BOLANING TURAR JOYGA BO‘LGAN HUQUQLARI
KAFOLATLARI
Har bir bola turar joyli bo‘lish huquqiga ega. Ushbu huquq qonun -
hujjatlarida b lgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Turar joy mulkdorining yoki turar joyni ijaraga oluvchining oila
a’zolari bo‘lgan bolalar ular qayerda bo‘lishlaridan qat’i nazar, turar joy
mulkdori yoki turar joyni ijaraga oluvchisi egallab turgan turar joyga
nisbatan huquqqa ega bo‘ladi.
Tarbiya, davolash muassasalari va boshqa muassasalarda,
qarindoshlari, vasiylari yoki homiylari qaramog‘ida bo‘lgan yetim bolalar,
ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar turar joyga bo‘lgan
mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini saqlab qoladi.
Vasiylik yoki homiylik b lgilangan bolaning mulkida yoki foydalanishida
bo‘lgan turar joyni o‘zga shaxsga o‘tkazish uchun vasiylik yoki homiylik
organining roziligi talab qilinadi.
300
Do'stlaringiz bilan baham: |