Bolaning jinoiy faoliyatga jalb qilishdan himoya qilinish huquqi.
BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konv nsiyaning 33-moddasi davlatlarni
bolalarni giyohvandlik va psixotrop moddalarni g‘ayriqonuniy ravishda ist ’mol
qilishini va giyohvandlarni sotishga jalb qilinishdan himoya qilishga chaqiradi.
BMT voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikni oldini olish to‘g‘risidagi
qoidalari
167
davlatlar bolalarni jinoiy faoliyatga jalb etilishi xavfini kamaytirish
maqsadida davlat tomonidan qabul qilinishi zarur bo‘lgan qonuniy va ma’muriy
choralarni b lgilaydi.
Bu qoidalar voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikni oldini olishda
oilaning, jamiyatning, ommaviy axborot vositalarining rolini ta’kidlaydi.
Davlat bolani jinoiy faoliyatga jalb etilishidan, jumladan fohishabozlik bilan
shug‘ullanishdan himoya qilinishi to‘g‘risida qayg‘urishi k rak.
O‘zb kiston R spublikasi Oila kod ksida ota-onalar va ularning o‘rnini
bosuvchi shaxslarga bolalarni tarbiya qilish, ularning jismoniy, ruhiy, ma’naviy va
ahloqiy rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlar yuklatilgan. Ular
bolalarga ziyon yetkazmasligi, jumladan jinoiy faoliyatga jalb qilmasliklari k rak.
167
Ar-Riyod dasturiy prinsiplari, BMT Bosh Assambl yasi R zolyusisi 45/112 ,1990-yil
240
“Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan harkatlar va qarorlar
ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi, “Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha
vakili to‘g‘risida”gi va boshqa Qonunlar asosida bola huquqlarini sud orqali va
ma’muriy tartibda himoya qilish usullari aks etilgan.
Bolaning himoyaga bo‘lgan huquqini o‘zida aks ettirgan “Bolalar
huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 11-moddasini
ahamiyati
shundaki, unda bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuiy manfaatlari nafaqat
davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat
Har bir bolaga uning huquqlari, erkinliklari va qonu
niy
manfaatlarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining, fuqarolar
o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining
qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy
harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi
kafolatlanadi.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya
qilish uning ota-onasi, ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslar,
qonunda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi,
prokuror, sud tomonidan amalga oshiriladi.
Voyaga yetguncha qonunga muvofiq to‘la muomalaga layoqatli
b e’tirof etilgan (emansipasiya) bola o‘z huquqlarini, shu jumladan,
himoyaga bo‘lgan huquqini mustaqil amalga oshirishga hamda
majburiyatlarini mustaqil bajarishga haqlidir.
Bola ota-ona va ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan
qilinadigan suiist ’molliklardan himoyalanish huquqiga ega.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari
buzilganda, shu jumladan, ota-ona (ulardan biri) yoki ota-onaning
o‘rnini bosuvchi shaxslar bolaga ta’minot, tarbiya va ta’lim b rish
bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada
bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiist ’mol qilganda bola
o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so‘rab vasiylik
va homiylik organiga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqli.
Bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganidan, uning
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor
bo‘lgan shaxslar bu haqda bola haqiqatda turgan joydagi vasiylik va
homiylik organiga ma’lum qilishlari shart. Shunday ma’lumotlar
olingan taqdirda, vasiylik va homiylik organi bolaning huquqlari,
erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha zarur
choralar ko‘rishi shart.
241
birlashmalari, mansabdor shaxslar tomonidan, shu bilan birga ota-onalar va ularnig
o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan buzilganda ham ularni himoya qilish
usullarini b lgilab b radi.
Har bir bolaga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud
orqali himoya qilish, davlat organlarining, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, mansabdor shaxslarning
noqonuniy qarorlari va haraktalari ustidan sudga shikoyat bilan murojaat qilish
huquqi kafolatlanadi.
Bolalarning tarbiyasiga, ota-onalar huquqlarini amalga oshirishga, bola
yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishishga, nikohdan ajratishga, mulkni bo‘lishga oid
masalalar bo‘yicha va boshqa ishlar bo‘yicha ota-onalar o‘rtasidagi nizolarni ko‘rib
chiqqanda, sud bolaning eng yaxshi manfaatlaridan k lib chiqqan holda va
bolaning fikrini e’tiborga olgan holda nizoni hal qiladi.
Ta’kidlash joizki, BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konv nsiyaga
ko‘ra, bolaning eng yaxshi manfaatlaridan k lib chiqish tamoyili shuni anglatadiki,
bolaga nisbatan muayyan harakatlarni amalga oshirganda, qaror qabul qilganda,
ular bolaning hayotiga, sog‘lig‘iga, uning jismoniy, int ll ktual va ma’naviy
rivojlanishiga qisqa va uzoq muddat ichida qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini
ko‘zda tutishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |