Bola huquqlarini ta’minlash va ularga rioya qilish sohasida monitoring
vositalari davlat siyosatining ishonchliligini baholashda, davlat organlarining
huquqni qo‘llash faoliyatidagi vaziyatni, ular tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan
buzilishlar va ularning tarqalishi sabablarini aniqlashda yordam b radi. Monitoring
yordamida eng qo‘pol va k ng tarqalgan bola huquqlari buzilishini aniqlash va
vaziyatni to‘g‘irlash uchun choralar ko‘rish mumkin; qonunchilik hujjatlaridagi
muammolarni yoki markaziy va mahalliy darajadagi organlar faoliyatini
tashkillashtirishdagi kamchiliklarni aniqlash mumkin.