Bolaning erkinlikka va shaxsiy daxlsizlikka bo‘lgan huquqini
ta’minlash.
Bolaning erkinlikka va shaxsiy daxlsizlikka, turar joyi daxlsizligiga va
xat-xabarlarini sir tutilishining qonuniy asosini O‘zb kiston R spublikasi
Konstitutsiyasi, Fuqarolik, Jinoyat, Jinoyat-prots ssual kod kslari, “Bola
huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari
tashkil etadi.
O‘zb kiston R spublikasi Konstitutsiyasining 25-moddasi quyidagi qoidani
e’tirof etadi: Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. H ch kim
qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin
emas”
Konstitutsiyaning 27-moddasi shaxsiy daxlsizlikni shaxsiy hayotga
aralashishga yo‘l qo‘ymaslik bilan bog‘laydi. Unga binoan, “Har kim o‘z sha’ni va
obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va
turar joyi daxlsizligi huquqiga ega.
ch kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning
turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan k chirishi, yozishmalar va
fonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas”.
227
Do'stlaringiz bilan baham: |