Yuristlar malakasini oshirish markazi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti



Download 124,44 Kb.
bet11/21
Sana31.01.2022
Hajmi124,44 Kb.
#420377
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
1.Bola huquqlari

Tavsiya etilayotgan adabiyotlar:

  1. Muminov A., Tillabayev M. Bola huquqlari. Elektron darslik. -T., JIDU, 2011.

  2. Bola huquqlari. / Yuridik oliy o‘quv yurtlari uchun darslik / Prof. G‘.Abdumajidov tahriri ostida. -T.: TDYuI, 2009.

  3. Bolalarni himoya qilish. Parlament a’zolari uchun qo'llanma. -T.: YUNISEF, Inson huquqlari bo ‘yicha O ‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2006.

  4. Bola huquqlari monitoringi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma /Mas’ul muharrir A.X.Saidov. -Toshkent: Inson huquqlari bo'yicha O ‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2011.

  5. Prava rebenka: Uchebnik. /pod red. A.X.Saidova. -T.: TGYuI, 2009.

  6. Bolalar g‘ayriijtimoiy harakatlarining oldini olish borasidagi dolzarb vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar: (ilmiy-amaliy konferensiya materiallari) O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yichcha komissiya, BMT Bolalar fondining (UNICEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining oliy o‘quv kurslari; mas’ul muharrir T.A.Umarov. -T.: YURIST-MEDIA markazi, 2010.

  7. Balog‘atga yetmagan bolalar huquqlariga oid xalqaro hujjatlar/Mejdunarodnue dokumentu po pravam nesovershennoletnix. - T.: Adolat. 2002.

2-mavzu. “Bola huquqlari” tarixi va uning rivojlanish tendensiyalari 1. Bola huquqlari to‘g‘risidagi g‘oyalar va qarashlarni shakllanishi va rivojlanishi. 2. Bola huquqlari masalalarining normativ shakllanishi va rivojlanishi.
1. Bola huquqlari to‘g‘risidagi g‘oyalar va qarashlarni shakllanishi va rivojlanishi
Bola huquqlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz, jamiyatning ijtimoiy ojiz qatlami hisoblanmish - bolalarga talluqli huquq va erkinliklar, ularning qonuniy manfaatlari tarixi, inson huquqlari tarixi bilan bevosita chambarchas bog’liq ravishda o’rganish maqsadga muvofiq ekanligiga yana bir bor guvoh bo‘lamiz. Zero, bola huquqlari inson huquqlarining tarkibiy qismidir.
Inson hayotini, uning katta kishi yoki bola ekanligidan qat’i nazar, o‘z mohiyatini tashkil etgan huquq va erkinliklardan xoli tasavvur etib bo‘lmaganligi sababli, bola ham, kattalardan kam bo‘lmagan darajada, o‘z huquq va erkinliklari e’tirof etilishiga muhtoj bo‘lib kelgan. Shunga qaramay, bola huquqlari asrlar davomida bunday alohida e’tirofdan mahrum bo‘lib kelgan. Uning yashashga bo‘lgan huquqlari insoniyat tarixida eng qadimiy muammolardan biri bo‘lib kelgan. Tarixdan bolalar noqonuniy tug‘ilgan, nikohsiz tug‘ilgan, yashirin ravishda tug‘ilgan, nogiron yoki kasal tug‘ilgan yoki bolaning otasi yoxud onasi noma’lum, degan vajlar bilan bunday toifadagi bolalarga nisbatan hurmatsizlik qilingan, bolalar tahqirlangan yoki jismonan yo‘q qilib ham yuborilgan21. Qadimgi Spartada nogiron tug‘ilgan bolalarni tiriklayin o‘limga mahkum etilgani, shuningdek, Qur’oni Karim nozil qilinguniga qadar qiz bolalarning dunyoga kelishi fojia sanalgani22 tarixiy manbalardan ma’lum. Ammo, insoniyat rivojlanib borishi bilan
bir qatorda, qishilik jamiyati yanada madaniylashib, bolalarga, ularning huquq va erkinliklariga bo‘lgan e’tibor ijobiy tomonga o‘zgarib borgan.
Bola huquqlari o‘zining ko‘p asrlik tarixiga ega. “Huquq” va “majburiyat” tushunchalari davlatlar tashkil topa boshlagan jamiyat paydo bo‘lishi va rivojlanishi bilan inson hayotidan ham mustahkam o‘rin oladi boshladi. Davlat- huquqiy hodisalar yuzaga kelishi bilan ijtimoiy munosabatlar ilk marotaba qonunlar yordamida muvofiqlashtiriladigan obyektga aylanadilar.
Amalda, bu kabi tartibot bo‘lg‘usida inson huquqlari g‘oyasining tug‘ilishi va rivojlanishi uchun huquqiy asos yaratdi, deyish mumkin. U ijtimoiy adolatsizlik, hamda inson tabiatiga xos huquq va erkinliklarni poymol qilishga asoslangan har bir davlatning mohiyatan ildizlarida yashirin edi. Insoniyat tarixi ham aynan ana shundan dalolat beradi. Ma’lumki, turli mamlakat va qit’a xalqlari ozodlik uchun, quldorlikka, ekspluatatsiya va inson huquqlarining poymol qilinishiga qarshi asrlar davomida kurashib keldilar. Kurash jarayoni muttasil ravishda ozodlik g‘oyasi o‘zining nochor ahvoliga qarshi kurashayotganlar ongini tobora ko‘proq egallab olishiga sabab bo‘ldi. Bunda g‘oya faqat kundalik ong darajasidagina shakllanish bilan cheklanmadi. U falsafiy-siyosiy fikrlar, huquqiy ta’limotlar, badiiy adabiyot, she’riyat va san’atda ham o‘z rivojlantirib borildi23.
Albatta, bu masalada, qadimgi yunon faylasuflarining xizmatlari kattadir. Ular asarlarida inson huquqlarining qadimgi ko‘rinishlari va tushunchalarini keltirgan holda, bolalarning huquq va erkinliklari cheklanganligini e’tirof etishadi.
Qadimgi mashhur donishmand Arastu (miloddan avvalgi 384-322 y.) davlatni “Ozod odamlar ittifoqi” deb ta’riflab, bu siyosiy uyushmaga qul bolalarni kiritmagan. Huquq va erkinliklar faqat ozod kishilarga xos deb hisoblangani bois, bolalar umuman davlat-huquq doirasidan chiqarib tashlangan. Ular hatto o‘z otalari bilan muloqotda bo‘lishi rad etilgan. Rim yuristlarining “Qullar, jonivorlar va buyumlar”, “Qul va hayvon” kabi mashhur maqollari bunday tenglashtirishning rasmiy ifodasi edi. Shunisi ham taassufki, bu maqollar qonun kuchiga ega bo‘lgan mashhur Digestlardan joy olgan edi24.
Jamiyat a’zolarini odamlar va buyumlar tarzida ifodalangani odamlarning ongiga ham o‘z ta’sirini ko'rsatgan, ularning tevarak atrof va jamiyatdagi hayot haqida fikrlarida ham aks etgan edi. Bolalarning voyaga yetmaganligi bilan bog‘liq jismonan va aqliy jihatdan yetarli noilojligi inobatga olinmas edi. Bolalar huquqsizlik, ijtimoiy adolatsizlik, qaramlikning mashaqqatlariga kattalar bilan bab- baravar darajada bardosh berishga mahkum etilgan edi.
Sitseron “Majburiyatlar haqida” asarida fuqarolarning majburiyatlarini ularning hayotiy zarurligi darajasiga ko‘ra bir qancha turlarga ajratadi. Birinchi o‘ringa, Vatan va ota-ona oldidagi majburiyatlar qo‘yilgan. Bolaga nisbatan majburiyatlar ikkinchi o‘rinni olgan. Ammo, bolalar o‘zining butkul huquqsizligi sababli oilada ham, jamiyatda ham, davlatda ham loyiq sharoitlarga ega bo‘lish uchun real imkoniyatlardan mahrum edi. Bolalarning jamiyatda va davlatdagi ayanchli ahvoli turli gumanitar fanlar, jumladan tarixda e’tibor beriladigan va o‘rganiladigan obyekt bo‘lib keldi25.
IX-XVII asrlarda Qadimgi Rusda bolalarni toifalarga ajratish urf-odat bo‘lgan. Mamlakatda Xristian dinining paydo bo‘lishi orqali ruhoniylar bolalarga nissbatan rahm-shavqat g‘oyalarini targ‘ib qilish orqali “bolalardek bo‘ling” degan yangi munosabatlar o‘rnatila boshlandi. Shu bilan birga xristianlik o‘z navbatida bolalarning qaysi urug‘, toifa yoki nasl-nasabdan dunyoga kelganini birinchi o‘ringa qo‘yib, bolaga nisbatan ota-onasining mavqei doirasida munosabatda bo‘lishni ham ilgari suradi. Ayniqsa, nikohsiz tug‘ilgan bolalarga bepisandlik bilan qarash illatga aylanib ketgan26.
Har bir xalq madaniyati, uning an’analari, dini, huquqiy qarashlarida umumijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab g‘oyalarni topish mumkin. Shu kabi, o‘tmishning insonparvarlik g‘oyalari bo‘lajak avlodlar qabul qilib olishi, o’rganishi uchun o‘ta qadrli asos, poydevorni tashkil etadi. O’tmishdagi salbiy hodisalarni yo‘qotib, shu bilan birga insoniyat xalqlar o‘z taraqqiyoti jarayonida to’plab kelgan qadriyatlarni asrab-avaylab keladi. Insoniyat tarixiy taraqqiyotining turli bosqichlarida yuz bergan xalqlarning o‘zaro almashinib, boyib borish mohiyati ham aynan shunda namoyon bo‘ladi.
Ushbu masala nuqtai nazaridan qadim Sharqda bola huquqlari, uning oila, jamiyat va davlatdagi ahvoliga yondashuv to‘g‘risida tushuncha hosil qilish imkonini beradigan alohida manbalarga murojaat qilish muayyan qiziqish uyg‘otadi. Ayniqsa, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan zardushtiylik diniy huquq tizimi qoidalari jiddiy e’tiborga molik. Shuni ham nazardan qochirmaslik kerakki, Sharqda bola masalasi jamiyat hayotining dolzarb masalasi bo‘lib kelgan. Sharq xalqlari bolaparvarligi bilan ma’lum va mashhur. “Avesto” muqaddas kitobining ba’zi qoidalariga murojaat qilganimizda, ushbu hol odamlarning kichik yoshli toifasiga qadriyat sifatida qarashlarning mustahkamlanishida muhim o‘rin tutganligini ko‘ramiz. Mazkur kitobda aytilishicha, bolalar “qat’iy tarzda muhofaza etilishi” shart. Bunda so‘z nafaqat tug‘ilgan, balki tug‘ilajak bolalar haqida ham boradi (Videvdat, XV, 36-39)26.
Hali tug‘ilmagan, ona qornidagi bola farovonligi, tinchligi ham dunyoga kelgan bola farovonligi, tinchligiga tenglashtiriladi. «Avesto, - deydi S.G.Ganbarov, - tug'ilgan va hali dunyoga kelmagan bolalarning huquqlarini qat’iy muhofaza etgan»27 28. Qat’iy muhofaza etish g‘oyasi hali tug‘ilib ulgurmagan bolaga ham teng ravishda taalluqlidir. Voyaga yetmagan bolalarni ota-onasidan olib ketib qolish, ularni vasiyliksiz qoldirishga og'ir jinoyat sifatida qaragan29. Nafaqat tug‘ilgan bola, balki ona qornida bo‘lgan bolalar huquqini alohida muhofaza qilish nazarda tutilgan. Homilador ayol homilasini oldirib tashlasa yoki jonzotni boshqa yo‘l bilan tushirishi gunoh hisoblanib, aybdorlar o‘lim jazosiga mahkum etilgan30. Bolalarni go‘dakligidanoq o‘qitish, ilmli qilish tavsiya etilgan. “Agar o’g’ling bo’lsa, - deyiladi “Adurbadning o‘gitlari”da,- uni bolaligidanoq maktabga ber, zotan, bilim ko‘z nuridir”31.
Olam taraqqiyotiga Yaxshilik va Yomonlik orqali qarash bilan zardushtiylik odamlarni Yaxshilik qonunlari asosida, erkinlikda, bo‘ysunish va zo‘ravonlikka majburlanmay yashashga chaqiradi. U baxtsizlik va g‘am-qayg‘u keltiradigan johillikdan saqlanishni maslahat beradi. Oila yaratish, farzand ko‘rish, uy-joy qurish, hatto daraxt ekish va yer sug‘orish ham zardushtiylik tomonidan baxtli hayotning yaqqol belgilaridan deb qaralgan32.
Zardo‘shtiylikda «Yer boqqan qizlar, iqtidorli bolalar”ga Yaxshilik mahsuli deb qaralgan. Xalq ongi, fikr-qarashlari ifodasi bo‘lgan “Avesto” jamiyatda bolalarga nisbatan “mehr ko‘zi bilan qarash”ning “tobora ildiz otishi”ga muvofiqlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatgan. Uning me’yorlari “uy-joy tiklash”, “farzand ko‘rish”, ular to‘g‘risida doimiy g‘amxo‘rlik qilishga chaqirgan. Ushbu g‘oyalar o‘zining umumijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra shu qadar jiddiy ediki, ular insonlar o‘rtasidagi muloqotda “Farzand ko‘rish, uy qurish va daraxt ekish” ko‘rinishida hamon mavjud. Ammo odamlar hayotidan muqim joy olgan bu iboraning “ildizlari” qabila-qabila bo‘lib yashalgan, zardushtiylik davriga borib taqalishidan ko‘pchilik bexabar. Yaqin va O‘rta Sharq, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlarida yashayotgan xalqlarning bir necha avlodlari zardushtiylik ta’sirida shakllanib borgan. Islomdan avvalgi shakllangan “Yaxshilik qonunlari” ko‘p sonli xalqlar xotirasida saqlanish bilan cheklanmay, balki ularning hayot tarzi, avloddan- avlodga o‘tib kelayotgan an’analarida ham aks etdi. Bolalarga Sharq mamlakatlari, xususan Markaziy Osiyoda asrlar davomida “yaxshilik mevasi” deb qaralgan.
Zamonaviy O’zbekiston aholisining deyarli yarmini ham ota-onasining faxri va ishonchi bo‘lgan bolalar tashkil etishi ham tasodif emas33.
Bolalarga nisbatan zardushtiylik tuzumi davrida shakllangan ezgulik ko‘zi bilan qarash islom davrida, islom huquqi me’yorlarida ham o‘z aksini topdi. Ayniqsa u me’yorlari kichik yoshli bolalarga vasiylik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soladigan xizanat qoidalarida to‘liq ifodalangan34. Shunisi qiziqki, nikoh buzilgan holda islom huquqida kichik yoshli bolaga vasiylik qilish huquqi onaga beriladi, deb e’tirof etiladi. Onaning bolaga vasiylik qilish huquqi asoslanadigan dalillar ham e’tiborga molik35.
Islom dini bola tarbiyasiga katta e’tibor qaratgan. Quyidagi hadisi shariflarda ham bu narsa alohida ta’kidlangan.

  1. Ota-ona farzandiga go‘zal odob va yaxshi tarbiyadan ortiq (narsa) berolmaydilar”.

  2. Farzandlarigizga ikromda bo‘ling (yaxshi munosabatda bo‘ling), ularga go‘zal odob va tarbiya bering”36.

Islom huquqi sharhlari - Hidoyaga muvofiq ushbu e’tirof asosini payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v.ning o‘z oldiga farzandini tortib olib qo‘yish maqsadida tashrif buyurgan eridan shikoyat qilib kelgan ayolning murojaatiga oid fikri tashkil etadi. Payg'ambarimiz quyidagicha javob berganlar: “Sen boshqa odamga turmushga chiqquningga qadar sobiq turmush o‘rtog‘ingga nisbatan farzand huquqiga ko‘proq egadirsan37.
Bu hadis islom huquqiga berilgan sharhlarda yanada rivojlantirildi. Ularda ta’kidlanishicha, ona “faqat mehribon emas, bolaning kichikligida emizishda durust moslashgani, bola to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish unga topshirilgani bola uchun bevosita foydalidir”38.
Kichik yoshli bolalar ustidan vasiylik qilish masalasi birinchi navbatda bola manfaatlari ustuvorligi nuqtai nazaridan hal qilinishi e’tiborga molik. Onasi vafot etgan bolaga nisbatan xizanat o‘rnatish bilan bog‘liq munosabatlar ham xuddi shu manfaatlarni ko‘zlab tartibga solinadi. Bunda ona tomonidan buvi imtiyozga ega hisoblanadi. Ota tomoni buvisining xizanat huquqi faqat ona tomonidan buvi vafot etganidagina e’tirof etiladi.
Ona tomonidan bo‘lgan buvi insonparvarlik qarashlariga asoslanib tanlangan deyish mumkin. Bunda ana shu buvi “o‘z avlodlariga boshqa qarindoshlarga nisbatan ko’proq g’amxo’rlik qiladi” deb hisoblaniladi39.
Hidoya”ga binoan ona tomon qarindoshlari bo‘lmasa, u holda xizanat huquqi bolaning ammalariga tegishli bo‘ladi. Biroq bunda ulardan qarindoshi bilan nikohda bo‘lgani imtiyozga ega bo‘ladi. Begona bilan qurilgan nikoh uning vasiylik huquqini bekor qiladi, chunki “begona er” yetim qolgan bola bilan yetarlicha yaxshi muomala qilmaydi deb hisoblanadi. Ammo nikoh bekor qilinganda u yana xizanat huquqini qo‘lga kiritadi, chunki bu huquqga ega bo‘lishga xalaqit bergan holat barham bo‘lgan hisoblanadi40.
Xizanat huquqi bolaning o‘ziga o‘zi mustaqil qaray olmaydigan davrigacha davom etadi, bolaning o‘zi ovqatlana olishi, suvini ichishi, harakatlana olishi va boshqa tabiiy ehtiyojlarini boshqalarning yordamisiz amalga oshira oladigan yetuklik yoshiga yetganidan so‘ng unga g‘amho‘rlik qilish otaga yoki homiy bo‘lishi mumkin bo‘lgan otasining yaqin qarindoshlaridan biriga o‘tadi. Ya’ni, bolaning barcha sohalarda foydali va yaxshi sohalarda ta’lim olishiga, insonlarning bilimi va jamiyatning san’atini o‘rganishida g‘amho‘rlik qilish bag‘ishlash ko‘proq ota va ota tomonidan qarindoshlariga ma’qul hisoblanadi. Bunda, ya’ni xizanat huquqida onaning ustuvorligi, odatda, o‘g‘il bolalar uchun 7 yosh, qizlar uchun 9 yoshni tashkil etadi41.
Ko‘rinib turibdiki, bolaga kim qarashi kerak, unga kim g’amho’rlik qilish lozim, degan masalada kichik bolaning sog’lom rivojlanishi manfaatlari hammadan oldingi o‘ringa qo‘yilgan. Islom huquqida batafsil tartibga solingan bola huquqlarining ustuvorligi hozirgi zamonaviy bola huquqlarini afzalroq ta’minlash prinsipiga hamohangdir. Bundan tashqari islom huquqida mustahkamlangan bola manfaatlarini muhofaza qilish g‘oyasi o‘zining kelib chiqishi nuqtai nazaridan ancha qadimiydir42.
Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq, ularni oziqlantirish, ayniqsa muhtoj bo‘lganlariga sadoqa tarzida yordam ko‘rsatish kabi munosabatlar juda keng tartibga solingan.
Qur’oni karim go‘dakni emizishni tamomlashni istovchi onalarga “o‘z bolalarini ikki yil boqishlari”43 zarurligini uqtiradi hamda tug‘ilgan bolani ota- onalari “odatga ko‘ra” oziqlantirishga va kiyintirishga majbur ekanliklarini eslatadi44. Bolalarga muhabbat, hayotning ko‘rki va sevinchi, deb hisoblanadi45.
Islomda farzandlarning qanday huquqlari bor?
Islomda farzandlarning huquqlari rioya qilingan bo‘lib, bular ularning ota- onalari yoki yaqin qarindoshlari, yashayotgan jamiyatlariga vazifa qilib yuklatilgandir. Bular voojib bo‘lib, unga amal qilmoqlik majburiydir. Ulamolarimiz quyidagilarni zikr qiladilar:

  1. Nasab-nikohning asl maqsadlaridan biri ham, naslu nasabini saqlashdir. Busiz oila ham, jamiyat ham bo‘lmaydi. Farzandning ota-onasi nikohdan o‘tgan, halol-pok yashagandagina nasabi aniq va pok bo‘ladi.

  2. Emizish - tug’ilgan farzand avvalo emizishga muhtoj. Bu esa onasining vazifasi. Shar’iy uzr sababli ona emiza olmasa, emizuvchi topish va uni rozi qilish otaning ishi hisoblanadi.

  3. Homiylik - bola yetti yoshga qirguncha birovning himoyasiga muhtoj. Ya’ni doimo ovqatlanish, kiyinish, yuvinish va boshqa holatlarda kattalarning yordamiga muhtoj. Bu ishlarni uning ota-onasi, ular bo‘lmasa yaqin qarindoshlari amalga oshirishlari vojibdir. Buning talablarini, yuqorida xinazat huquqida ko‘rib o‘tdik.

  4. Valiylik - yetti yoshdan balog‘at yoshiga yetguncha bo‘lgan bolalar valiyga, o‘zidan katta rahbarga muhtojdirlar. Bu ham ota-ona bo‘lmasa, yaqin qarindoshlarga yuklatiladi.

  5. Nafaqa. Bolalarning nafaqasini berish, ularni oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy bilan ta’min etish otaning burchidir.

  6. Balog‘atga yetgandan so‘ng uylantirib, oilalik qilib qo‘yish va boshqalar. Ko‘rinib turibdiki, oila farzandlarning alohida huquqlari bo‘lib, unga amal qilish shart etib qo‘yilmoqda46.

Yetim bolalarning iqboli haqida g‘amxo‘rlik qilishga, ularning mulkiy huquqlarini muhofazalashga Islom dinida katta ahamiyat beradi. Qur’on oyatlariga muvofiq, yetim bolalarga ular nikoh yoshiga yetgach va aqli raso bo‘lgach, g'amxo'rlik qilishga mas’ul kishilar ularning mulkini “behuda va shoshilinch yemasdan” berishga majbur. Jumladan, Uning sur’alaridan birida uqtiradi: «Yetimlarning mol-mulklarini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsalar, albatta, qorinlarida olov yegan bo‘lurlar va albata, do‘zaxda toblanurlar”47.
Yetim-esirlarga ularning mulkini bering,

Download 124,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish