Yurust faoliyatida nutq madaniyati
Hozirda yaratilayotgan ko’plab qonunlar ma’lum lingvistik izohlarni talab qilmoqda. Ammo biz bunga tayyormizmi? Tayyor bo’lganimizda edi, taniqli huquqshunoslarimizning o’zlari qonunlarning ko’pchiligi hozirda avval rus tilida yozilib, keyin o’zbek tiliga tarjima qilinishi faktini keltirmas edilar.
«Islohotlar doimo qonunlarning o’zgarishiga sabab bo’lgan, shu bilan birga huquqiy til rivojlanishiga turtki bo’lgan. Biron bir so’zni noto’g’ri ishlatish, jumlaning noto’g’ri tuzilishi, tinish belgilarining xato qo’yilishi tufayli qonun chiqaruvchi soha singari og’ir oqibatlarga olib keladigan ijtimoiy faoliyatning boshqa biror sohasini topish kiyin bo’lsa kerak». «…huquqiy islohot va u bilan bog’liq bo’lgan qonun hujjatlari sonining shiddat bilan ko’payishi amaliyot talabiga ko’ra, hayot bilan chambarchas bog’langan yuridik «til»ning nazariy modelini – «andozasini» ishlab chiqish, til va huquqning o’zaro ta’siri va bir-birini taqozo qilishining barcha omillarini o’rganishni dolzarb muammolar qatoriga qo’yadi». - deb yozadi A.Saidov2.
Jamiyatimizga barcha kasbdagi kishilar va ularning mehnati kerakligini hyech kim inkor etmaydi. Ammo har bir millat dunyo ilmi va madaniyatida ona tili bisoti bilan qanchalik faxrlana olishi mumkinligini ham chuqur anglaymiz. Binobarin, til - ma’naviyat ko’zgusi, ma’rifat chirog’i, bilim kaliti ekan unga hyech qachon ikkinchi darajali narsa deb qaray olmaymiz. Yuridik til muammolari bo’yicha tadqiqotlar olib borayotgan Sh.Ko’chimovning ma’lumot berishicha, AQShning Illinoys va Chikago universitetlarida, Angliya, Shvesiya kabi davlatlarning oliy yuridik ta’limi tizimida huquqshunos kadrlarning til tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratilishi, har bir talaba maxsus til tayyorgarligidan o’tishi, til fani bilan bog’liq «Nutq o’rganishga kirish», «Yuridik nutq», «Sud notiqligi», «Sudda nutq so’zlash
_________________________
Nosirov. Nutq madaniyati va davr. Nutq madaniyatiga oid masalalar, Toshkent, 1973 -yil.
va haqiqat muammolari», «Yozma nutq», «Ommaviy muomala nutqi», «Siyosiy nutq», «Ijtimoiy nutqiy muomala», «Bayonnomalar (protokollar) tahlili», «Nutq maktabi» kabi 45 dan ortiq maxsus o’quv kurslari mavjud3.
Huquqshunoslik yo’nalishidagi ta’lim tizimida o’qitiladigan «Yuristning nutq madaniyati» kursi talabalarga ana shu muammolarning yechimini topishda yordam berishga, yuridik til sirlarini, qonun-qoidalarini, nutqiy madaniyat ko’nikmalarini o’rgatishga qaratilgan. Tilshunoslar va huquqshunoslar hamkorligida yaratilgan ushbu ish ilk urinishlardan bo’lganligi tufayli unda kamchiliklarning bo’lishi tabiiy. Ular haqida beg’araz fikr-mulohazalarini bildirgan hamkasblarimizga oldindan minnatdorchilik izhor etamiz. .
Do'stlaringiz bilan baham: |