиқотлар олиб борувчи нуфузли маркази Гёте номи билан аталади. Гёте институтининг филиаллари жаҳоннинг 78 мамлакатида, шу жумладан Тошкентда ҳам фаолият кўрсатмоқда

Jahon san’ati nuqtai nazaridan turib yozuvchi ijodini o‘rganish hozirgi zamon adabiyotshunosligining eng samarali yo‘nalishlaridan biridir. Yozuvchining jahon adabiyotiga kirishi uchun birinchi mezon, eng avvalo, o‘zi mansub milliy madaniyatdagi o‘rni, ijodining olamshumul ahamiyati, mahorat darajasi, umumbashariy muammolarni badiiy hal eta olgani, shuningdek, turli mamlakatlar tadqiqotchilarini uning asarlariga murojaat etishi kabi muammolar bilan bog‘liqdir.

Milliy madaniyat — bu o‘z ichki intizomi bilan tarixiy jihatdan uzviy yuzaga kelgan bir butunlik. Adabiyotlararo munosabatlar milliy adabiyotni yanada umumiyroq tarixiy adabiy tizim bilan bog‘lab turadi. Shekspir, Dante, Navoiy, Hofiz, Bayron, Gyote, Pushkin, Dostoyevskiy singari ijodkorlar yaratgan durdonalar faqat o‘z milliy adabiyotlarining mulkigina emas, balki jahon adabiyoti xazinasiga mansub durdonalardir.

Iogann Volfgan Gyote (1749-1832) “Faust” va “G‘arbu Sharq devoni” kabi olamshumul durdona asarlar muallifi. U nemis adabiyotining vakili bo‘lishi bilan birga umuminsoniy adabiyotning ham yorqin timsolidir. Gyote ijodi serqirra, boshqa adabiyotlar uchun katta badiiy qimmat kasb etadi. Shuning uchun ham adabiyotlararo munosabatlar jihatidan qunt bilan o‘rganilmoqda. Masalan, adabiyotshunoslikda aytiladiki, 19-20-asr rus yozuvchilari uchun Gyote nemis adabiyotining tajassumi hisoblanib, har doim kuchli va teran xayrixohlikka sabab bo‘lar edi. Gyote ijodini Pushkin, Lermontov, Tyutchev, Fet, Bryusov, Blok kabi ko‘plab rus adiblariga ta’sirini e’tirof etish zarur.

Gyotening vatani Veymar shahrida umumbashariy madaniyat durdonalari qatorida Pushkin haykali qad ko‘tarib turibdi. 1824 yili aynan Pushkin do‘sti Kyuxelbekerga yozgan xatida: “…Gyote va Shekspirni afzal ko‘raman”, — degan so‘zlarni aytib o‘tgan.

Germaniyada 20 yildan ko‘proq yashagan, zamondoshlari “tafakkur shoiri” deb atagan yana bir rus shoiri F. Tyutchev ham nemis mutafakkirlari asarlarini chuqur his qilgan. “Gyotedan” deb nomlangan o‘z badihalarida u gyotecha ramziy olamni gavdalantirishga, uning badiiy tafakkuri va uslubining g‘ayrioddiyligini, falsafiy teranligini, badiiy ruhiyatini aks ettirishga intilgan va “G‘arbu Sharq devoni”dan “Hijra” she’rini tarjima qilgan edi. Gyote vafot etgan 1832 yilda shoirning “Insoniyatning baland daraxtida…” she’ri paydo bo‘ldi. Akademik V. Jirmunskiyning fikricha, Tyutchev uni Gyotega bag‘ishlab yozgan. She’rda nemis shoirining ulug‘vor qiyofasi “buyuk qalb bilan” gavdalantiriladi.

18-asr oxirida rus madaniyati va adabiyotida boshlangan Sharqqa qiziqish 19-asrda o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqadi. L. Tolstoy ijodida ham sharq mavzui eng muhim yo‘nalish bo‘lib qoladi. M. Dmitriyev, A.Fet, V.Veresayev kabi yetuk ijodkorlar “Devon”dan parchalar tarjima qiladilar.

20-asrning “rus fausti” deb nom olgan shoir A.Blok o‘z ijodida gyotecha ramzlar va usullardan foydalangan. U Gyotening buyukligini uning “sirli ikkiligi” bilan bog‘liq, deb hisoblagan. Zero, Gyotening o‘zi ham: “Mening asarlarimni o‘qi. Men o‘zim ikkilikda yagonadirman”, — deb yozgandi.

Gyote ijodiyotini o‘rganishda jahon adabiyoti hayotiy sharoit hisoblanadi. “Jahon adabiyoti” tushunchasini Gyote birinchi marta 1827 yilda tavsif etadi, bu paytda Gyote estetikasida jahon badiiy jarayonini anglash ancha yuqori darajaga ko‘tarilgan edi. 1829 yilda shoir jahon adabiyoti haqidagi risolasi ustida ishlay boshlaydi, ammo afsuski, adabiyot nazariyasi, ham g‘arb, ham sharq milliy adabiyotlarining u yoki bu muammolariga bag‘ishlangan ulkan asar Gyotening ko‘plab qoralamalari, lirik mushohadalari va qaydlari holida qolib ketdi. “G‘arbu Sharq devoni”da, xususan, uning nasriy qismida qimmatli fikrlar va kuzatuvlar mavjud. Ular asosan jahon madaniyatining ajralmas qismi sifatida Sharqning adabiy-estetik va ma’naviy boyligini yuksak baholashga qaratilgan.

Ekkerman bilan 1827 yil 31 yanvardagi suhbatida Gyote shunday deydi: “She’riyat – insoniyat boyligi va u hamma joyda ming-minglab odamlarda namoyon bo‘lishiga tobora ko‘proq amin bo‘lmoqdaman… Shu bois men boshqa millatlarda nima borligini zavq bilan kuzataman va har kimga ham shunday qilishni tavsiya etaman. Milliy adabiyotning endi unchalik ahamiyati qolmadi. Endi Butunjahon adabiyotiga gal keldi…”

Gyote g‘arbda birinchilardan bo‘lib, Sharq — bu umumbashariy tarix va madaniyatning eng muhim tarkibiy qismi deb e’lon qildi. Uning zamirida yangi xayolotlarni jonlantirish va uyg‘otish, o‘zining milliy ahamiyatini aniqlab olish uchun ijodkorga zaruriy ulkan, kuchli boyituvchi an’ana yashiringan. “G‘arbu Sharq devoni”ning noyobligi shundaki, u na faqat ulkan axborot-bilish mazmuni bilan, balki undan-da muhimroq bo‘lgan chinakam sharqona ma’naviy-she’riy ma’no bilan to‘ldirilgan. Bu teran badiiy-tafakkur ijod namunasi, muallif buyuk Gyotening haqiqiy ma’nodagi dastlabki ulug‘vor mehnati natijasidir.

G‘arbu Sharq devoni”ning yaratilish tarixi. Gyote sinchkovlik bilan ta’kidlab aytgan ediki, “G‘arbu Sharq devoni” — bu mustahkam qad ko‘targan ehrom gumbazi, garchi u turli janrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lsa-da, mustahkam qad ko‘tarib turibdi.

Bu ehromga olib boruvchi shoir yo‘li og‘ir va murakkab edi, asarning nasriy qismi va sharqnomalar, shuningdek, Gyote va zamondoshlari xotiralari shundan guvohlik beradi. Nasriy qismning so‘nggi maqolasi “Nihoyat, hammasi mustajob bo‘ldi!” deb ataladi. U juda ham samimiy va ayni damda kamtarona so‘zlar bilan boshlanadi: “O‘tmishdagi qadimiy Sharqni eng yangi va gullab-yashnab turgan xotira bilan qay darajada bog‘lay oldik, bu haqda xolisona, lutfan hukm chiqarish do‘stlar va bilimdonlarga” tan.

Gyotening “G‘arbu Sharq devoni” birinchi bor 1820 yilda chop etilgan edi. Ammo ish hali davom etardi, 1827 yilda ikkinchi, kengaytirilgan nashri paydo bo‘ldi. Dastavval “Devon” “G‘arbu Sharq devoni yoxud mudom Sharqqa mos keluvchi nemis she’rlari to‘plami” deb atalgandi. Yana bir qancha nomlari bor edi. Faqat oxirgi, o‘ninchi nomi muallifni qanoatlantirdi: “G‘arbu Sharq devoni”. O‘n ikki kitob. “G‘arbu Sharq devonining eng yaxshi nusxasiga maqollar va izohlar”.

Gyote Sharqqa yoshligidan qiziqardi. U idish (yahudiy tili)ni o‘rganadi, Injilni o‘qiydi, diniy rivoyatlarni fikridan o‘tkazadi, xayolan Misr va Falastinda bo‘ladi, sharq xalqlari xulq-atvori, odamlar, liboslari to‘g‘risidagi kitoblarni o‘qiydi.

1811 yilda Gyote hind adabiyotini, Vedalarni, Sonner, Jonson tadqiqotlarini, “Gita Govinda” parchalari tarjimalarini o‘rganadi va ularni to‘la tarjima etishni orzu qiladi. 1814 yilda noshir I.F. Kotte Hofizning I. Hammer tarjimasidagi ikki jildli nashrini Gyotega sovg‘a qiladi. Hofiz nomi kundalikda 1814 yil 6 iyulda birinchi marta tilga olingan. Gyote shu damgacha Hofiz g‘azallarini yakkam-dukkam o‘qigani va uning she’riyati haqida to‘la tasavvur hosil qilmagan edi.

1815 yilda Sharq bilan shug‘ullanish davom etadi. Gyote sharqshunos tarixchi, Hofiz va sharq she’riyati tarjimoni I.Hammerning olti jildli “Sharq xazinalari” yirik nashrini o‘qiydi. Prussiyaning Istanbuldagi sobiq elchisi, baron fon Ditsning ikki jildli sharqshunoslik ilmiy ishini katta qiziqish bilan o‘rganadi. Bundan tashqari ro‘yxati bir necha betni egallaydigan boshqa ko‘plab kitoblarni mutolaa qiladi.

“Annola” maqolasida (1815) Gyote yozadiki, Hofizning turli jurnallarda chop etilgan alohida tarjimalari uni sira o‘ziga tortmasdi, biroq endi “Sharq xazinalari”da Hofizni o‘qib, u qattiq ta’sirlandi va bu qudratli taassurot yuki uni butunlay yanchib tashlashidan xavotirga tushadi.

Gyote o‘z yozmalarida qayd etganidek, “Sharq havosidan nafas olish uchun” tilga, yozuvga, uning xususiyatlari va bezaklariga murojaat qildi. 1816 yilda Hammer va Dits ishlarini o‘rganishda davom etdi. Gyote qayd etadi: “Hamma joyda Sharqning toza havosidan dimog‘im chog‘ bo‘lardi”. Gyote sharq operasi syujetiga qoralamalar qila boshladi, biroq bu ish oxiriga yetmay qoldi, chunki uning yonida hammaslak – bastakor yo‘q edi.

1817 yilda Gyote sharq tillarini o‘rganadi, xattotlik bilan shug‘ullanadi, ruh texnikasi sohasidagi bu sa’y-harakatlar “Devon”ning ko‘plab she’rlariga ta’sir ko‘rsatadi. Qur’oni Karim suralaridan Gyote qo‘li bilan bajarilgan ko‘chirma nusxalar saqlanib qolgan.

Bu vaqtda Gyote “otashin muhabbat namunasi sifatida” “Layli va Majnun”ni sayyohlar Petro della Ville Taverne, Shardenlarning allaqachon o‘rganib bo‘lingan ilmiy ishlarini qayta-qayta mutolaa qiladi. Taniqli sharqshunoslar Silvestrde Sasi, Lorebax bilan muloqotlar bir zum to‘xtamaydi. “Devon”ni yaratish barobarida yuzaga kelgan ko‘plab savollarga Dits javob qaytaradi.

1818 yilda sharqshunos Mixaelisning “Arab sarfu nahvi”ni o‘rganadi, taniqli frantsuz sharqshunosi Anketil Dyuperronning “Qadimgi forslarning diniy urf-odatlari” kitobini, Bidpan (ya’ni “Kalila va Dimna”) masallarini, Freytagning arab qo‘shiqlarini mutolaa va mushohada qiladi. “Devon” ustida olib borilgan ishda Hammerning “Fors mamlakati nafis odob san’ati tarixi” (Vena, 1818) ni mutolaa qilish ayricha ahamiyat kasb etdi, bu kitob o‘rta asr fors she’riyatining o‘ziga xos bayozi edi.

“Devon” ustidagi ish jadal borardi. Oz vaqt ichida shoir talay she’rlar bitdi. “G‘arbu Sharq devoni” uchun yozilgan dastlabki she’r Hofiz yo‘lida insho etilgan “Yaralish va turilish” bo‘lgan edi, deb hisoblashadi. Avvalboshdanoq Gyote “Devon”ni bir butun deb e’tirof etgan va o‘zining bo‘lajak asari tuzilishini puxta o‘ylab olgan. Asar ustidagi ish nihoyasiga yetgunga qadar u o‘zidagi qandaydir badiiy nuqsonlarga nisbatan talabchanlikni his qilib turgan. “Devon” ustida ishlash muallifga ulkan ijodiy qoniqish bag‘ishlaydi. U qandaydir yangi va misli yo‘q bir ish qilayotganini anglab turardi, G‘arbiy Yevropa va Nemis badiiy an’analarini Gyote uchun umrbod jozibador va bitmas-tuganmas hisoblangan boy sharqona estetik tajribasi bilan yo‘g‘irib yuborishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Gyote ta’siri ostida nemis adabiyotida F. Ryukkertning “Sharq gullari” (1822), Avgust Platenning “Devon” yaratilishiga bag‘ishlab yozgan “G‘azallar” to‘plami dunyoga keldi. Biroq Gyotedan farqli o‘laroq, Platen sharq madaniyatini o‘rganishga mukkasidan ketmadi. Natijada u “o‘zga” olam ichiga teran ijodiy kirib bora olmadi. Gyote bu to‘plamga taqriz yozdi, mazmunning yuzakiligini, uslubning dabdabaliligini ta’kidladi, undan unchalik hayajonga tushmaganini aytdi. Taqrizda yengil kinoya ohangi ifoda etilgan.

Gyote uchun sharq madaniyatini anglash — bu qiyin, ko‘p qirrali va ayni vaqtda yoqimli, sevimli jarayondir. Uni na jo‘g‘rofiy, na etnik-ijtimoiy-psixologik, na diniy cheklovlar tashvishga soladi, aksincha, bular unga huzur bag‘ishlaydi. Ijodiy jarayonga hamkorlik qilgan dalillar to‘g‘risida gapirar ekan, Gyote ta’kidlaydiki, ular baxtiyorlik tuyg‘usining jonlanishiga va tobora kuchayib borishiga imkon beradi, sof tuyg‘uga ega bo‘lgan har odam “Devon”ni mutolaa qilganida xuddi shunday kayfiyatga beriladi” .

Darhaqiqat, “Devon”ni o‘qir ekansiz, shunday bir kutarinki his tuyg‘ular, teran falsafiy-estetik mushohadalar muhitiga g‘arq bo‘lasizki, bunday muhitda shoir ham, uning o‘quvchisi ham o‘zini tom ma’noda baxtli his etadi.

G‘arbu Sharq devoni”ni ilmiy o‘rganish. Gyotening “G‘arbu Sharq devoni” jahon madaniyatida qariyb ikki yuz yildan buyon yashab kelmoqda. Ammo shu vaqtgacha bu noyob asar ikki xil milliy-adabiy-estetik tizimning o‘zaro suhbati o‘laroq, o‘quvchilari va tadqiqotchilari oldida o‘zining barcha sir-asrorini teran ochib bergan, deb dadil ayta olmaymiz. 1968 yilda taniqli rus sharqshunosi N.Konrad shunday savol bergan: “Gyotening G‘arbu Sharq dostoni mashhur va o‘rganilgan, biroq nemis shoirining Sharqqa nisbatan na faqat uning o‘z ijodiy bibliografiyasidagi g‘oyat jiddiy vaqtda, balki yangi Yevropa adabiyoti uchun ham haddan tashqari jiddiy bo‘lgan bir vaqtda murojaat qilganining o‘zi yetarli darajada baholanganmi?”

Afsuski, fan bu savolga hanuz uzil-kesil javob qilgani yo‘q. Dastlabki taqrizlardan birini Gyotening zamondoshi, sharqshunos, “Devon” ustidagi ish jarayonida shoirning maslahatgo‘yi bo‘lgan Kozegarten yozgandi. Uning kuzatishlari alohida qimmatga ega. Shuni ta’kidlash kerakki, nemis fani “G‘arbu Sharq devoni”ga katta e’tibor berib kelayotir, bu haqda nemis olimlari ishlarining A.Mixaylov maqolasida ilova qilingan bibliografiya guvohlik beradi.

Rus adabiyotshunosligida “Devon”ga u qadar ko‘p e’tibor berilmaydi. V.Jirmunskiyning “Gyote rus adabiyotida” risolasida (1937) “G‘arbu Sharq devoni” tilga olib o‘tiladi xolos, ammo adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etilmaydi. L.Kessel va I.Braginskiy ishlarida “Devon” diqqat markazida tursa-da, tadqiq etilmagan muammollar shundayicha qolavergan.

Ayrim mamlakat va shaharlarda Gyote ijodini o‘rganish bo‘yicha jamiyatlar mavjud (mas. Frantsiya, Rossiya, Gruziya, Qozog‘iston, Moskva, Sankt-Peterburgda). Ularda nemis shoirining asarlari bilan bog‘liq ko‘plab muammolar ko‘rib chiqiladi. Ammo “G‘arbu Sharq devoni” xoh germanshunoslik, xoh sharqshunoslik, xoh turkshunoslik bo‘lsin, hali o‘z tadqiqotlarini kutmoqda.



G‘arbu Sharq devoni”da Sharq timsoli


Download 33,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish