Yuridik shaxslarning vujudga kelishi



Download 26,35 Kb.
bet3/6
Sana22.07.2022
Hajmi26,35 Kb.
#837411
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YURIDIK SHAXSLARNING VUJUDGA KELISHI

B.I. Puginskiylar tomonidan taklif etilgan ≪Tashkilot nazariyasi≫ kabi
nazariyalar o‘sha davr uchun juda muhim ahamiyatga ega boMdi.
ir vaqtning o‘zida yuridik shaxslar to‘g‘risida ko‘plab ilmiy
nazariyalarning mavjud boMishi yuridik shaxs institutini juda murakkab
huquqiy tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Iqtisodiyotni rivojlanishining turli bosqichlarida birinchi o‘ringa
yuridik shaxslar to‘g‘risidagi nazariyalarning xususiyatlari ilgari surildi.
Bu esa o‘z navbatida yuridik shaxs instituti rivojlanishining evolutsiyasiga
turtki boMdi.
Yuridik shaxsning huquq layoqati va
muomala layoqati
Yuridik shaxs o‘z faoliyatida ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan
maqsadlarga muvofiq fuqarolik huquq layoqatiga ega bo‘ladi.
Tashkilotlar bilan fuqarolar o’rtasidagi huquq layoqatlarining hajmida
farq boMishi mutlaqo tabiiydir. Tashkilotlar fuqarolarga nisbatan
belgilangan birmuncha huquq va majburiyatlarga ega bo‘la olmaydilar,
faqat o‘z ustav yoki nizomlarida ko‘rsatilgan faoliyat bilangina
shug‘ullana oladilar.
Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati uning ustavi, nizomi
yoki qonun hujjatlari bilan belgilanadi (FKning 41-moddasi, 3-bandi).
Yuridik shaxs hisoblangan tashkilot yoki korxona qatnashadigan
munosabatlaming doirasi uning tashkil qilinish maqsadlari bilan hamda
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning xarakteri bilan belgilanadi.
Yuridik shaxs o‘zi qatnashadigan munosabatlarga qarab ma’lum huquq
va majburiyatlarga ega bo‘ladi. Shunday qilib, yuridik shaxsning huquq
layoqati, unga maxsus yuklangan vazifalar bilan belgilanadi (maxsus
huquq layoqati prinsipi). Yuridik shaxs qonun hujjatlarida belgilab
qo‘yilgan ayrim faoliyat turlari bilan faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya)
asosidagina shug‘ullanishi mumkin. Masalan, neft, neft mahsulotlari
va gaz qazib chiqarish, ularni qayta ishlash va sotish faoliyati.
Fuqarolik huquqida fuqarolarga nisbatan huquq layoqatining tenglik
prinsipi o‘rnatilgan, fuqarolik huquq layoqatining mazmuni hamma
fuqarolar uchun qonun bilan teng hajmda belgilangan bo‘lsa, yuridik
shaxslarning huquq layoqati undan farqlanib, ularning har qaysi turi
uchun har xil bo‘ladi. U barcha yuridik shaxslar uchun birorta umumiy
hajmda oldin emas, balki konkret yuridik shaxsning paydo boMishida,
uning ish maqsadlariga qarab, qonun, ustav yoki ni :omlarida belgilanadi.
Yuridik shaxslarning muomala layoqati ham fuqarolik muomala
layoqatidan farq qiladi. Agar fuqarolarda huquq layoqatidan farq
qilib, muomala layoqati muayyan yoshga yetgach vujudga kelsa,
mu. .nala layoqati yuriJik shaxslarda huquq layoqati bilan bir vaqtda
tashkil topadi. Shu bilan birga fuqarolik muomala layoqatidan farq
qilib yuridik shaxslaming muomala layoqatini cheklash va uni muomalaga
layoqatsiz deb topish mumkin emas.
Yuridik shaxs o‘z ustavi yoki nizomi asosida harakat qiladi. Yuridik
shaxsning huquq layoqati, uning ustavi yoki nizomi tasdiqlangan
paytdan boshlab yoxud tegishli vakolatli idora ushbu yuridik shaxsni
tashkil etish haqidagi qarorni chiqargandan keyin vujudga keladi.
Qonunda nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar
Umumiy qoida bo‘yicha, yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari qonun
talablari darajasida bo‘lsa, uni uch ish kunida davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish lozim. Ayrim yuridik shaxslarni tashkil qilish va davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish qonun bilan taqiq qilinadi. Masalan, Konstitutsiyaviy
tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning
suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning
konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni,
ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning
sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan
birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalar
hamda jamoat birlashmalarining maxfiy jamiyat va uyushmalarning
tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi.
Yuridik shaxsning ustavi yoki u haqidagi nizom shunday hujjatki,
bunda uning faoliyati uchun yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan qoidalar
mustahkamlanadi. Ustavda quyidagi:
• yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi, pochta manzili;
• yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli;
• maqsadi va faoliyat sohalari;
• ustav fondining miqdori, vaqti, shakllantirish tartibi;
• ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish;
• foydani taqsimlash va zararlarni qoplash;
• faoliyat ustidan nazorat qilish;
• mehnat munosabatlari;
• hujjatlami saqlash va axborot taqdim etish tartibi;
• yuridik shaxsni qayta tashkil etish va tugatish tartibi;
• qonunda nazarda tutilgan boshqa maMumotlar ko‘rsatiladi.
Ba’zi hollarda, yuridik shaxsni tashkil etishda, mazkur turdagi
yuridik shaxslarning tashkiliy tuzilishi va faoliyatiga doir barcha umumiy
qoidalarni nazarda tutgan namunaviy ustavlarning boMishi yuridik
shaxs ustavini tuzish vazifasini yengillashtiradi. Bunday namunaviy
ustavlarga fermer xo‘jaligining namunaviy ustavini qishloq xo‘jaligi
kooperativi (shirkat xo‘jaligi)ning namunaviy ustavini misol qilib
ko‘rsatish mumkin.
Yuridik shaxsning organlari ham bo‘ladi. Yuridik shaxs qonun, ustav
yoki nizom bo‘yicha belgilangan vakolatlar doirasida harakat qiluvchi
o‘z organlari orqali fuqarolik huquqlari va burchlariga ega bo‘ladi.
Yuridik shaxslarning muomala layoqati, ya’ni o‘z harakatlari bilan
fuqarolik huquqlari va burchlarini olish layoqati, yuqorida koisatilganidek,
ularning organlari orqali amalga oshiriladi. Yuridik shaxslarning
organlari qonun, ustav yoki nizomga muvofiq ravishda yuridik
shaxsning erk-irodasini ifodalaydi va yuridik shaxs nomidan faoliyat
olib boradi.
Yuridik shaxslarning organlari yakka boshchilikka asoslanib, direktor,
rais, boshqaruvchi yoki kollegial boshqaruv, vakillar majlisi,
umumiy majlis (yoki yigilish) singari tartibida boshqaradigan organ
boiishi mumkin.
Davlat tashkilotlari hisoblangan yuridik shaxslarning organlari, qoida
bo‘yicha, yakka boshchilik asosida belgilanadi. Shu bilan birga yakka
boshchilik asosida harakat qiluvchi organlar ishlab chiqarishga oid muhim
masalalarni hal qilishda jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalari fikri
bilan ham hisoblashadilar. Masalan, 0 ‘zbekiston Milliy universiteti rektori.
Kooperativ va jamoat tashkilotlari hisoblangan yuridik shaxslarning
organlari ikki turga: yakka boshchilikka asoslangan (masalan, boshqaruv
raisi) yoki kollegial tartibda boshqarishga asoslangan (masalan, a’zolarning
umumiy majlisi, boshqaruvi) boiishi mumkin.

Download 26,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish