"Bobolarim orzusi bugun amalda"
O'bekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yillik bayram shodiyonasiga bag'ishlangan tanlovi __ meni beixtiyor ortga bir nazar tashlamoqlika undadi.
Bobolarim orzusi bugun amalda.
1990 - 1991 - yillar barcha besaranjom.Qayta qurish degan xar xil mish -mishlar,gap -so'zlar yurardi.
O'sha yillarni eslasam,ortga bir nazar tashlasam,o'ta bilimsiz ekanligimizdan allaqanday qobiq ichida yashaganimiz yaqqol ifoda etganligini payqab qolasan kishi.
Chunki oddiy xalq fikri xech kimni qiziqtirmas edi.Orzularingiz,ollox bergan istedod xaqida esa bir so'ochmasangiz xam bo'ladi.
Olloximga ming bora,bexisob durudlar yuborsak xam kam.
Ota bobolarimiz orziqib kutgan kunlarga etdik.
Mustaqil ona vatanimiz gullab yashnasin.
Vatan seni kuylayin deb, qo'lda olurman qalam,
Baran xaqingda kuylasam,dilimda qolmagay alam.
Xapriqadi yuragimey vatanim jonajonim,
Bir bayt ichra qolib ketsin seni deb jonajonim.
Davlatimiz ilk mustaqillikka erishgan pallalar edi.Biz to'rt nafar farzandlarimiz bilan yosh oilalar qatorida turamiz.Magazinda oziq - ovqatlar ro'yxat bilan tarqatilar edi.
Xudi yosh oilani etishmovchiligi singari bizga xam etishmovchiliklarni bartaraf qilish va xalqimizni sarosimaga tushurmasdan birinchi prezidentimiz tomonidan xalqimizga fermer xo'jalik tashkil etildi.Xalqimiz bir yoqadan bosh chiqarib odamlar extiyoliga qarab uy - joy uchun xatto teraklar ekildi.G'allalarni telejkalarga ortib xaltalab tarqatishardi.Denov qishloq maxalla raisi Komil Nazirov xam satil o'lchov g'alla tarqatib xalqimizni xotirjamligini taminlaganlar sirasrga kiradi.Etiborli odil xukumatimizga qoyil qolganim xuddi front orti singari spirtli ichimlik ro'zg'ordagi yoshiga qarab yuz gramdan o'lchab berilardi.
Farzandlarimiz kanfetni unutib qo'ygandi.Unlar xamma oziq - ovqatlar odam boshiga qarab o'lchab berilardi.Xalq hunarmandchiligi qadimdan rivojlanganligi o'z isbotini ko'rsatdi.
Xar soxada rivojlanishlar asta sekin o'z isbotini ko'rsatdi.Qo'li gul xunarmand xalqimiz o'zini -o'zi taminladi.O'z pul mablag'larimizga ega bo'lgunimizga qadar oylik maoshi tushurilgan daftarchadan foydalangan edik.
Bayramlarimiz ketma - ket ko'payaverdi.Xalq sayllari tiklandi.
O'z uying o'lan to'shaging degan oddiygina arzimas so'z zamirida eng ulug' bebaxo nemat Batan nashidasini taminlovchi nemat yotibdi.
Shukrona
Boyo'g'li shaq - shaqlab vaxima solar,
Chigirtka chirillab oxista tinar.
Sandalning chetida bo'lardik inoq,
Bizga xamrox edi qadrdon chiroq.
Bugun kuchga to'ldi qutlug' zamona,
Shunday kunga etdik ming bor shukrona.
Xotiralar qoldi yoshlik chog'lardan,
Qushoyoq,otquloq tergan bog'lardan
Qoqigul,chuchmoma sochga toqardik,
Turnalar o'tganda maftun bo'lardik.
Sakrashardik goh toychoq,goxo jayrona,
Shunday kunga etdik ming bor shukrona.
Chanqovuzni chalib berardi onam,
Mexribonim,mushfiq,yolg'iz yagonam.
Go'ro'g'li,Alpomish,G'arib,Shoxsanam
Dostonidan kuylar chslib dam - badam,
Bu kun Xumo boshim uzra parvona,
Shunday kunga etdik,ming bor shukrona!
Ota - bobolarimiz orzulari ushalib,
Vatandoshlarimiz o''zligini anglab etmoqda.
Yurtimiz tobora yuksalib,obro'etiborga erishmoqda.
Farzandlarimiz qatori biz xam davlatimiz tomonidan qo'llab,quvvatlanmoqdamiz.Ushalmay qolgan orzularimiz sari samarali mexnat qilayapmiz,ijod
Erka vatanim
Sen kuchlarga to'lgan yuragim,
Senga bo'lsin borliq tilagim.
O'zing jonim ,ko'zim ,qarog'im,
Gul - gul bo'lib ochilgan bog'im.
Bolam kabi erka vatanim,
Tazimdaman senga vatsnim.
Seni desam har dam yashnayman
Qalb qo'rimda seni asrayman.
Men madxingni dildan so'ylayman
Quchog'in yayrab,kuylayman.
O'tmishingga bir nazar tashlab,
Ertak aytdim ko'ximni yoshlab.
Chiroyingga bugun maxliyo.
Maftun bo'lib boqmoqda dunyo.
Xar bir gulgun chexralarda sen,
Xar baxtiyor davralarda sen.
Ko'klarga ko'taray opichlab,
Kaftimda suv,tutsam xovuchlab.
Bolam kabi erka Vatanim,
Tazimdaman senga Vatanim.
Qashqadaryo Viloyat Kasbi Tuman Madaniyat markazi
qoshida tashkil etilgan "Kulol shodasl' folklor etnografik
ansambli xalq jamoasi badiiy raxbari Moxira Ergashova
Do'stlaringiz bilan baham: |