Yurust faoliyatida nutq madaniyati va huquq Nutq madaniyati yoki so’zlashuv madaniyati



Download 33,58 Kb.
bet3/5
Sana26.02.2022
Hajmi33,58 Kb.
#468700
1   2   3   4   5
Bog'liq
YURUST FAOLIYATIDA NUTQ MADANIYATI

Nutq madaniyati va huquq  .

. Huquqqa oid munosabatlar tizimida muloqot strategiyasi va taktikasi. 


Tayanch soz va iboralar: huquq, til, faoliyat shakllari, ehtiyoj, ifoda vositalari, nutq, voqyelanish, nutqning turlari, og’zaki va yozma nutq, nutqiy madaniyat, nutq sifati, nutq mazmuni, kommunikativ maqsadi, muloqotning xususiy shakllari, muloqotdagi an’anaviylik, dialogik va monologik nutq. 
Tabiat va jamiyat mahsuli bo’lgan inson, ayni paytda, ularning oliy namunasi ham sanalib, olamni narsa va predmet shaklida, voqyea va hodisa tarzida miyasida aks ettiradi, idrok qiladi, fikrlaydi. Bu jarayonda muhim vosita hisoblangan tilning ahamiyati g’oyatda muhimdir. Shuning uchun ham til va tafakkurni bir-biridan alohida tarzda tasavvur qilib bo’lmaydi. «Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo’lmaganidek, til ham tafakkursiz bo’lmaydi»41.
Tilning inson uchun fikrlash vositasi bo’lishi, moddiy asos sifatida xizmat qilishi uning amalda bo’lishidagi birinchi bosqich hisoblanib, ikkinchi bosqichda fikr, tafakkur mahsuli reallashadi, ya’ni u miyadan tashqariga chiqadi. Shunday qilib, ikkinchi bosqichda til kommunikativ – aloqa vazifasini bajarishga kirishadi.
Material maqomida turgan til muomala vositasiga, nutqiy jarayon quroliga aylanishi bilan uning imkoniyat doirasi ham kengayib boradi. Bu holni uchinchi bosqich deb atash mumkin. Bosqichlar soni ortib boravergani sari tilning ijtimoiylik mohiyati ham ochilib boraveradi. Inson nutqiy faoliyatida kommunikativ vazifani bajarayotgan til ko’magida suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum axborot ham yetkaziladi. Demak, tilga bo’lgan munosabatda to’rtinchi bosqich yuzaga keladi.
Til insonlar o’rtasida aloqa vositasi bo’lishi, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar to’g’risida xabar berishdan tashqari suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum ta’sir o’tkazish, hissiyotini qo’zg’atish kuchiga ham ega. Agar bu holatni shartli ravishda beshinchi bosqich deb ataydigan bo’lsak, ta’kidlaganimizdek, tilning bosqichma-bosqich takomillashib, mukammalashib va imkoniyatlari ham asta-sekinlik bilan kengayib borishini kuzatamiz.
Mana shu o’rinda tilning hyech bir imkoniyati nutqsiz, nutqiy jarayonsiz amalga oshmasligi, yuzaga kelmasligiga ham amin bo’lamiz. «Til va tafakkurning birligi nutqda o’z ifodasini topadi. Nutq og’zaki va yozma holda mavjud bo’lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya’ni hissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bo’lib qoladi»5.
Ma’lum bo’ladiki, til nutqning o’ta muhim unsuri sifatida aloqa, xabar, ta’sir etishdek, shu bilan birga, imkoniyatlari nihoyatda kengayib borishi natijasi o’laroq kishilik jamiyati to’plagan tajriba va bilimlarni kelajak avlodlarga yetkazishdek ulug’vor ijtimoiy vazifani bajaradi.
O’z shakllanishi va rivojlanib borishi davomida uzoq tarixiy yo’lni bosib o’tadigan til asta-sekinlik bilan bo’lsa-da, takomillashib ham boradi. Bu holni uning ichki qurilishida, amalda bo’lish qoidalarining ma’lum bir tizimga kela borishida kuzatamiz. «Ichki qurilish nuqtai nazardan til ma’lum miqdordagi bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan til birliklarining yig’indisi va ana shu birliklardan foydalanish qoidalaridan tashkil topgan murakkab sistemadir»6 Tilning takomillashib borishi va nutq jarayonidagi bosqichlarini taniqli tilshunos olimlar H.Ne’matov va R.Rasulovlar sistem tilshunoslik «til-me’yor-nutq» tarzida ajratishini ta’kidlashib, qayd qiladilarki, «til bevosita kuzatishda berilmagan. U jamiyat a’zolarining ongida mavjud bo’lib, ularning barchasi uchun tayyor, umumiy, majburiy bo’lgan, fikrni shakllantirish va uni ifodalashga xizmat qiladigan birliklar va ularning o’zaro munosabatlari haqidagi tasavvurlar yig’indisi sifatida qaraladi.
Nutq tilning namoyon bo’lishi, ro’yobga chiqish, voqyelanish shakli bo’lib, u bevosita kuzatishda berilgan, moddiy (tabiiy, fizik) shaklga egadir.
Me’yor (norma) - til birliklarini nutqning u yoki bu ko’rinishida ishlatish qonuniyatlari va imkoniyatlari bo’lib, ular jamiyat tomonidan belgilangan va aniqlangandir»7. Anglashilayaptiki, til va nutq material va uning voqyelanishi nuqtai nazaridan boshqa-boshqa tushunchalar bo’lish bilan birga, ular bir-birlarisiz mutlaqo yashay olmaydi ham. Me’yor esa ularning yashash tarzini belgilaydi.
Jamiyat taraqqiyoti bilan insonlarning tilga bo’lgan ehtiyoji ham o’sib boraveradi. Bu ehtiyojlarni qondirish zarurati esa o’z navbatida tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi tabiatini, mohiyatini, vazifasini o’rganishni taqozo qiladi.
Bunda ma’lum tilning iste’molchisi bo’lgan xalq, bu xalq yashagan va yashab kelayotgan tarixiy sharoit, uning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyo-qarashi, urf-odatlari singari qator omillarni ham e’tiborda saqlab turish lozim bo’ladi. Chunki inson faoliyatining muhim qismi sanalgan tilni va uning o’ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini ana shunday qurshovda o’rganishgina atroflicha xulosalar chiqarishga ko’maklashadi. Shu bilan birga, til hodisalarini, uning me’yoriy jihatlarini tadqiq etishda milliy xususiyatlarni hisobga ____________________________

  1. Fozilov. Nutq madaniyatining ba’zi – bir nazariy masalalari. «Nutq madaniyatiga oid masalalar» to’plami, Toshkent, 1973 -yil.

olmaslik ham mumkin bo’lmaydi. O’z ona tili - barcha o’ziga xosligi bilan shakllangan tili bo’lgani uchun ham u millat sanaladi. Shunday ekan til tarixini, uning me’yoriy nuqtai nazardan shakllanish jarayonini, ko’lamini millat tarixidan ajratib olib o’rganib bo’lmaydi.


Tilning yozma va og’zaki me’yorlarini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismi sifatida qaraladi. Shuning uchun ham me’yor masalalarining nutq madaniyati doirasida o’rganilishi bejiz emas, albatta. «... nutq madaniyati problemasining o’rganilishi ... ikki aspektga ega deyish mumkin: birinchisi, o’zbek adabiy tili normalarini, imkoniyat doiralarini yanada silliqlash, stabillash bilan bog’liq bo’lgan nutq madaniyati problemalari; ikkinchisi esa o’zbek adabiy tilidan bu tilda gapiruvchi jamiyat a’zolarining (hatto konkret shaxslarning) to’g’ri, izchil hamda namunali foydalana olishlari uchun yordamlashishi bilan aloqador bo’lgan nutq madaniyati problemalari»8.
Xo’sh, nutq madaniyati nima? Ana shu savolga javob berish ushbu mavzuning asosiy maqsadi sanaladi.
Savolga javoblarni bu sohaning mutaxassislari bo’lgan olimlarning asarlaridan topamiz. Masalan, S.I.Ojegov: «Yuqori nutq madaniyati nima? Yuqori nutq madaniyati – bu o’z fikrlarini til vositalari bilan to’g’ri, aniq va ta’sirchan qilib bera olishdir. To’g’ri nutq deb esa hozirgi adabiy til me’yorlariga rioya qilib tuzilgan nutqqa aytiladi. Ammo yuqori nutq madaniyati faqatgina me’yorga rioya qilishdangina iborat emas. U fikrni ifodalashning aniq vositasini izlash bilan birga, birmuncha ta’sirchan va maqsadga muvofiq vositalarni topish uquvini ham o’z ichiga oladi»9. L.I.Skvorsov: « «Nutq madaniyati» tushunchasi bir tomondan nutqning adabiy til me’yorlariga mos kelish darajasini bildirsa, ikkinchi tomondan, tilshunoslik fanining madaniyat quroli bo’lgan adabiy tilni mukammallashtirish maqsadida me’yorlashtirish muammolari bilan shug’ullanuvchi sohasidir»10.
Ma’lum bo’ladiki, nutq madaniyati, agar masalaga til nuqtai nazardan qaraladigan bo’lsa, bu, eng avvalo, nutqning to’g’riligi demakdir. Ikkinchidan esa, u uslubiy jihatdan silliq bo’lishi kerak, ya’ni unda noaniqlikka, ikkima’nolilikka, uzundan-uzoqlikka yo’l qo’yilmasligi, qisqalik, soddalik va aniqlik bu nutqning asosiy o’lchovi bo’lishi lozim. Keng ma’noda esa nutq madaniyati nutqiy ta’sirchanlikni, ijodiy yorqinlikni, o’tkirlik va obrazlilikni ifoda etadi.
Shu sohaning yirik bilimdoni prof. E.Begmatovning qayd etishicha, ma’naviyatimiz tarixida «nutq odobi» deb yuritib kelingan qoidalar uning ko’hna tarixga ega ekanligidan dalolat beradi. XX asrning 20-30-yillarida boshlangan «… «til qurilishi» nomi bilan atalgan ulkan lingvistik va sosial madaniy tadbirlar o’z ichiga o’sha davr tillari rivoji uchun eng zaruriy, hayotiy masalalarni qamragan edi. Chunonchi, yangi adabiy til uchun dialektal bazani belgilash, yozuvsiz tillar uchun alfavit yaratish, ba’zi noqulay alifbolarni boshqa ilg’orroq hisoblangan alfavit bilan almashtirish, adabiy tilning imlo prinsiplarini ishlash, orfografiyadagi kamchiliklarni tugatish, adabiy tilning morfologik va leksik normasidagi ikkilanish va barqarorlikni ilmiy asosda bartaraf etish, hali deyarli qo’l urilmagan juda ko’p xalqlarning adabiy tillarini o’rganish va ularning grammatikasini yaratish, millatlarning o’z ona tillarida o’quv-o’qituv ishlarini olib borishlariga imkoniyat yaratish, milliy adabiy tillarning o’z ilmiy terminologiyasini yaratish, milliy tillardagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni o’rganish, ularning yangi yozuv grafikalarini tuzish va boshqalar.
Tilga olingan bu masalalarning barchasi milliy adabiy tillarning shakllanishi va rivoji uchun xizmat qiladi. Bunday shakllanish va rivojlanish piravordida tilning adabiy normalarining (orfografik, orfoepik, fonetik, morfologik, leksik, sintaktik, stilistik normalarining) stabillashuvi, o’suvini ko’rsatadi. Masalaga mana shu tomondan yondashilsa, yuqorida sanab o’tilgan masala, tadbir va choralarning o’zi nutq madaniyati problemasining tarkibiy qismi ekanligi ravshan bo’lib qoladi»11.
Demak, yuqorida ta’kidlaganimizdek, nutq madaniyati bilan shug’ullanish o’zbek tilshunosligi fani taraqqiyotining barcha bosqichlarida o’rtaga qo’yib kelingan. Ammo uning alohida soha sifatida o’rganish obyekti qilib olinishi keyingi o’n yilliklarning mahsulidir. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida tilshunosligimizda nutq madaniyati alohida fan sifatida nazariy asosga qo’yildi, ilmiy o’rganish usullari ishlab chiqildi, u bilan aloqador bo’lgan tushunchalarga, jumladan «til madaniyati» tushunchasiga aloqadorlik masalasi hal etildi.
Bu sohaga bag’ishlab yozilgan ishlarda tushunchaning ta’rifiga oid yana quyidagi izohlarga duch kelamiz: « a) nutq madaniyati bir tilda to’g’ri so’zlash va yozishdir; b) nutq madaniyati fikrni sodda, aniq va tushunarli ifodalashdir; v) nutq madaniyati tilning tasviriy va obrazli vositalaridan unumli, o’z o’rnida foydalana bilishdir; g) nutq madaniyati nutqning qisqaligi, ixchamligi, aniqligi, milliyligidir; d) nutq madaniyati nutqning sodda, barcha uchun tushunarli bo’lishidir…»12. Bu gaplarning barchasi to’g’ri. Ammo ular masalaning amaliy tomoni bo’lib, o’z nazariy asoslarini ham ishlab chiqishni talab etadi. Bu haqda E.Begmatov quyidagilarni yozadi: «…nutq madaniyati sohasi o’z o’rni va fandagi mavqyeini to’la egallashi uchun u nazariy jihatdan asoslangan bo’lishi lozim. Birinchidan, bu tushunchaning til hodisasi va ilmiy problema sifatida tarixi yoritilmog’i kerak. Ikkinchidan, nutq madaniyati sohasini o’rganuvchi asosiy obyekt bo’lgan til hodisasi aniqlanishi kerak. Uchinchidan, nutq madaniyatining ilmiy-tadqiqiy obyekti bilan bog’liq problemalar belgilanishi lozim. To’rtinchidan esa, nutq madaniyatini o’rganish aspektlari (lingvistik va ekstralingvistik) chegaralanishi zarur»13. Olim «Tilshunoslikning muhim sohasi» (1973), «Nutq madaniyati tushunchasi haqida» (1975), «Nutq madaniyati mezonlari» (1976), «O’zbek nutqi madaniyati masalalari» (1980), «Notiqning nodir boyligi» (1980), «Adabiy norma va nutq madaniyati» (1983), «Nutq madaniyati ocherklari» (1988), «O’zbek nutqi madaniyati asoslari» (1992), «Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari» (1992), «Adabiy norma nazariyasi» (1997, 1998, 1999) kabi asarlarida o’zi o’rtaga qo’ygan masalalarni ma’lum ma’noda ijobiy hal qilib berdi.
___________________________
Nazarov. Nutq madaniyatiga oid masalalar, Toshkent, 1973 -yil.


Download 33,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish