Karl Georg fon Bezeler tomonidan talqin etilgan bo‘lib u ≪Mavjudlik nazariyasi≫ deb ataladi va uydirma nazariyasiga umuman qaramaqarshi
nazariya hisoblanadi. U huquq subyekti sifatida nafaqat alohida
shaxslar, balki ijtimoiy organizmlar ham ishtirok etishi mumkinligini
e’tirof etdi. Ushbu nazariyaning boshqacha nomi ≪Ijtimoiy organizmlar nazariyasi≫, deb ataladi.
Mavjudlik nazariyasi o‘z davomini fransuz sivilisti R. Salleyl ishlarida
mujassamini topdi. U Bezeler va Girkening qarashlariga asosan
yuridik shaxslarning ba’zi biologizatsiyasidan ozod qilishga erishdi va
natijada R. Salleylning ≪Realistik nazariyasi≫ to‘liq va chuqurroq
ishlangan realistik yo‘nalishdagi konsepsiyaga aylandi. Jamiyat uning
a’zolari kabi real hisoblangan insonlar jamoasi, birlashmalarining o‘zaro
munosabati evaziga mavjud bo‘ladi. Bunday birlashmalarning maqsadi
uning a’zoIari xohishlaridan kelib chiqadi. Qonun soxta yuridik birlashmalarni
tashkil etmaydi, balki faqatgina shaxslar birlashmasini huquqning
mustaqil subyektlari sifatida tan oladi.
Rudolf fon Iyeringning ≪Qiziqish nazariyasi≫ ham yuridik shaxs
nazariyalari ichida alohida guruhni tashkil etadi. Iyeringni taxminiga
ko‘ra yuridik shaxs haqiqiy — tabiiy huquq subyekti sifatida mavjud
emas. Bu yuridik uydirmadan boshqa narsa emas. Huquq bu qonuniy
himoya boMsa, qonun chiqaruvchi insonlar guruhiga huquqiy himoya
7 — Fuqarolik huquqi 97 beryapti, ularning jamiyatda bir butun sifatida ishtirok etishiga ruxsat
beryapti. Lekin bu lyeringning fikricha, huquqning yangi subyekti
paydo bo’lganini anglatmaydi.
Sobiq sovet yuridik ilmi yuridik shaxslarni o‘rganishga jiddiy
e’tibor berdi. 40—50- yillarda ushbu institutga bag‘ishlangan ko‘plab
ilmiy tadqiqotlar paydo bo‘ldi. Bu davrda sivilist olimlar o‘z e’tiborlarini
ko‘proq davlatga tegishli yuridik shaxslarni o ‘rganishga
qaratdilar.
Bu davrga kelib asosan uchta davlat yuridik shaxslarini izohlovchi
nazariyalar yaratildi.
Akademik A.Venikditov tomonidan ≪Kollektiv nazariyasi≫ taklif
etildi. Ushbu nazariyaga ko‘ra davlat yuridik shaxslarining huquq
subyekti sifatida ishchi va xizmatchilar korxona kollektivi va boshqa
xalq kollektivlari e’tirof etilishi mumkin.
≪Davlat nazariyasi≫ S.I. Asknazi tomonidan ishlab chiqildi. Ushbu
nazariyaga asosan har bir davlat korxonasi ortida uning mol-mulki
egasi davlat turadi. Unga asoslangan holda yuridik shaxsning insoniy
asosini ushbu korxonaning mehnat jamoasiga qo‘yish mumkin emas.
Davlat yuridik shaxsi bu xo‘jalik munosabatlarining ma’lum uchastkasida
harakat qiluvchi davlatning o‘zidir.
≪Direktor nazariyasi≫ Yu.K. Toltoytomonidan taklif etilgan va
uning ishlarida to‘la o‘rganilgan. Ushbu nazariyaga asosan yuridik
shaxsning asosiy maqsadi fuqarolik huquqiy munosabatlarida ishtirok
etish imkoniyatiga ega boMishdir. Faqat direktorga fuqarolik huquqiy
munosabatlarida korxona nomidan ishtirok etish vakolati berilgan.
Shuning uchun aynan u davlat yuridik shaxsining yuridik tashuvchisi
hisoblanadi.
Bundan tashqari D.M. Genkin va В.В. Cherepaxin tomonidan
taklif etilgan yuridik shaxslarni ≪Sotsial reallik nazariyasi≫, О.А. Krasavchikov taklif etgan ≪Sotsial aloqalar nazariyasi≫, А.А. Pushkin va