16-modda. Vasiylik yoki homiylik b lgilanishiga muhtoj
bo‘lgan shaxslar aniqlanganligi to‘g‘risida vasiylik
va homiylik organlariga ma’lumotlar taqdim etish
Vasiylik yoki homiylik b lgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar aniqlanganda,
huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish
organlari, m hnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, ta’lim
muassasalari va sog‘liqni saqlash muassasalari, shuningd k fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlari mazkur shaxslar aniqlangan kundan e’tiboran yetti ish
kuni ichida ular haqidagi ma’lumotlarni yozma shaklda vasiylik va homiylik
organlariga yuboradi.
Vasiylik yoki homiylik b lgilanishiga muhtoj bo‘lgan bolalar aniqlangan
hollarda, vasiylik va homiylik organi bunday ma’lumotlar olingan kundan
e’tiboran uch ish kuni ichida ularning turmush va ta’minot sharoitlarini qonun
hujjatlarida b lgilangan tartibda t kshiruvdan o‘tkazishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |