Юртбошимиз ташаббуси билан ташкил этилган уч босқичлик спорт ўйинлари ёшларимиз доимо орзиқиб кутадиган катта байрамга айланиб улгурди


Gandbol bo’yicha to’garak mashg’ulotlarining vazifalari va vositalari



Download 134,74 Kb.
bet8/10
Sana25.02.2022
Hajmi134,74 Kb.
#462163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Gandbol bo’yicha to’garak mashg’ulotlarining vazifalari va vositalari

5. Gandbol bo’yicha to’garak mashg’ulotlarining vazifalari va vositalari
Mashg‘ulotlarning darsdan tashqari shakllari mashg‘ulotni o‘tkazish usullari.
Darsdan tashqari mashg‘ulotlarning ko‘ngilli, erkin bo‘lishi va xar bir o‘quvchi o‘zining jismoniy tayyorgarlik darajasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zini ko‘rsatishi zarur. O’qituvchining pedagogik maxorati darajasi ko‘proq darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etganda bilinadi. Agarda, shu mashg‘ulotlarga o‘quvchilarni qatnashishlariga yaxshi bo‘lsa, demak o‘qituvchi, murabbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish metodi, usuli ularni tashkil tishni biladi. Jismoniy tarbiyani uzluksiz faoliyat jarayoniga aylantirish zarur. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida, darsda o‘zlashtirilib olingan jismoniy mashqlar bilimlar mustaxkamlanadi va takomillashadi darsdan tashqari mashg‘ulotlarda asosiy diqqatni darslarda o‘zlashtirib olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustaxkamlashga qaratish zarur. Bolalar va o‘smirlar sport maktablarida shug‘ullanayotganlar uchun buning katta foydasi bor.
Xamma shakllar umumiy vazifalarni xal etishga yordamlashadi. Umumta’lim maktablarini islox qilishning asosiy yo‘nalishlarida, xamma o‘quvchilar uchun xar kungi jismoniy mashqlarni, mashg‘ulotlarni tashkil etish zarurligi, kun tartibida jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish tadbirlarini muntazam o‘tkazish bosh vazifa qilib qo‘yilgan. Bundan tashqari o‘quvchilar keng ommasini sport to‘garaklari mashg‘ulotlariga jalb etish, jismoniy tarbiya bo‘yicha qo‘shimcha va fakultativ mashg‘ulotlarni o‘tkazish, zaruriy shart-sharoitlarni yaratish zarur.
O’quv kun tartibiga jismoniy tarbiyaning shakllari.
O’quv kun tartibiga jismoniy tariya butun sinf bo‘yicha jismoniy tarbiya tashkilotchisi yoki instruktor yordamida sinf raxbari tomonidan, jismoniy tarbiya o‘qituvchining kuzatuvi ostida tashkil etiladi.
Darsgacha bo‘lgan gimnastika.
Darsgacha bo‘lgan gimnastikani tashkil etish va o‘tkazish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: sport maydoni va binoga faqat sinf xonasida emas, xar bir sinf uchun aloxida joy ajratadi, qizlar doimo orqa tomonga joylashtiriladi, pedagog va yuqori sinf o‘quvchilaridan instruktorlar tayyorlnadi, gimnastika maydonining atrofiga usti-bosh ilgichlar o‘rnatiladi.
Ertalabki darsgacha gimnastikaga navbatchi o‘quvchi raxbarlik qiladi, xar bir sinf uchun jismoniy tarbiya tashkilotchisi va isntruktor, sinf raxbarlari va jismoniy tarbiya o‘quvchisi mashqlarning sifati bajarilishi, intizomni nazorat qilib turadi.
Darsgacha bo‘lgan gimnastikani o‘tkazish qoidasi, metodikasi quyidagilardan iborat: dinamik tavsifga ega bo‘lgan 5-7 mashqdan tuzilgan majmua xamma muskul guruxlarig ta’sir etishi, ko‘rgazmalilikdan foydalanish va boshqarish.
Darsgacha bo‘lgan gimnastikaning asosiy manbasi majmua gimnastik mashqlardir. Shuning uchun bu mashqlar majmuasini yilning fasliga qarab yangilanib borish maqsadga muvofiqdir. Xar bir mashqni bajarish tezligini asta sekinlik bilan oshirib bori, oxirida sekinlanishi zarur. Shundagina ashqlarning ijobiy ta’sirchanligi asta-sekin ortib boradi.
Bu ikkala shaklning maqsadi bitta: charchagan bolaga ish qobiliyatini, diqqatini qayta tiklash, muskul va aqliy toliqishni yo‘qotish, qomat buzilishidan ogoxlantirish.
Jismoniy tarbiya daqiqalari tashkil etish, xona derazalari va darchalarini (fortochkalarni) ochish, bolalarni tayyorlash kerak, ustki qalin uiyimlarini yechish, yengil kiyimda qolish zarur. Jismoniy tarbiya daqiqalari 1-8 sinflarda o‘tkaziladi tolish belgilari vujudga kelishi bilanoq, diqqat buzilishi, bolalar faolligining pasayishi xar bir darsning 20-25 daqiqasi boshlanadi, o‘quvchilarning yoshi va ish unumdorligini o‘zlashtirishlari pedagog tomonidan belgilanadi.
Yuqori sinflarda mashq daqiqalari o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida, mashg‘ulotlar paytida ishlab chiqarish gimnastika mashqlari sifatida o‘tkaziladi.
Qo‘l va qomat uchun aloxida mashqlar o‘tilgan xolatda bajarilishi, mumkin. Majmuaga qo‘l muskullari, bel, oyoq uchun bukilish, egilish, o‘tirib-turish mashqlari kiritiladi. Qomat uchun tizzani baland ko‘tarib oyoq uchida yurish mashqlari, albatta beriladi.
Mashqlar payti kuni uzaytirilgan guruxlarda boshqa sinflar, uchun uy sharoitida 45-60 daqiqa o‘quv ishlaridan so‘ng 10-15 daqiqa davomida o‘tkaziladi. Umurivojlantirish mashqlarida tashqari, mashq paytlariga yugurish, sakrashlar, xarakatini o‘yinlar kiritiladi.
Katta tanaffuslarda xarakatli o‘yinlar va jismmoniy mashqlar mashg‘ulotlarning xamma shakllari orasida katta tanaffslarda tashkil etiladigan va o‘tkaziladigan xarakatli o‘yinlar xamda boshqa jismoniy mashqlr asosiy o‘rinni egallaydi. O’quvilarning amaliy ishlarida ular xar xil atamalarga ega bo‘ladilar: “faol dam olish soati”, “erkin xarakatlar” “olimpiya darsi” va boshqalar.
Ikkinchi-uchinchi darslardan so‘ng charchash, tolish belgilari vujudga kela boshlaydi, natijada ish qobiliyati pasayib ketadi. Shuning uchun maktablarda tanaffusning davomiyligini 45 daqiqagacha cho‘zish va jismoniy mashqlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish tavsiya etiladi.
Katta tanaffusda maktabning xamma o‘quvchilari va o‘qituvchilari qatnashadi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisiga : xamma sinf o‘quvchilarini joylashtirish, tashkil etish, asbob-anjomlar bilan ta’minlash, faol o‘quvchi va o‘qituvchilarni taqsimlab xakamlik, instruktorlik vazifalari topshiriladi.
Buning uchun o‘qituvchi tanaffusda o‘tkaziladigan o‘yinlarning xaftalik jadvali tuzib chiqiladi. Bu xilma-xillik bolalarda qiziquvchanlikni oshiradi. Xaftaning oxirgi kuni bu tadbirlar faollashtiriladi.
Bunday vaqtda grafik ko‘rinadigan joyda ilib qo‘yilsa, 2-3 daqiqa davomida o‘quvchilar o‘z joylarini egallaydilar. Tashkiliy ishlardan ozod bo‘lgan o‘qutuvchilar o‘lari aloida to‘planib xoxlagan mashqlarini bajarishlari mumkin.
Tanaffusni tashkl etish va o‘tkazishga umumiy raxbarlik maktab direktori yoki uning yordamchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Sakkizinchi sinfdan boshlab, o‘smirlar va qizlar aloxida shug‘ullanadilar. Ammo bolalar va qizlar uchun maxsus o‘yinlarni 2-sinfdan amalga qo‘llab borish maqsadga muvofiqdir.
Maktabning terma jamoa va maxsus umumiy guruxga kiritilganlar aloxida shug‘ullanishlari mumkin.
Tanaffus vaqtidagi o‘yinlarda shifokor navbatchilik qilishi kerak. Mashg‘ulotlarni kelgusi darsning boshlanishiga 5-6 daqiqa qolganda tugallash kerak.
Maktabda jimoniy tarbiyaning yakuniy maqsadi – jismoniy madaniyat va sport xar bir bolaning xayoti extiyojiga aylantirishdir. Jismoniy madaniyatga qiziqish shunday bo‘lishi kerakki, u butun xayot davomida insonga asqotishi zarur.
Tashviqot – bu so‘z, ommaviy axborotlar, radio, gazeta chiqadiki, o‘qituvchi maktabda ishlashining birinchi kunidan boshlab, o‘quvchilar ongigacha ijobiy ta’sir etish, o‘z g‘oyalarini tashviq va targ‘ib qilmog‘i kerak.
O’qituvichi bilan o‘quvchi o‘rtasida birgalikdagi ishlar jarayonida yaxshi natijalar vujudga kelishi bilanoq, uni keng qo‘llsh, ya’ni tajriba keng yoyish zarur. Shundagina tashviqot va targ‘ibot ishlari jismoniy tarbiya bo‘yicha ishlarning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Amaliy ishlarga tashviqot va targ‘ibotning xilma-xil mansablaridan foydalaniladi, shunga ko‘ra, xamma manbalarni uch guruxga bo‘lish mumkin: og‘aki, matbuot orqali va ko‘rsatmali.
Og‘zaki tashviqot va targ‘ibot bu – ma’ruzalar suxbatlardir. Og‘zaki targ‘ibot manbalariga radio va televideniya orqali musobqalar xaqida e’lon qilish tanaffus paytida maktab radiosi , jamoa yig‘inlari, sport kechalari, sayrlar yurishlar kiradi.Matbuot orqali targ‘ibot manbalariga, birinchi navbatda, badiiy, o‘qish, metodik, jismoniy madaniyat va sport soxasidagi targ‘ibot adabiyotlari, gazetalar, “Chaqmoq” satirik varaqalar kiradi.
Jismoniy maaniyat va sportning kzrgazmali targ‘ibot manbalariga rasmlar, xaykallar, barerlar, mozaika asarlari, panjaralar, sharlar, o‘quv-targ‘ibot va axborot mavzuidagi plakatlar tarnsporantlar rasm ko‘rgazmlari, fotomontajlar, yutuqlar ko‘rgazmasi. Xurmat taxtasi, jismoniy tarbiya va sportch bag‘ishlangan bunchaklar kiradi.Maktabda jismoniy tarbiya faollarini tayyorlash xar bir maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘z atrofiga faqat sportchi o‘quvchilarnigina emas butun maktab jamoasi va o‘quvchilarini birlashtirilishi kerak. Bular ichida tashviqot va targ‘ibotni olib borishga qobiliyatlari, musobaqalarni tashkil etuvchilar, baza yaratuvchilar bo‘ladi. Ko‘pincha “og‘ir” bolalar bo‘ladi, yaqin bularning ichida yaxshi tashkilotchilar, o‘qituvchiga yordam berishni xoxlovchilar bo‘ladi.Faollar ishining samaradorligini uni tayyorlash darajasiga bog‘liq. Bu yerda faqat ishlash ishtiyoqi, bilim, ko‘nikma va malaka bo‘lishi kerak. Faollarni tayyorlash maktabda o‘quvchilar jismoniy tarbiyasini amalga oshiruvchi va nazorat qiluvchi boshqa tashkilotlar bilan xamkorlikda amalga oshiriladi. Ya’ni jismoniy tarbiya jamoasi kengashining raisi, a’zolari tashkilotchilik maxorati ishlariga tuman o‘qituvchilar metodi birlashmasi qoshida o‘rganishlari kerak. Bu ishlari tuman shaxar sporti qo‘mitasi, bolalar sport maktablari o‘z zimmlariga olishlari mumkin.
Jismoniy tarbiya tashkilotchilari uchun mavzular

  • sinflararo musobaqalarni tashkil qilish:

  • arizalarni rasmiylashtirish

  • maktab ichidagi musobqalar uchun komandalarni tashkil etish va tayyorlash

  • o‘quv kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari

xakamlar aniq sport turi va musobaqa qoidalariga tegishli bo‘lgan masalalarni o‘rgnadilar.
Xar bir faollar guruxi uchun aloxida reja tuziladi. Seminar tinglovchilari 4-7 sinf o‘quvchilari bilan ommaviy jismoniy tarbiya ishlarini, “Alpomish” va “Barchinoy” majmuining nazariy talablari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadilar, mashqlanishga raxbarlik qiladilar, musobaqa xakamlik qilib qatnashadilar. Bo‘lg‘usi jamoatchi instruktoralarini sport asbob-anjomlari sport asbob-anjomalarini tayyorlash, o‘quv va sinov. Xujatlari tuzish, musobaqa bayonnomalari, ro‘yxatlari, buyruqlar bilan amaliy topishtiriladi. Yakuniy mashg‘ulotlarda xamda qatnashuvchilar o‘quv rejasining nazariy va amaliy bilimlari bo‘yicha sinovlardan o‘tkaziladi. Qator maktablarda faollar maxsus sport kiyimi va emblemada yuradilar.
Maktabda “Alpomish” va “Barchinoy” majmua bo‘yicha ish tadbirlarini o‘rganish, majmua me’yorlari ancha yuqori bo‘lganligi uchun ularni o‘zlashtirishda ma’lum muddat tayyorgarlik talab etiladi.
“Alpomish” va “Barchinoy” bo‘yicha ishlar o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini va ularning salomatlik xolatlarini aniqlashdan boshlanadi. Bu ma’lumotlarni o‘quvchilar oktyabr-noyabr oylariga to‘plashi mumkin. Bu ishlar bilan barobar, suzishni bilmaydigan, “Alpomish” va “Barchinoy” me’yorini normasini topshirishdan ozod etilgan o‘quvchilarni aniqlab boriladi.
Bunday ma’lumotlar o‘qituvchiga keyingi ishlarida topshiruvchilarning sonini aniq bilish, o‘quv reja ishlaridagi kamchiliklarini aniqlash, xar bir sinfdan nishondorlarni tayyorlash uchun o‘quvchilar sonini aniqlash, ularning dastlabki tayyorgarlik darajasini xisobga olish imkonini beradi.
“Alpomish” va “Barchinoy” majmui bo‘yicha xamma ishlarni tashkil etish uchun maxsus komissiya tuziladi, ularning ro‘yxati maktab direktori quyidagilarni kiritish tavsiya etiladi: maktab direktori, sinfdan tashqari ishlash mashkilotchisi, jismoiy tarbiya o‘qituvchilari boshlang‘ich xarbiy ta’lim raxbari, shifokor katta tarbiyasi turistik ishlarni tashkil etuvchi jismoniy tarbiya sport jamoasi kengashi raisi.
Amaliyot ko‘rsatishicha, talab va me’yorlarni topshirishga tayyorgarlikning eng qulay va yaxshi shakli – muntazam faoliyat ko‘rsatayotgan umumiy jismoniy tayyorgarlik “Alpomish” va “Barchinoy” guruxlari to‘garaklari xisoblanadi. Guruxlar bir xil tayyorgarlikdagi va yoshdagi o‘quvchilardan tuzilishi, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Mashg‘ulotlarning o‘tkazilishga , ayniqsa kichik va o‘rta guruxlarga jamoatchi, instruktorar jalb etiladi.


Tayyorgarlikning ma’lum davrida mashg‘ulotlarning vazifasi va me’yorlarni topshirishning talablari aniqlanadi.
“Alpomish” va “Barchinoy” umumiy jismoniy tarbiya guruxlarida mashqlanish mashg‘ulotlarni tashkil etish jismoniy tarbiya darsiga o‘xshaydi.
“Alpomish” va “Barchinoy” guruxlaridagi ishlarni, aloxida, bir-biridan ajratish maqsadga muvofiqdir. Agar, masalan, qizlarga “Alpomish” va “Barchinoy” me’yorlar normalari bo‘yicha koptokni yoki granatani uloqtirish o‘quv me’yorlarini topshirish qiyin bo‘lsa, shu mashqlarning bajarilishini ta’minlash uchun muskul kuchini rivojlantirishga katta e’tibor berib, uyga vazifa xam berib borish maqsadga muvofiqdir. Ko‘pchilik bolalarga turnikda tortilish me’yorini topshirish qiyin. Shunday ekan, to‘garak mashg‘ulotlarida muskul kuchini rivojlantirishda yordam beradign mashqlarni yelka kamariga ko‘proq berib borish kerak. O’quvchilarni bunday aloxida muskul guruxlar rivojlanishi orqali qolishini, ishlarni rivojlantirish jarayonida albatta, xisobga olish kerak.
Majmuani me’yorlarini qabul qilish bo‘yicha musobaqalarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish kerak. Xar bir musobaqa bolalarda muxim voqea sifatida iz qoldirishi kerak. Aloxida xollarda me’yorlarni nazorat darslarida qabul qilish mumkin. Xar bir me’yor bo‘yicha musobaqalarni yiliga 2-3 marta o‘tkazish zarur.
O’quvchilar jismoniy tarbiyasida msobaqalarning axamiyatini baxolash qiyin. Sport va sport musobaqalari o‘rni xaqida quyida so‘z bora. Bu yerda biz faqat klassifikatsiya qilinmagan musobaqalarning axamiyati va tavsifiga to‘xtalamiz.
O’qish faliyatida musobaqa element (unsur)laridan foydalanish, jo‘shqinlik yuzaga kelib, o‘quvchilar faolligi uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi. O’quvchilar musobaqalarda qatnashib, yangi taassurotlarga ega bo‘ladilar, o‘zini, o‘rtoqlarini yaqinroq biladi, g‘alaba quvonchi va mag‘lubiyat nimaligini boshidan kechiradi. Musobaqa muxiti jismoniy mashqlar mashg‘ulotining axamiyatini tushunish imkoniyatini beradi.
Yagona sport tasnifi va musobaqa qoidalari asosida o‘tkaziladigan musobaqalar, uzoq muddatli tayrgarlikni talab etadi. Shuning uchun qator musobaqalar turida : yengil atletika , voleybol, basketbol, gimnastikada oz o‘quvchilar qatnashadilar, quyi sinf o‘quvchilari deyarli qatnashmaydi.
Bir vaqtning o‘zida maktabga shunday sharoit yaratish kerakki, o‘quvchilar yiliga 8-10 musobaqa turlarida qatnashish imkoniga ega bo‘lsin. Shuning uchun xam rspublikaning ko‘pgina maktablarida tasniflashgan musobaqalar o‘tkaziladi. Bu musobaqalarda razryadlar beriladi. Ularning dasturi butunlay yoki yagona sport (turiga) tasnifiga taaluqli. Musobaqa jarayonida esa ba’zi qoidalarni chetlab o‘tish mumkin. Bunday musobaqalarda xamma mini o‘yinlar, maydonning qisqartirilganligi, vaqtning qisqartirilganligi, nostandart asbob-anjomlarni qo‘llash, o‘yinchilar sonini qisqartirish, ruxsat bilan ba’zi qoidalarni qo‘llamaslik va boshqalar kiradi. Musobaqalar o‘qituvchi tomonidan maxsus tuzilgan dastur asosida o‘tkaziladi.
Xozirgi vaqtga qator maktablarda keng tarqalgan quyidagi musobaqa turlari diqqtga sazovor.

Download 134,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish