4-modda. Vasiylik va homiylik sohasidagi
davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Vasiylik va homiylik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
quyidagilardan iborat:
vasiylik yoki homiylik b lgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning o‘z vaqtida
aniqlanishi, hisobga olinishi va joylashtirilishini ta’minlash;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash;
bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligini ta’minlash;
vasiylik yoki homiylik b lgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida
g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash;
vasiylik va homiylik sohasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat
hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda
nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlash;
vasiylik va homiylik sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |