Yurtim kamoliga mening xissam



Download 17,97 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi17,97 Kb.
#268479
  1   2
Bog'liq
Yurtim kamoliga mening xissam


"Yurtim kamoliga mening xissam"

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga

bag'ishlab o'tkazilayotgan tanlov uchun.

Yurtim kamoliga mening hissam.

Men Kasbi Tuman Denov qishlog'ida 1963-yil 6-oktyabrda ona zamin oppoq qor ko'rpasiga burkangan kunlarning birida dunyoga kelgan ekanman.

Bolalik davrim ancha qiyinchiliklar bilan o'tdi,olti yoshimda onamdan,o'nyetti yoshimda otamdan ayrilib ,bolalik davrim xam ancha qiyinchiliklar bilan o'tgan.Tyrmush qurganimdan keyin

dardi bedavo kasallikka uchrab o'nbir yil to'shakka mixlanib yotib qolganman.Shu erda xar xil arzimas baxonalar bilan ajrashib ketayotgan yosh oila vakillariga turmush o'rtog'im sabr bilan shu to'rt nafar farzadlarimizni o'ylab,meni dardimga shifo berishligini kutib yashaganliklarini namuna sifatida aytib o'tishimni joiz deb bildim.

Xudo shifo beraman desa qo'lida ekan.Sog'lom fikrlarim bilan odamlar safiga qo'shildim.Yoshligimdan sheriyatga,sanatga qiziqaman.Bir kuni oilamiz bilan suxbatlashib otirgandik,televidenie orqali mashxur xalq artisti Og'abek Sobirov jozibador qo'shiq boshlab qoldi.Ushbu qo'shiqqa nabiram Mushtariybonu bilan raqsga tushdim.Shunda beixtiyor orzularim ushalmasdan qolib ketayotganligini va shuncha istedodim bilan dunyodan o'tsam tuproqqa eltib qo'yasizlarmi deb yig'lab yubordim.Shunda turmush o'rtog'im, momosi

mana davlatimiz mustaqilligi sharofati bilan barcha imkoniyatlar berilayapti,tayyorgarligingni ko'r farzandlarimizni uy - joy qilib bo'ldik seni orzularing ushalishi ushun yordam beraman dedilar.Ijodiy ishlarimning birinchi baxolovchisi turmush o'rtog'im.

Yo'l bering.

Saxnalarda iloxiylik yo'lin so'ylay,yo'l bering,

Yuragimda orzularim,shula sochgan yo'l bering

Mustaqil ozod elimda,shunday erkin zamonda,

Ushalmagan orzularim,kurtak otsin yo'l bering.

Ellik ikki yoshga to'lib,yurakkinam zavqla jo'shib,

Ozod yurtim osmonida,parvoz etay yo'l bering.

Yurtim kamoliga xissa qo'shishni men eng oliy darajadagi burchim deb bildim.Orzularim ushalishi yo'lida izlanishlar olib bordim.

Davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarni ko'rib ko'nglimga bir olam quvonch yaralbi.Qadriyatlarimiz,urf-odatlarimiz xalk og'zaki ijodi

qo'shiqlari,marosimlari o'z mahalliy hududimizga xos ananalarimizni saqlab qolish,kelgusi avlodlarimizga meros qoldirish maqsadida kashtali,quroqli liboslarimizni zamonaviy naqshlar uyg'unligiga jilo berib, yoshlarimiz tomonidan paranji,kashtali ko'ylaklarni kiyib kelin bo'layotganlarida maxliyo bo'lib ofydalanishlarini taminladim.O'z xududimizga xos allalar,yor - yorlar,o'lanlarimiz xalq og'zaki ijodi qo'shiqlarimizni keksalarimizdan yozib olishga muvaffaq bo'ldim.

Yoshligimizda zotim zot - o'zim xonozod deya cho'pdan ot yasab minib ko'cha changitib katta bo'ldik.Ushbu noyob ikki og'z qadrli durdonalar yo'qolib ketmasligi uchun bolalarga xos sher yozdim,naqoroti esa ....


Zotim - zot

Mani zotim Amur Temur qonidan,

Yaralganman tabiatni qonidan.

Bobolarim ulug'sarkarda o'tgan,

Jannatmakon vatanni xadya etgan.

Qutlug' karvon yo'lda chalgan burg'ular,

Jonday aziz tengsiz ajdod urug'lar.

Qarchig'ay qush bilan do'st bo'lib yurgan,

Sarkorlarim o'tgan cho'qchi xam mergan.

Surpa yozgach momom el-ulus to'ygan,

Bobom qirq kecha tong katta to'y bergan.

Ko'pkari kurashda mardlar bellashib.

Pirlar maydonidan tavox toy bergan.

Chiniqib bilagim kuchlarga to'lsin,

Qardosh xalqlar do'stim mexmonim bo'lsin.

Jaydari ot minib javlon uramiz,

Yurtboshimga sodiq qalqon bo'lamiz.

Zotim - zot,zotim - zot o'zim xon ozod,

Ulug'bobolarim ruxi bo'lsin shod.

Deya bolalik xotiramda muxrlangan xalq og'zaki ijodini farzandlarimizga yod oldirib kelayapman. Yrtboshimiz tomonidan yaratilgan besh tashabbus loyixasi bo'yicha deyarli barcha maktablarda targ'ibotchi sifatida birinchilardan bo'lib uchrashib suxbatlar olib bordim.Tadbirlarda ishtirok etdim va farzandlarimiz xamma tomonlama istedod egalari ekanligining guvoxi bo'lganman.Izlanishlarim davomida maftuningman"kinofilmidagi voqeliklari singari uyma - uy yurib qo'shni qishloqdagi istedod egalari bilan suxbatlar olib borib orzulari sari quvonch bag'ishlaganman.

Folklo jamoamda etti yoshdan,etmish yoshgacha saralab olingan istedod egalari faoliyat olib bormoqda.Respublika bo'ylab barcha bayramlarda,festivallarda xalq og'zaki qo'shiqlaridan baxramand etib kelayapmiz.Qadimda ota bobolarimiz liboslariga qarab qaysi xududdan ekanliklarini faxmlaganlar.

Men xam izlanishlarim davomida o'z xududimizga xos yantoq,cho'l chayoni,isvan,qyshoyoq o'simliklari naqshlari tushurilgan liboslarini yo'qolib ketmasligiga va ona vatanim tarixini boyitilishiga o'z xissamni qo'shdim.Chunki Respublikamiz bo'ylab tanlovlarda bo'lganlarida quroq liboslarimizni so'raganliklsrini aytishgan.Ayniqsa quroq liboslarimizni naqshlarini birma -bir ko'zdan kechirib sanat asari deya tarif berishgandi .Xududimizga xos maxalliy liboslarimiz jamlanmasini izlab topganligimdan shu izlanishlarim tufayli ; - "Yurtim kamoliga mening xissam"degan arzigulik shirin taasurotlar bilan bayramlar tuxfasi,xamda tabrigi taqdim .

O'zbekistonim

Kechmishlaring qatra qonimda,

G'ururimsan tanda jonimda.

Tilsimlaring ocholmas xech kim,

Sinoating men bugun ochdim.

Sulton Mirxaydar Kulol otam,

Dilim yayrar etsam ziyorat.

Uchta gumbaz sardoba ko'rdim,

Xashamarlu katta imorat.

Yoshim ellik beshni qarshilab ,

Suratingni chizdim naqshlab.

Rayxon taqib xar qulog"imga,

Yayrayapman o'z qishlog'imga.

Qashqadaryo Viloyat Kasbi Tuman Madaniyat Markazi

qoshida tashkil etilgan "Kulol shodasi" folklor etnografik ansambli

xalq jamoasi badiiy raxbari Moxira Ergashova

Turopivnaning______Qashqadaryo Viloyat Kasbi Tuman xokimligi,Respublika Manaviyat va marifat Kasbi Tuman bo'linmasi tomonidan o'tkazilayotgan tanlov uchun.


Download 17,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish