Bolaning sha’ni va qadr-qimmatini hamda uning shaxsiy hayotiga
noqonuniy aralashishdan himoya qilinishga bo‘lgan huquqi.
Davlat bolaning
uning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qilishlardan, uning shaxsiy hayotiga
noqonuniy aralashishlardan himoya qilinishga bo‘lgan huquqini ta’minlaydi.
Bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqi 14 yoshgacha
bo‘lgan bolaning ota-onasi yoki qonuniy vakili tomonidan, ko‘rsatilgan yoshga
tulgandan k yin mustaqil ravishda bolaning o‘zi tomonidan amalga oshirilishi
mumkin.
Bolalar sudda ish ko‘rilishi yoki xayriya faoliyatining oby ktlari bo‘lgan
hollarda ularning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni himoya qilish huquqiga
ega.(masalan, bolaga nisbatan vasiylik b lgilangan, farzandlikka olish, ajralish va
hokazo). Bolaning shaxsiy hayoti sud jarayonining barcha bosqichlarida hurmat
qilinishi k rak. Xalqaro standartlarda voyaga yetmagan gumon qilinuvchining yoki
huquqbuzuvchining ismi ommaviy axborot vositalarida chop etilishining salbiy
oqibatlari ko‘rsatilgan.
“Voyaga yetmagan huquqbuzuvchining shaxsini
aniqlashga olib k ladigan har qanday ma’lumotni chop etish taqiqlanadi”.
161
Bolalar ishtirokida sud ishni yopiq tarzda o‘tkazish shart. Sudda ommaviy hukm
chiqarilayotganda bolaning shaxsi oshkora etilishi mumkin emas.
Bolaning shaxsiy hayotga bo‘lgan huquqi u davlat muassasasiga, jumladan
ozodlikdan mahrum etish joylariga joylashtirilganligidan so‘ng ham saqlanib
qoladi. Bola turgan xonaning, bolaning shaxsiy daxlsizligini ta’minlash k rak –
minimal hudud, alohida xojatxona va yuvinish uchun joylar bo‘yicha standartlarga
rioya etilishi shart. Bolalar o‘zlarining shaxsiy narsalarini saqlash uchun muassasa
xodimlari tomonidan tintuv qilinmaydigan joyga ega bo‘lishlari shart.
Bolalar sha’niga va qadr qimmatiga tajovuzlardan himoya qilingan bo‘lishi
shart. Boshqacha qilib aytganda, qonunlar bolalarni og‘zaki va yozma hamda
ommaviy aborot vositalari orqali tajovuzlardan himoya qilishi shart.
161
BMTning Balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari (“P kin
qoidalari”), 8.1-qoida.
228
O‘zb kiston R spublikasi Jinoyat-prots ssual kod ksida bolaning, voyaga
yetmaganlar sifatida jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish alohida bobda, ya’ni
Kd ksning 13-bo‘limining 60-bobida ko‘rsatilgan, chunki, ularga nisbatan o‘zga
ma’yorlar qo‘llaniladi. Voyaga yetmaganlarning jinoyat ishlarini yuritishda
ularning ijtimoiy-ruhiy holatlarini e’tiborgan olish muhimdir. 14 yoshdan 18
yoshgacha bo‘lgan shaxslarda bir tomondan yetuklik alomatlari, ya’ni ularda
mustaqillkning shakllanishi, o‘zini tuta bilish va idora vilish namoyon bo‘lsa,
ikkinchi tomondan ijtimoiy ulg‘ayishning davom etayotganligi (maktab yoki
boshqa bilim dargohida o‘qishni davom ettirishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga
intilishi, muomala layoqatini rivoji) ko‘rinadi.
162
Jumladan, O‘zb kiston
spublikasi Jinoyat-prots ssual kod ksida voyaga yetmaganlarning odilsudlov
bilan bog‘liq sohasida qadr-qimmatini hurmat qilish tamoyilini ta’minlash usullari
mustahkamlanib qo‘yilgan, ular quyidagilarda o‘z aksini topgan:
–voyaga yetmagan ayblanuvchining shaxsini uning turmush tarzi
sharoitlarini, oilaviy sharoitni har tomonlama o‘rganish; ( 548-modda);
–voyaga yetmaganlarning qonuniy vakillarining ishda ishtirok etishini
ta’minlash (549-modda);
–ishda himoyachining ishtirokini ta’minlash (550-modda);
–ayblanuvchini ishlagan yoki o‘qigan muassasalar vakillari, uning vasiysi
yoki homiysi, voyaga yetmaganlarning ishlari bo‘yicha komissiyaning
vakillarining ishtirokini ta’minlash; (551-modda);
– ayblanuvchini so‘roq qilishga k tgan umumiy vaqt, kun davomida dam
olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda, 6 soatdan
oshmagan vaqtda himoyachining va qonuniy vakilining ishtirokida so‘roq qilishda,
ularni so‘roqning bayonnomasi bilan tanishtirish va o‘z fikrlarlarini bildirish
huquqini ta’minlash (552, 553-moddalar);
–so‘roqda zarur hollarda p dagog yoki psixologning ishtiroki (554-modda);
162
Jinoyat prots ssi: (Maxsus qism): Yuridik institut va fakult tlari talabalari uchun darslik (Z.F.Inog‘omjonovaning
umumiy tahriri ostida). –T.: TDYuI, 2008. -B.327
229
–ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot choralarini
tanlash ( 555-modda);
–voyaga yetmaganlarning ota-onasi, vasiysi, homiysi yoki bolalar
muassasalarning rahbarlarining qaromog‘iga topshirish ( 556-modda);
–prokuror sanksiya bilan yoki sud ajrimiga binoan voyaga yetmganlarni
bolalar muassasalariga joylashtirish (557-modda);
–sud qarori asosida ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish yoki uy
qamog‘iga joylashtirish (558-modda);
–qonuniy vakili ishtirokida ish mat riallari bilan tanishtirish va voyaga
yetmaganning shaxsiga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan ish mat riallarni
tanishib chiqish uchun ko‘rsatmaslik (559-modda);
–zarur hollarda ishni yopiq sud majlisida ko‘rib chiqish (560-modda);
–voyaga yetmaganlarga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan hollarda ularni
sud majlisi zalini chiqarib turish (561-modda);
–v
oyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi komissiyani ishni ko‘rib
chiqishda ishtiroki to‘g‘risida habardor qilish (562-modda);
–ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo chorasini tayinlash
hamda voyaga yetmaganni jazodan ozod qilish va unga nisbatan majburiy chora
ko‘rish to‘g‘risidagi masalani sudda muhokama etilishi (563-564-moddalar)
163
.
Shunday qilib, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy ishlarni ko‘rib
chiqilganda bolaning sha’ni va qadr-qimmatining himoya qilinishi sudga nafaqat
jinoyatni sodir etilishining sabablarini va shartlarini aniqlashda, ayblanuvchi
shaxsining xusutsiyatlarini aniqlashda, unga sodir qilganiga munosib jazo
tayinlashda, balki bolaning shaxsiga hurmat qilishni talab qilishga ham yordam
rishi mumkin bo‘lgan ota-onalari, advokati, boshqa qonuniy vakillari,
jamoatchilik, p dagoglar, psixologlar ishtiroki etishini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |