Yuridik terminlarning o’ziga xos xususiyatlari



Download 39,98 Kb.
bet2/3
Sana24.01.2022
Hajmi39,98 Kb.
#407213
1   2   3
Bog'liq
2 5222463288842913105

Kalit so‘zar: Termin, yuridik termin, Sud, tabiiy mevalar, yuridik mevalar, zararli qurol meva nazariyasi, dalil, mantiqiy gumon.

Termin lotincha terminus–chek , chegara, chegara belgisi kabi ma’nolariga ega bo’lib, fan, texnika va boshqa sohaga oid narsa haqidagi tushunchani aniq ifodalaydigan, ishlatilish doirasi shu sohalar bilan chegaralangan so’z yoki so’z birikmasi. Terminlar bir ma’noli bo’lishi, ekspressivlik va emotsionallikka ega bo’lmasligi kabi belgilari bilan ham umumiste’moldagi so’zlardan farqlanadi.

Vinokurning fikricha: –har bir terminologik sohada boshqa terminologiya bilan yoxud umumadabiy so’zlar bilan bir xil bo’lgan terminlar mavjud.1 Masalan: abordage –sudlarning to’qnashuvi (yuridik termin sifatida); abordage –abordaj, kemaga chiqish (dengizchilar termini).

Terminlarni quyidagicha tasniflash mumkin:



  1. Sof yuridik terminlar;

  2. Umumadabiy so’zlar bilan yoki boshqa terminologik sohadagi terminlar;

  3. Umumadabiy so’zlar;

  4. Ikki tilli lug’atda keltirilgan, lekin yuridik termin sifatida belgi qo’yilmagan va yuridik lug’atlarga kiritilgan so’zlar

Termin –kasb-hunarga oid bilimlar sistemasiga taalluqli tushunchaning lisoniy aks etilishidir. Uni to’g’ri tushunish uchun, termin maxsus definitsiya (izoh) talab etadi.2 Yuridik terminologiya esa (yuridik terminlar yig’indisi), har bir tilda spetifik (o’zgacha) dir. Unda yuridik til asos olgan va unda huquqning predmeti sohasidagi ma’lumotlar to’planib boradi. Yuridik terminlarga quyidagi xususiytalar xos:

  1. Keng tarqalganlik;

  2. Sistemaviylik;

  3. Ichki yaxlitlik

  4. O’zaro uzviylik;

  5. Turg’unlik.

Terminlarning o’zaro bog’liqligi, bir termindan asoslangan holda unga ma’no jihatidan yaqin turg’un iboralar paydo bo’lishida aks etadi.3 Masalan: huquq, huquqshunos, huquqbuzarlik; yapon tilida –法律 (houritsu), 法律家 (houritsuka), 不法行為 (fuhoukoui).

Yuridik terminlarni tasniflash ularni sof yuridik terminlarga va umuiste’mol tildagi terminlarga bo’linishiga asoslanadi. Bu tasnif ularni o’z navbatida ikkiga bo’ladi: sof yuridik terminlar va ikki taraflama terminlar, ya’ni, ham yuridik termin, ham umumadabiy so’z.4

Quyida Amerikada mavjud advokat ofisidagi holatni ko’rib chiqamiz. Jones o’ziga aloqador bo’lgan hodisa haqida rasmiy (huquqiy) jarayonga mos holda advokat tomonidan chaqirilib, guvohlik beradigan bo’ldi.

Q : Mrs, Jones, is your appearance this morning pursuant to a deposition notice which I sent your attorney?

A : No, this is how I dress when I go to work.

(Tiersma1999:112)

Q (弁護士) : ジョーンズさん、今朝のあなたのappearance は、私があなたの弁護士に送付した通知書に従ったのですよね。

A (ジョーンズ) : いいえ、これは、私が仕事に行く時のappearanceです。

()

S :Janob Jones, bugun ertalabgi sizning ko’rinishingiz advokatingizga yuborgan xabarnomaga to’g’ri keladi, shundaymi?



J: Yo’q, bu men ishga boradigan vaqtimdagi qiyofam.


Bir qarashda bu yerda hammasi to’g’ridek, lekin, aslida unday emas. Buning sababi appearance ( ko’rinish,qiyofa) so’zining talqin qilinishidadir. Ingliz tilidagi appearance so’zi yapon tilida “kiyimbosh kabi tashqi ko’rinishi” ni ko’rsatadi. Lekin, Oliy Sud vaziyatidan kelib chiqqan holda esa “ishtirok etish”, “sudga kelish” kabi “chiqish” ma’nosida keladi. Janob Jones bu iboraga tushunmay advokatura idorasida bo’lishi haqidagi savolni o’zining kiyimboshi haqida so’ralyabdi deb tushunadi.Bu kabi yuridik atamalarning ma’nosi har kungi so’zlardan farqlanish sabablari faqat ingliz tilida emas, yapon va o’zbek tillarida ham mavjud.

Yapon tili yuridik terminlarida o’ta murakkab ierogliflar qo’llanilmaydi, balki tasodifiy, kutilmagan ierogliflarning birlashuvidagi terminlar ko’p. Bu tasodifiy ierogliflarning birlashuv usuli Odil Sudni amalga oshirish tartibini ko’rib chiqish jarayoni asosida borayotgani uchun so’zlashuv uslubi tomonidan qaraganda u o’ziga xos hisoblanadi. Bu o’ziga xos moslashish usuliga so’zlashuv uslubidagi tasniflash yo’li orqali umumiy ma’lumot beramiz.

Yapon tili yuridik terminlarni tasniflash quyidagi o’nta turdan iborat: neolagizm, o’zlashtirilgan so’zlar, eskirgan so’zlar, tarjima qilingan so’zlar, omonim so’zlar, turli ieroglifli so’zlar, o’qilishi ham, ma’nosi ham turlicha so’zlar, ko’p ma’noli so’zlar, sinonimlar va chegaralangan so’zlar.

Tarjima qilingan so’zlar

G’arbiy Yevropadagi yuridik terminlarni to’g’rima -to’g’ri tarjima qilganda noto’g’ri tushunchalarni keltirib chiqaradigan yuridik terminlar mavjud.

Tabiiy mevalar -天然果実(tennenkajitsu), qonuniy mevalar-法定果実(houteikajitsu), zararli qurol meva nazariyasi- 毒樹の果実論 (dokujunokajitsuron).

Yuridik terminlardagi tabiiy daromad, hosil faqat mevalarga emas, o’rmondan kesilgan yog’och, sigirdan sog’ilgan sut, kondan qazib olingan toshko’mir, tabiatdan olingan hosilning barchasiga to’g’ri keladi. Boshqa bir tomondan, yuridik hosil tabiiy narsa bo’lmay, arizani ko’rib chiqqan holda qabul qilinadigan tub joyli va ijaradagi shaxslarning uzoq muddatli foizli qarziga aytiladi. Bu o’ziga xos yuridik terminlar faqat mevalarnigina emas, yerosti boyliklari-u, daromadli foydagacha kabilarni o’z ichiga oluvchi keng ma’noga ega bo’lgan lotin tilidagi “fructus” –meva so’zi yapon tilida “meva” ma’nosidan boshqa narsani anglatuvchi ma’nosi yo’q “果実“(かじつ) -hosil so’zi bilan tarjima qilinganligi uchun shunday holat yuzaga keldi.

Tabiiy mevadan tashqari zararli qurol meva nazariyasi degan ajablanarli tarjima so’zlari mavjud. Zararli qurol qiynoq kabi noqonuniy yo’l bilan qo’lga kiritilgan dalil bo’lib, zararli qurol (dalil) dan pishib yetilgan meva (dalil) ham Sudda qo’llanmasligi kerak. Zararli qurol meva nazariyasi ingliz tilidagi qonuniy prinsiplarda uchraydigan “fruit of the poisonous tree” –zaxarli daraxt mevasi deb tarjima qilinadi. Yuz yil oldin Amerika Sudida sudiya injil kitobining “Yaxshi daraxtdan yaxshi meva olinadi, yomon daraxtdan esa foydasiz mevalardan boshqasi olinmaydi, mevalarni ko’rib ajratib, yomon daraxtning mevasi olovga tashlanadi” –degan qismini sitata qilib aytgan “qalloblik bilan yig’ilgan dalillar, Sud zalida dalil sifatida ishlatilmaydi” gapi tarixda qolgan.

Mantiqiy gumon-合理的な疑い(Gouritekina utagau)

合理的な疑問 –mantiqiy ikkilanish degan so’z bor. Nimaning ustida ikkilanish desak, prokuror ayblanuvchining aybdorligi to’g’risidagi fikri ustida gumonda bo’ladi. Prokurorning o’z fikrida aybdor ekanligida oz bo’lsada gumoni bo’lsa ayblanuvchini aybdor deb topa olmaydi va bu Oliy Sud qoidasi hisoblanadi. Bu so’z ingliz tilida reasonable doubt deb tarjima qilinadi. Doubt va double, ya’ni, shubha va ikkita so’zlar sinonim bo’lib, ular lotin tilidan kelib chiqqanda bir ma’noda kelgan. “ikkisidan birini tanlash” degan ma’noda “ikkilanish”, “gumonsirash”, “shubhalanish” degan nozik farqlar mavjud. Lekin, yapon tilidagi「疑い」-so’zini o’zbek tiliga gumonsirash deb tarjima qilinib, ayblanuvchiga nisbatan aloqador ma’noda kelganligi uchun yuridik sohada “mantiqiy gumon bor” deyilsa, prokurorning dalili bo’lmay “ ayblanuvchini aybdorligi haqida gumon bor” degan yanglish termin mavjud.



Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Yapon tilida yurisprudensiya oid terminlar umumadabiy tilda ham qo’llanilsada, yuridik sohada ular chuqurroq ma’noga ega bo’ladi. Shuningdek, so’zlashuv uslubida qo’llanilmaydigan sof yuridik so’zlar ham bo’lib ulardan foydalanayotganda ehtikorlik zarur va ularni yuridik sohada o’rganibgina qaynay ma’noda qo’llanilayotganini bilib olishimiz mumkin.


Download 39,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish