25-modda. Bir shaxsni bir n chta vasiylikdagi yoki homiylikdagi
shaxsga vasiy yoki homiy etib tayinlash
Zarurat bo‘lganda, vasiylikka yoki homiylikka olinuvchilarning qonuniy
manfaatlaridan k lib chiqqan holda, tuman, shahar hokimi qarori bilan bir shaxs bir
chta vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga vasiy yoki homiy etib tayinlanishi
mumkin.
Shaxsni ikkinchi va undan k yingi vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga
vasiy yoki homiy etib tayinlash to‘g‘risidagi tuman, shahar hokimi qarorida boshqa
shaxs vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin emasligining sabablari
ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Ayni bir vasiy yoki homiy o‘z majburiyatlarini bajarayotganda uning
vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxslarning manfaatlari o‘rtasida qarama-
qarshiliklar yuzaga k lgan taqdirda, vasiylik va homiylik organi yuzaga k lgan
qarama-qarshiliklar hal etilguniga qadar vasiyning yoki homiyning
majburiyatlarini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |