Yusuf Amiriyning «dahnoma»



Download 1,19 Mb.
Sana16.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#379706
Bog'liq
Dahnoma


Taqdimot

Sattorova Dildora

TAYYORLAGAN

Yusuf Amiriyning «DAHNOMA» asari

Reja


1.Noma janrining ilk ildizlari

2.«DAHNOMA» asarining kompozitsion tuzilishi

3.«DAHNOMA»da iohiy ishq tavsifi

Sharq , xususan , o’zbek mumtoz adabiyotida turli munosabatlar bilan yozilgan noma ( maktub , xat ) lar mavjud . Ular mavzu – tematikasiga ko’ra bir biridan o’zaro farqlanadi . Masalan , adabiyot tarixida « noma » deb ataluvchi tarix , memuar , sayohat yoki janglar ta’rifi haqidagi asarlar yaratilgan ( « Zafarnoma » ,

« Boburnoma » , « Shayboniynoma » singari ) . Lekin ularda « noma » atamasi o’zgacharoq vazifani bajaradi . Masalan , « Zafarnoma » – zafarli jangovar harakatlar haqidagi asar , « Shohnoma » – shohlar tarixi haqidagi badiiy asar .

« Sayohatnoma » – turli sayohatlar va sarguzashtlar tafsiloti haqidagi asar ,

« pandnoma » –nasihat o’gitlar to’plami va hokazo . Aslida , « noma » oshiqning ma’shuqaga yo’llangan maktublari tarzida yozilganligi tufayli ana shunday nom bilan atalgan . Shu bilan birga noma mumtoz adabiyotda sezilarli mavqega ega bo’lmish liro – epik janr hamdir . Tadqiqotimiz manbai bo’lgan « Muhabbatnoma » , « Latofatnoma » , « Dahnoma » .

« Taashshuqnoma » singari asarlar ana shu janr namunalaridir

O’zbek nomachiligining eng taraqqiy etgan davri XIV – XV asrlarga to’g’ri keladi . Bu davrda Xorazmiyning « Muhabbatnoma « , Xo’jandiyning « Latofatnoma « . Yusuf Amiriyning « Dahnoma « va Sayyid Ahmadning « Taashshuqnoma « kabi asarlari yuzaga keldi . Bu asarlarning muqoyasali tahlili o’zbek nomachiligining tarixi , shakllanish jarayoni , o’ziga xos janr xususiyatlari haqida fikr yuritish imkonini beradi . Noma janrida yaratilgan asarlarni tadqiq etish jarayonida uning badiiyati . G’oyaviy – falsafiy xususiyatlarini to’g’ri baholay bilish uchun tarixiy shaxs va romantik obrazlar davri , shuningdek , hayotiy voqelikni nisbatan haqqoniy tasvirlangan davr singari bosqichlarda o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi . Ayniqsa , muallifning har bir nomadan so’ng o’ziga xos qissadan hissa chiqarishi , ya’ni nasr va nazmning sinkretik uyg’unlikda kelishi , bundan ko’zda tutilgan maqsad masalalarini ilmiy tekshirish ham yangicha ilmiy – nazariy xulosalar chiqarishga turtki beradi . Shu tarzda noma janrida yaratilgan asarlarga adabiy badiiy manba sifatida yondashishga asos yaratiladi

Noma janri o’z xarakteriga ko’ra ikki guruhga ajraladi :


  • Katta epik asarlar tarkibidagi nomalar . ( Yuqorida aytganimizdek , Faxriddin Gurgoniyning „ Vis va Romin „ , Nizomiyning „ Xusrav va Shirin „ , Xusrav Dehlaviyning „ Shirin va Xusrav „ , Alisher Navoiy asarlari tarkibidagi nomalar shular jumlasiga kiradi )

  • 2. Masnaviy yo’lida yozilib , maxsus ishq – muhabbat mavzusidagi nomalardan tashkil topgan asarlar . ( Avhadiyning „ Dahnoma „ , Xoja Kirmoniyning „ Muhabbatnomai sohibdilon „ , ibn Imodning „ Dahnoma „ asarlari ) .

Nomachilikda lirik tasvir bilan epik ifodaning uyg’unlashib borishida XV asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan Yusuf Amiriy « Dahnoma « sining ahamiyati alohidadir . « Dahnoma « shoir ijodida muhim o’rin tutadi . Amiriy bu asari orqali o’zbek nomachiligini yangi bosqichga ko’tardi . Bu asar Shohruh Sultonning katta o’g’li Boysung’ur mirzoga atab yozilgan . Asar muqaddimasi va xotimasida Boysung’ur mirzoga qasidalar bag’ishlangan . Amiriy o’z nomasini yaratishda ko’proq Nizomiyga ergashadi . Asar oxiridagi ushbu misralar ham buni tasdiqlaydi : Nizomiydek ishin bedardu ranj et

Aning « Dahnoma » sin « panj ganj » et .

«Dahnoma » ning tuzilishi . Amiriyning « Dahnoma » asari nomachi lik an’analariga rioya qilingan holda yozilgan . Bu noma ham Tangri ga hamd , Payg’ambarga na’t , Boysung’ur Mirzoga qasida , soʻngra bir she’riy hikoyat , kitobning yozilish sababi , yo’lda bir sohibajolga ro’baro boʻlgani , munosabatning boshlanishi va mahbubning noma yozgani va nihoyat , oshiq va ma’shuqaning o’nta nomasidan iborat .

Tangriga hamd bobida Tangri insonni tuproqdan yaratib , olti kunda olamni yaratgani , Nahid ( Zuhro ) yulduzini – cholg’uchi , Bahrom ( Mars ) sayyorasini – botir qilganini , Mushtariy ( Yupiter ) sayyorasini – ilm is higa yuborganini , Tir ( Merkuriy ) sayyorasini – kotib qilganini aytadi . Payg’ambarga na’t bobida esa Muhammad a.s.ni elchilik taxtining egasi , mamlakatlarning to’lin oyi , Haq taolo uni ulugʻlik martabasi uc hun yaratganini va boshqa ko’p sifatlarini aytadi . Bu bobda diqqatni jalb qiladigan yana bir hodisa – xolasi Umuxonning bashoratiga ko’ra , oti Buroqqa minib , to’qqiz qavat osmondan oshib o’tadi va farishtalar bilan uchrashadi , Aqso masjidiga yuz buradi , toʻqqiz qavat osmondan oshib , Tangrining ovozini eshitadi va h .

Mazkur nomalarda asosan , oshiq obrazi yaratilib , bu obrazning hayot va insonga , xususan , ma’shuqaga bo’lgan qarashlari , munosabatlari , kechinmalari fonida ma’shuqaning tavsifiy obrazi yaratiladi . Shuning uchun ham bu asarlarda lirik tasvir kuchli bo’lib , epik holat ikkinchi planda bo’ladi .



« Dahnoma « ning har bir nomasida oshiqning maktubidan so’ng , ma’shuqaning maktubi keltiriladi . Bunday usul har bir nomani mustaqil asar sifatida talqin qilishga imkon beradi . Qolaversa , muallif ham shu maqsadni ko’zlagan bo’lishi mumkin . Shu tariqa « Dahnoma « ning tuzi lishida o’ziga xoslik yuzaga kelgan . « Dahnoma « ning o’ziga xosligi faqat shu bilan belgilanmaydi . Bi rinchi noma sabo mahbubaga yetkazgan noma voqealariga bog’langan va qolgan nomalar ham oʻzaro bog’liq , voqealar rivojidagi uzluksizlik « Dahnoma « ni , xuddi doston singari , yaxlit tasavvur qilishga imkon bera di . Shu bois bu nomada epik syujet bor deb aytish mumkin .
Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish