Yurust faoliyatida nutq madaniyati va huquq Nutq madaniyati yoki so’zlashuv madaniyati


Nutq madaniyati yoki so’zlashuv madaniyati



Download 33,58 Kb.
bet4/5
Sana26.02.2022
Hajmi33,58 Kb.
#468700
1   2   3   4   5
Bog'liq
YURUST FAOLIYATIDA NUTQ MADANIYATI

Nutq madaniyati yoki so’zlashuv madaniyati.
Nutq madaniyati tushunchasini til madaniyati va so’zlash madaniyati tushunchasiga ajratish tilshunoslikda izchillikka ega emas. Umuman, bu ikki tushuncha, asosan, birga yoki qorishtirilgan holda nutq madaniyati yoki til madaniyati termini bilan yuritilmoqda. Demak, bu holda til madaniyati termini nutq madaniyati terminiga ekvivalent bo’lib kelmoqda. Shu sababli ham, biz nutq madaniyati nomi bilan umumiy tarzda yuritilayotgan tushuncha (hodisa)dagi ikki holatni - til madaniyati va nutq, ya’ni so’zlash madaniyatini farqlash tarafdorimiz. Nutq madaniyati tushunchasi va termini keltirilgan ikki hodisa uchun umumiy tasavvur va umumiy nom tarzida tushunilishi mumkin. Xo’sh, til madaniyati tushunchasi nima?
Til madaniyati tushunchasi nutq madaniyati sohasida til sistemasining o’zini, masalan, o’zbek adabiy tilining vosita va imkoniyatlarini, «madaniylashtirishni» ko’zda tutadi. Demak, til madaniyati termini bilan ataluvchi tushuncha til sistemasining madaniylik darajasini, ya’ni uning qanchalik ishlanganligi, normalanganligini ko’rsatadi»14. Aytilganlardan anglashilayaptiki, garchi til madaniyati va nutq madaniyati tushunchalari tilshunoslik atamasi sifatida bir-birlaridan farqlansa ham, aslida ularning birini ikkinchisidan ajratib bo’lmaydigan, biri ikkinchisini taqozo qiladigan tushunchalardir. Nutq madaniyati aniq ma’noda til birliklarini nutq jarayonida qo’llashning me’yori, maqsadga muvofiqligini anglatsa ham, umumiy ma’noda ma’lum millatning umumtil madaniyati doirasida qaraladi. To’g’ri, nutq lingvistik va ekstralingvistik omillarni o’z ichiga oladigan murakkab jarayon bo’lib, u mantiq, psixologiya, pedagogika, etika, estetika masalalari bilan ham bog’liq. Ammo nutq uchun tilning birinchi darajada turishini hyech kim inkor etmaydi va u har bir millatning madaniyatini o’zida aks ettiradi.
Garchi til birliklarini me’yorlashtirish, hamma uchun tushunarli bo’lgan bir qolipga keltirish umuman tilshunoslikning vazifasi bo’lsa ham, u nutq madaniyati sohasining xizmatlarini inkor etmaydi. Nutq madaniyati tilda ma’lum me’yorga keltirilgan til birliklarining nutqda qo’llanish shart-sharoitlarini, qonuniyatlarini nazariy jihatdan asoslaydi hamda bu me’yorga amal qilishni ma’lum ma’noda nazorat ham qilib boradi. Nutqdagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni tugatishning eng ma’qul yo’llari ko’rsatib turiladi. «Nutq madaniyati ijtimoiy fan sifatida keng plandagi til tarbiyasini va ommaviy stilistik savodlilikni, boshqacha aytganda, so’zlovchi yoki yozuvchi omma orasida til haqidagi fanning hozirgi zamon yutuqlarini tatbiq etishni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi»15.
Shuning uchun ham oliy davlat ta’lim standartlarida filologiya va boshqa fakultetlarida, jumladan huquqshunoslik fakultetida alohida kurs sifatida o’qitilayotgan «Nutq madaniyati» predmetining vazifasi nutq madaniyati haqida atroflicha tushuncha berish, uning nazariy asoslari va muhim belgilarini o’rgatish, mutaxassislik doirasida uni amaliyotga tatbiq etish yo’llarini ko’rsatib berishdan iboratdir. Navbatdagi gap til madaniyati va nutq madaniyati tushunchalarining huquq sohasida amal qilishi xususida. Huquqiy soha va yurisprudensiya amaliyotda tilga katta ehtiyoj sezadigan yo’nalish hisoblanadi. Bu, ayniqsa, keyingi o’n yillikda alohida ahamiyat kasb etdi. Chunki mustaqilligini qo’lga kiritgan O’zbekiston Respublikasi o’z taraqqiyoti va rivojlanishining yangi bosqichida huquqiy-demokratik tamoyillarga asoslangan fuqarolik jamiyati qurish yo’lidan bormoqda. Ijtimoiy hayotning barcha yo’nalishlarida qonun ustuvorligini ta’minlanishi asosiy vazifa qilib qo’yilmoqda. Ustuvorlik ma’lum ma’noda bu qonunlar va ularning ijrosi bilan bog’liq bo’lgan hujjatlarning mukammal bo’lishini taqozo qiladi. Bu mukammallik esa, o’z navbatida, ularni O’zbekiston xalqi va davlati manfaatini himoya qiluvchi huquqiy asos bilan birga, ularning til jihatdan ham puxta bo’lishni keltirib chiqaradi. Mana shu ehtiyoj o’zbek tili rasmiy uslubi doirasida alohida bir til – yuridik tilni vujudga keltirdi. Ammo yuridik til qandaydir bir maxsus til emas. U ham o’zbek adabiy tilining tarkibiy qismi sanaladi. Ammo huquqshunoslik sohasida til vositalaridan foydalanishning shunday bir tizimi vujudga keldiki, bu o’z navbatida yuridik til, huquqiy til atamalarini keltirib chiqardi. Huquq va til tushunchalarining o’zaro bog’liq jihatlarini o’rganish masalalarini o’rtaga qo’ydi. Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov asos solgan mamlakatimiz taraqqiyotining besh tamoyilidan biri – qonun ustuvorligini ta’min etish o’z navbatida huquqiy madaniyat va savodxonlikka oid qator masalalarni belgilab berdiki, tilni o’rganmasdan turib ularni hal qilib bo’lmaydi. Huquqiy, yuridik tilning o’ziga xos xususiyatlarini, uning umumxalq madaniyati, huquqiy madaniyat doirasida amal qilish imkoniyatlarini chuqur o’rganish bu soha mutaxassislarining bilim va malakasi, ma’naviyati va madaniyatining yanada yuksak bo’lishiga ko’maklashadi. Ammo bugungi kunda o’zbek nutqi madaniyatini yuqori darajaga ko’tarish uchun olib borayotgan ishlarimiz talablar darajasida deb ayta olmaymiz. Mavjud kamchiliklar tildan huquq sohasida foydalanishni ham qiyinlashtirmoqda. Mutlaqo yangicha bir ish yuritishni taqozo etayotgan mustaqillik sharoitida yuridik hujjatlarga bo’lgan talab va mas’uliyat shu darajada kuchaydiki, bu ona tilimizni har qachongidan ham chuqur o’rganishni taqozo qilmoqda. Sobiq Ittifoq davrida bu vazifani rus tili o’z zimmasiga olgan bo’lsa, endi o’zbek tili respublikamizning davlat tili hisoblanadi. Hayotga tatbiq etilayotgan har bir huquqiy-me’yoriy hujjat ana shu tilda tayyorlanadi. Bu hujjatlarda noaniq yoki o’rinsiz ishlatilgan har bir so’z yoki ibora uning mazmuniga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bu esa huquqshunoslik tizimida ishlaydigan mutaxassislardan til ilmini boshqalarga qaraganda bir qadar puxta o’rganishni taqozo etadi. Ona tiliga doir bilimlarning asosiy qismi o’rta yoki o’rta maxsus ta’lim jarayonida egallansa, u oliy ta’limda yana davom ettiriladi. Huquqshunoslik yo’nalishidagi oliy ta’lim beruvchi muassasalarda «Yuristning nutq madaniyati» predmetining o’qitilishi qisman bo’lsa-da, ana shu muammoni hal qilishga qaratilgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, o’zbek tili va uning rasmiy uslubi doirasida shakllangan yuridik til garchi umumtil va rasmiy me’yorlariga bo’ysunsa ham, ayni paytda, o’ziga xos leksik-grammatik xususiyatlariga ega. Boshqacha aytganda, bu sohaning ko’p yillar davomida shakllangan o’z terminologik tizimi mavjud.
______________________________
Fozilov. Nutq madaniyatining ba’zi – bir nazariy masalalari. «Nutq madaniyatiga oid masalalar» to’plami, Toshkent, 1973 -yil.
Xulosa
Hozirdagi amalda bo’lgan yuridik til va uslubda ularning an’analari qisman mavjud bo’lsa-da, aslida tubdan farq qiladi. Chunki huquqiy manbalarning asosiy qismi dunyo miqyosida amal qilayotgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar, sud presedenti, huquqiy odat, huquqiy doktrina, jamoat va xalqaro tashkilotlarning me’yoriy aktlari va xalqaro shartnomalar ko’rinishidagi zamonaviy andozalarga moslashgan. Shundan kelib chiqib, yuristning huquqiy madaniyati, jumladan huquqiy-nutqiy madaniyati oldiga qo’yiladigan talablarni ham ana shu ikki jihatni mujassam qilgan an’anaviy va zamonaviy tajribalar umumlashmasi doirasida tushunishimiz to’g’ri bo’ladi.
Yuridik til madaniyatining shakllanishiga jamiyat rivoji bilan birgalikda yurisprudensiya va til taraqqiyoti ta’sir o’tkazadi. Chunki huquqiy hayotda sodir bo’layotgan barcha o’zgarishlar eng avvalo tilda, binobarin yuridik matnlar tilida o’z aksini topadi. Qonunlar, farmonlar, qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar, yo’riqnomalar va boshqa shakldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar uchun umumiy me’yorlar bo’lishi bilan birga, tildan foydalanishda o’z me’yorlari ham mavjud. Ularning har biri o’z shakli va mazmuniga ega. Shuning uchun ham o’zbek yuridik tilining amalda bo’lish xususiyatlarini rasmiy uslub doirasida taguslub (podstil) sifatida o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi. 


Download 33,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish