Muayyan huquqiy munosabatlar sohasini (jinoyat huquqi, oila huquqi, fuqarolik huquqi, mehnat huquqi) qamrab oluvchi universal hujjatlar: Xalqaro farzandlikka olish sohasida bolalarni himoya qilishga oid 33-sonli Gaaga konvensiyasi; “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risida”gi BMT konvensiyasiga “Insonlar, hususan ayollar, bolalar traffikini oldini olish, taqiqlash va jazolashga doir Palermo protokoli, 2000-yilda qabul qilingan va 2003- yilda kuchga kirgan.
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan yuvenal yustitsiyaga oid hujjatlari: 1985-yildagi “Balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari” (“Pekin qoidalari”); 1990-yildagi “Balog‘atga yetmagan bolalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dasturiy prinsiplari” (“Ar-Riyod dasturiy prinsiplari”); 1990-yildagi “Ozodlikdan mahrum etilgan balog‘atga yetmagan bolalarni himoya qilishga doir qoidalari”; 1990-yildagi “Qamoqda saqlash bilan bog‘liq bo‘lmagan choralarga doir minimal standart qoidalari” (“Tokio qoidalari”), 2005-yildagi “Jabrlangan va jinoyat guvohlari bo‘lgan bolalar bilan bog‘liq bo‘lgan odil sudlovga oid Rahbariy qoidalari”.
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1985-yil 29-noyabrda 40/33-qarori asosida «Birlashgan Millatlar Tashkilotining balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari” qabul qilingan.
Minimal standart qoidalarida ko‘zlangan asosiy maqsadlar:
Ishtirokchi-davlatlar, o‘z umumiy manfaatlariga muvofiq holda balog‘atga yetmagan o‘g‘il yoki qiz bola va uning oilasi farovonligiga ko‘maklashish uchun intilishi zarur.
-A’zo-davlatlar o‘smirning jamiyatda mazmunli hayot kechirishi ta’minlash imkonini beruvchi tegishli shart-sharoit yaratishga intilishi kerakki, hayotining ayni shu davrida nojoiz xulqqa ko‘proq moyilligi bo‘lgan o‘g‘il yoki qiz bolaning imkon qadar jinoyat va buzarlikni sodir etish ehtimolidan holi shaxs sifatida kamolga yetishi va ta’lim olishi bilan bog‘liq jarayonda bunday sa’i-harakatning foydasi tegadi.
Imkon qadar mavjud barcha zaxiralarni, shu jumladan,, oila, ko‘ngillilar va jamiyatning boshqa guruhlarini, shuningdek maktablar va shu kabi bir qator ijtimoiy institutlarni to‘la jalb etgan holda o‘smirning farovonligiga ko‘maklashish va shu bilan uning hayotiga qonun tomonidan aralashuv zaruriyatini kamaytirish, qonun bilan ziddiyatda bo‘lgan o‘smirga samarali, adolatli va insoniy kamaytirish, qonun bilan ziddiyatda bo‘lgan o‘smirga samarali, adolatli va insoniy muomala qilinishi ta’minlash maqsadalarini ko‘zda tutuvchi maqbul choralarni qo‘llashga yetarlicha e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.
-Balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan sudlov harakatlari barcha balog‘atga yetmagan bolalar uchun har tomonlama ijtimoiy adolatni ta’minlash va ayni chog‘da shu yo‘l bilan yoshlarni himoyalash va jamiyatda tinchlik- osoyishtalikni saqlab turish doirasida har bir mamlakat milliy taraqqiyoti jarayonining uzviy qismiga aylanishi zarur.
Mazkur Qoidalar har bir a’zo-davlatning mavjud iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Balog‘atga yetmaganlarga nisbatan odil sudlov harakatlari bilan shug‘ullanuvchi xizmatlar xodimlarni malakasini, shu jumladan, ularning uslub, yondashuv va tajribasini oshirish va tegishli darajada saqlab turish maqsadida ana shu xizmatlarni muntazam ravishda rivojlantirib va muvofiqlashtirib borish zarur bo‘ladi.
Minimal standart qoidalarida balog‘atga yetmagan bolalar huquqlarining asosiy protsessual kafolatlari, xususan, aybsizlik prezumpsiyasi, ayb qo‘yilganlik haqida xabardor etilish huquqi, guvohlik berishdan bosh tortish huquqi, advokat olish huquqi, ota-ona yoki vasiyning hozir bo‘lishi huquqi, guvohlar bilan yuzlashish va ularning ikki yoqlama tergovida bo‘lish huquqi va yuqori instansiyaga apellyatsiya berish huquqi sudlov harakatlarining barcha bosqichlarida kafolatlangan bo‘lishi zarur, deb qayd etilgan.
Shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining 1990-yil 1-dekabrdagi 45/112- qarori bilan qabul qilingan va e’lon etilgan «Balog‘atga yetmagan bolalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dasturiy prinsiplari» ham mavjud.
Mazkur hujjatda asosiy prinsiplar, dasturiy prinsiplarning qo‘llanish doirasi jinoyatchilikning oldini olinishining umumiy yo‘nalishlari, jamiyat hayotiga tayyorlash jarayonlari, ijtimoiy siyosat, qonunchilik va balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritish, tadqiqotlar, siyosatni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi qoidalar o‘z ifodasini topgan.
Voyaga yetmaganlar muammolarining ayrim holatlariga tegishli 1990-yil 1- dekabrda 45/112-rezolyutsiya bilan qabul qilingan xususiy hujjat «Balog’atga yetmaganlar orasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan BMTning asosiy prinsiplari» mavjud. U «Ar-Riyod rahbariy prinsiplari» nomi bilan ham mashhur bo‘lib, mazkur qoidalarni o‘z ichiga qamrab oladi:
Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikni oldini olish jamiyatda jinoyatchilikni oldini olishning eng muhim shartlaridan biridir. Qonuniy, ijtimoiy foydali faoliyatda ishtirok etib va jamiyat hamda hayotga nisbatan insonparvar qarashlarni xosil qilgan holda, yoshlar jinoiy faoliyatga yo‘l qo‘ymaydigan tamoyillar asosida tarbiyalanishi mumkin.
Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikni oldini olish samarali bo‘lishi uchun o‘smirlarning komil inson bo‘lib yetishishlari, ularning shaxsiga hurmat va bolalikdan boshlab ularning rivojlanishini qo‘llab quvvatlash maqsadida butun jamiyatning sa’y-harakatlari zarur bo‘ladi.
Mazkur rahbariy prinsiplarni sharhlash maqsadini ko‘zlab, bolalar ehtiyojlariga e’tibor qaratilishi kerak. Yoshlar jamiyatda faol ishtirok etishlari va uning to‘laqonli ishtirokchilari bo‘lishlari lozim. Va aksincha, jamiyat hayotiga tayyorgarlik ko‘ruvchi yoki nazorat obyekti sifatida qaralmasligi kerak.
Ushbu rahbariy prinsiplarni amalga oshirishni ko‘zlab, milliy huquqiy tizimlarga muvofiq ravishda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan har qanday dasturning diqqat markazi yoshlarni erta bolalikdan boshlab farovonligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan rivojlanib boruvchi siyosatni amalga oshirish va doimiy tarzda tahlil etib borish hamda chora-tadbirlar ishlab chiqish muhim va zarurligini e’tirof etish kerak. Shu bilan birga, bolani o‘z-o‘ziga yoki boshqalarga jiddiy ziyon yetkazmaydigan xatti- harakati uchun jazolashdan qochish kerak. Bunday siyosat va chora-tadbirlar quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
imkoniyatlar yaratish, xususan ta’lim olish sohasida imkoniyatlar yaratish, yoshlarning turli ehtiyojlarini qondirish hamda barcha yoshlarning shaxsini kamol toptirishda va ayniqsa havf ostida turuvchi yoki ijtimoiy havfli holatga kelib qolgan hamda alohida e’tibor va himoyaga muhtojlarni qo‘llab quvvatlash tizimini yaratish;
jinoyatchilikning kelib chiqishiga olib keluvchi sabab va shart sharoitlarni oldini olishga qaratilgan qonunlarni, jarayonlarni, muassasalarni, vosita va xizmat tizimlarini qo‘llashga asoslangan voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan maxsus nazariyalar va ushbu masalaga yondashuvlarni ishlab chiqish;
birinchi navbatda voyaga yetmaganning umumiy manfaatlaridan kelib chiqib, ijtimoiy adolatga asoslanib va xolis tarzda rasmiy organlarning aralashuvi;
barcha yoshlarning baxt-saodati, rivojlanishi, va manfaatlarini ta’minlash;
yoshlarning umumiy ijtimoiy me’yor va qadriyatlarga mos kelmaydigan xatti-harakatlari ko‘pincha voyaga yetish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lib qoidaga ko‘ra, ular katta bo‘lgan sayin o‘z-o‘zini anglab borishini inobatga olish;
ko‘pchilik ekspertlarning fikricha voyaga yetmagan shaxsga «buzg‘unchi», «huquqbuzar» yoki «yosh jinoyatchi» tamg‘asini bosish, ularda nomaqbul xatti- harakatlarning rivoj topishiga asos bo‘ladi.
6. Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikni oldini olish uchun, ayniqsa hali xech qanday muassasalar tashkil etilmagan hududlarda jamoaviy xizmatlar va dasturlarni ishlab chiqish lozim. Ijtimoiy nazoratni amalga oshiruvchi rasmiy muassasalar xizmatidan faqatgina so‘ngi chora sifatida foydalanilishi kerak.
Bu kategoriyadagi hujjatlar yuvenal yustitsiya sohasidagi xalqaro standartlarning asosi bo‘lib xizmat qiladi. ya’ni yuvenal yustitsiya sohasidagi xalqaro standatlar - balog'atga yetmagan bola to'g'risida, u sodir etgan buzarliklar to‘g‘risida, uning jinoiy va boshqa xil yuridik javobgarligi, davlatning bunday buzarlikka nisbatan jazolash yoki shu kabi majburiy ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash ko‘rnishidagi munosabati va nihoyat, jinoiy yustitsiya ta’sir doirasiga tushib qolgan balog‘atga yetmagan bola huquqlari, erknliklari va qonuniy 72
manfaatlarini sudda himoya qilish konsepsiyasining asosiy me’yorlari to'g'risidagi yuridik doktrinaning asosiy qoidalarini tashkil etadi.
- Bola huquqlarini maxsus tartibga solishga qaratilgan deklaratsiyalar va konvensiyalar: 1924-yildagi Bola huquqlari to'g'risidagi Jeneva deklaratsiyasi, 1959-yildagi Bola huquqlari to‘g‘risidagi deklaratsiya, 1989-yildagi Bola huquqlari konvensiyasi va ushbu konvensiyaga 2002-yildagi ikkita: Qurolli mojarolarda ishtirok etuvchi bolalar to‘g‘risidagi Qo‘shimcha protokol va Bolalar bilan savdo-sotiq qilish, bolalar fohishabozligi va pornografiyasiga taalluqli Qo‘shimcha protokol.
Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya bola huquqlari bo‘yicha asosiy hujjat hisoblanadi hamda uni bola huquqlariga oid o‘ziga xos kodifikatsiyalash desa ham bo‘ladi. Konvensiya 54 moddani o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularni 4ta kategoriyadagi huquqlarga bo‘lish mumkin: a) yashay olish huquqi: bola talablarini qondirish va xayotiy huquqlarini o‘zida mujassam etish kabi asosiy shartlarni hamda tibbiy xizmatdan foydalana olish, ovqatlanish, boshpanaga ega bo‘lish kabi adolatli me’rlarni o‘z ichiga oladi; b) rivojlana olish huquqi: bolalarning o‘z qobiliyatlarini kengroq rivojlantirishga erishishlari zarur. Masalan, bilim olish, o‘yin, hordiq chiqarish, madaniy faoliyatlar, axborot olish va vijdoniy poklik kabi huquqlar; v) bolalar zo‘ravonlik va ekspluatatsiya qilinishdan himoyalangan bo‘lishlari shart. Bu borada quyidagi muammolarga, ya’ni: qochoq bolalar masalasidagi muammolarga, sudlovni amalga oshirish tizimidagi zo‘ravonliklarga va qiynoqlarga, bolalarni qurolli mojarolarga jalb etish muammolariga, bolalar mehnatiga, balog‘at yoshiga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilish va o‘smirlarning giyohvand moddalarni iste’mol qilish muammolariga alohida e’tibor berilgan bo‘lishi kerak; g) ishtirok etish huquqi: bolani jamiyat va mamlakat xayotida faol ishtirok etishga chorlaydi. Bu kategoriya, bolalarning hayotga taalluqli bo‘lgan muammolar bo‘yicha jahonshumul yig‘ilishlarda va tadbirlarda ishtirok etish huquqini va o‘z fikr-mulohazalarini aytishda erkin bo‘lish kabi huquqlarini belgilaydi. Bolalar ulg‘ayib borishlari davomida jamiyat hayotida faol
ishtirok etish uchun barcha paydo bo‘lib boruvchi imkoniyatlarning hammasiga ega bo‘lib borishlari hamda hayotiy muhim yechimlarning mas’uliyatini xis qilgan holda ularni o‘z zimmalariga olishga tayyor bo’lishlari kerak.
Bundan tashqari Konvensiyada ishtirokchi-davlatlar tomonidan bola huquqlarining himoyalanishi, kafolatlanishi ham ta’minlanishi borasida sharoit va imkoniyat yaratilishi uchun ular zimmasiga majburiyatlar belgilangandir. Masalan, 29-moddasida:
Ishtirokchi-davlatlar bolaga ta’lim berish quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi lozimligiga rozilik bildiradilar:
bolaning shaxsi, iste’dodi, aqliy va jismoniy qobiliyatlari eng to‘la hajmda rivojlanishi;
inson huquqlari va asosiy erkinliklariga, BMT Nizomida e’lon qilingan tamoyillarga hurmatni tarbiyalash;
bolaning ota-onasiga, uning madaniy o‘ziga xosligi, tili va qadriyatlariga, bola yashayotgan mamlakatning, u dunyoga kelgan mamlakatning milliy qadriyatlariga, o‘zinikidan farq qiladigan madaniy taraqqiyot darajasiga hurmat bilan qarashni tarbiyalash;
bolani erkin jamiyatda, tinchlik, sabr-toqatli bo‘lish, erkaklar bilan ayollarning tinchligi hamda barcha xalqlar, etnik, milliy va diniy guruhlar, shuningdek, tub aholi orasidan bo‘lgan shaxslar o‘rtasida do‘stlik ruhida tarbiyalash;
atrof-tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash.
Ushbu moddaning yoki 28-moddaning hech qaysi bandi alohida shaxslar va organlarning o‘quv yurtlarini ochish hamda ularga ushbu moddaning 1-bandida bayon etilgan tamoyillarga rioya qilgan holda rahbarlikni amalga oshirish hamda bunday o‘quv yurtlarida beriladigan ta’lim davlat tomonidan o‘rnatilgan minimal me’yorlarga javob berishi kerak, degan talabning bajarilishidagi erkinligini cheklash sifatida talqin qilinmaydi.
Mazkur Konvensiyada bayon qilingan huquqlarning amalga oshirilishini kafolatlash va ko‘maklashish maqsadida ishtirokchi davlatlar ota-ona va qonuniy 74
vasiylarga bola tarbiyasi bo’yicha majburiyatlarini bajarishlariga tegishli yordam ko‘rsatadilar hamda bolalar muassasalari tarmog‘ining rivojlanishini ta’minlashi, bu borada zarur chora-tadbirlarni ko‘rishi ishtirokchi-davlatlarga yuklatiladi.
Ushbu konvensiya ijodkorlari bola huquqlari bo’yicha o‘z konsepsiyalarini - liberal, paternalizm nazariyasi asosida ishlab chiqishgan. Ushbu konsepsiya g‘oyalari tufayli bolalar jamiyatning to‘la huquqli a’zosi deb e’tirof etilgan. Bu konsepsiya bilan bola ota-onaga yoki ularni o‘rnini bosuvchi boshqa shaxslarga tegishililigi to‘g‘risida yuz yillar davomida mavjud bo‘lib kelgan qoidaga chek qo‘yilgan. Hozirgi kunga kelib esa, Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya eng universal hujjatlardan biri bo‘lib, Somali va AQShdan tashqari 191 davlat uning ishtirokchisidir. O‘zbekiston Respublikasi ushbu konvensiyaga 1992-yilda qo‘shilgan bo‘lib, bugungi kungacha to‘rt marotaba o‘zining Milliy ma’ruzasini taqdim etgan. Mazkur Konvensiyaning qo‘shimcha protokollari hisoblanmish Bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taalluqli Fakultativ protokol hamda Bolalarning qurolli mojarolarda ishtirokiga taalluqli Fakultativ protokolni 2008-yil-dekabr oyida ratifikatsiya qildi. Bu protokollarga qo‘shilish mamlakatimizning bola huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning qo‘shimcha kafolati hisoblanadi va bu sohadagi davlat siyosatiga to‘la mos keladi.
Bola huquqlariga oid mintaqaviy halqaro hujjatlarni umumiy tavsifi
Bola huquqlariga rioya qilinishi va ularni himoya qilishni nazorat qiluvchi universal xalqaro tashkilotlar bilan bir qatorda mintaqaviy xalqaro tashkilotlar ham mavjud bo‘lib, uning a’zolari ma’lum geografik mintaqa davlatlari bo‘lishlari mumkin. Bunday tashkilotlarning faoliyati xavfsizlik, iqtisod, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalar, kabi inson huquqlari, shu jumladan, bola huquqlari sohasidagi mintaqaviy xalqaro hamkorlikka ham qaratilgandir.
BMT Nizomida bunday tashkilotlarga ma’lum talablar qo‘yiladi. Jumladan, ularning tashkil etilish maqsadlari va faoliyati BMT Nizomining maqsad va tamoyillariga to‘g‘ri kelishi va bu tashkilotlar BMTning iqtisodiy, ijtimoiy,
madaniy va boshqa sohalardagi huquqiy muammolarni yechishga qaratilgan faoliyatiga ko‘maklashishi lozim.
Barcha a’zo-davlatlarga nisbatan qo‘llaniladigan bola huquqlarini himoya qilish sohasidagi BMT Nizomi asosida tashkil etilgan hamda BMT tomonidan qabul qilingan shartnomalar asosida ta’sis etilib, ishtirokchi-davlatlargagina taalluqli bo’lgan tizimlardan tashqari, Afrika, Amerika va Yevropa qit’alaridagi ko‘plab davlatlar huquqiy jihatdan mintaqaviy darajada bajarilishi majburiy bo‘lgan inson huquqlari, shu jumladan, bola huquqlariga doir shartnomalar qabul qilgan bo‘lib, bu shartnomalarning bajarilishi yuzasidan xalqaro monitoring olib boruvchi idoralar vakolatlarini e’tirof etadilar. Bola huquqlari sohasidagi mintaqaviy shartnomalar va ularning amalga tatbiq etilishi bo‘yicha monitoring olib boruvchi mexanizmlar tizimi Osiyo va Tinch okeani mintaqasida hanuzgacha ishlab chiqilgani yo‘q.
Bola huquqlariga oid xalqaro hamkorlikning rivojlanib borishi, bola huquqlarini mintaqaviy darajada himoya qilish tizimining shakllanishiga sabab bo‘ldi. Ya’ni, dunyoning turli mintaqalarida inson huquqlari, shu jumladan, bola huquqlarini himoya qilishning o‘ziga xos modellari vujudga keldi. Bunday modellar ko‘p jihatdan universal tizimdan o‘zining samaradorligini ham ko‘rsatdi. Bunday mintaqaviy tashkilotlarga, Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Yevropa tizimi, Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Amerika tizimi, Inson huquqlari va xalqlar huquqini himoya qilish bo‘yicha Afrika tizimi, Inson huquqlari bo‘yicha Doimiy arab komissiyasi, MDH doirasida qabul qilingan 1995- yil 26-maydagi Inson huquqlari va asosiy erkinliklari bo‘yicha MDH konvensiyalarini kiritish mumkin.
Shu shu yerda, bola huquqlari sohasidagi mintaqaviy tashkilotlar faoliyatlari asoslanadigan hujjatlarga to‘htalib o‘tadigan bo‘lsak, ular quyidagilardir:
- Yevropa mintaqasi davlatlari hamkorligiga qaratilgan hujjatlar: Bolalarga homiylik qilish va ularga homiylik qilishni tiklash borasidagi qarorni tan olish va ularni bajarish to‘g‘risidagi 1980-yilgi Yevropa konvensiyasi; Bolalarni huquqlarini amalga oshirish bo‘yicha Yevropa konvensiyasi, 1996-yilda qabul 76
qilingan va 2000-yilda kuchga kirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |