Yurakning tuzulishi topografiyasi



Download 23,11 Kb.
bet1/3
Sana03.04.2023
Hajmi23,11 Kb.
#924494
  1   2   3

YURAKNING TUZULISHI TOPOGRAFIYASI
Yurak va uni o‘ragan yurak xaltasi ko‘krak qafasida oldingi ko‘ks oralig‘ida o‘rta chiziqdan chaproqda yurakning uchdan ikki qismi, o‘ngroqda uchdan bir qismi joylashgan. Yon va qisman old tomondan yurak plevra bilan qoplangan o‘pka, oldingi ozgina qismi esa to‘sh suyagi va qovurg‘a tog‘aylariga tegib turadi. 

Yurakning yuqori chegarasi o‘ng va chap uchinchi qovurg‘a tog‘aylari yuqori chekkasini birlashtiruvchi chiziqda joylashgan. O‘ng chegarasi o‘ng uchinchi qovurg‘a togayi yuqori chekkasidan boshlanib, to‘sh suyagi chekkasidan 1-2 sm o‘ngda vertikal yo‘nalib beshinchi qovurg‘a tog‘ayigacha tushadi. Pastki chegarasi o‘ng beshinchi qovurg‘a tog‘ayidan yurak uchigacha o‘tgan chiziqda. Yurak uchi esa chap beshinchi qovurg‘a oralig‘ida o‘rta o‘mrov chizig‘idan 1-1,5 sm ichkarida yotadi. Chap chegarasi chap uchinchi qovurg‘a tog‘ayining yuqori chekkasidan to‘sh suyagining chap chekkasi bilan chap o‘rta o‘mrov chizig‘i o‘rtasidagi sohadan boshlanib yurak uchigacha boradi.


Yurak klapanlarini eshitish sohalari quyidagicha: chap atrioventrikulyar klapan chap uchinchi qovurg‘a tog‘ayi sohasida. O‘ng atrioventrikulyar klapan to‘rtinchi o‘ng qovurg‘a tog‘ayining to‘sh suyagiga birikkan joyda. Aorta klapani to‘sh suyagini chap qirrasida, uchinchi qovurg‘a oralig‘ida. O‘pka poyasi klapani chap uchinchi qovurg‘a tog‘ayining to‘sh suyagiga birikkan joyda. 

Yangi tug‘ilgan chaqaloqda yuragining bo‘lmachalari katta va qorinchalari yaxshi rivojlanmaganligi uchun (103-rasm) yumaloq shaklda bo‘ladi. Uning ko‘ndalang o‘lchami 2,7-3,9 sm, uzunligi 3,0-3,5 sm. O‘ng bo‘lmacha chapidan sezilarli katta. O’ng bo‘lmachaning hajmi 7-10 sm3, chapniki 4-5 sm3. Qorinchalar hajmi 8-10 sm3. Taroqsimon va so‘rg‘ichsimon mushaklar yaxshi bilinmaydi. Paysimon ipchalar nisbatan yo‘g‘on va qisqa. O‘ng va chap qorinchalar miokardining qalinligi bir xil. Epikard yupqa, elastik va kollogen tolalari kam. Epikard osti yog‘ to‘qimasi yaxshi bilinmaydi. Bola hayotining birinchi yilida yurak bo‘yiga tez o‘sadi. Birinchi yilning oxirida yurakning hajmi 42 sm3 bo‘ladi. Yurakning turli qismlari ayrim yosh davrlarida bir xil o‘smaydi. Bola hayotining birinchi

Yangi tug’ilgan chaqaloq yuragining og‘irligi o‘rta hisobda 24 g bo‘lib, bir yoshda 2 marta, 4-5 yoshda 3 marta, balog‘at yoshida 10 marta va 18-20 yoshda 15 marta kattalashadi. 5-6 yoshgacha o‘g‘il bolalar yuragi qizlarga nisbatan katta bo‘lsa, 9-13 yoshlarda buning aksi, 15 yoshdan keyin esa yana o‘g‘il bolalar yuragi katta bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq yuragi qorinchalari devorining qalinligi 5 mm ga teng bo‘lib, bola hayotining 5 kunidan boshlab chap qorincha faoliyatiga bog‘liq ravishda kattalashib boradi va 2 yoshda o‘ng qorinchaga nisbatan 2 marta katta bo‘ladi. Yurak devorining qalinlashuvi mushak tolalari va biriktiruvchi to‘qima qatlamlarining ko‘ndalang o‘lchamlari o‘sishi hisobiga bo‘ladi. Barcha yoshdagi bolalarda atrioventrikulyar klapan tabaqalari yaltiroq bo‘ladi. Yoshga qarab klapan tabaqalari va epikard zichlashadi. 2 yoshdan boshlab epikard ostiga yog‘ to‘plana boshlaydi. 15 yoshgacha chap qorincha devorining qalinligi 2,5 marta, o‘nginiki 0,3 marta kattalashadi.

Yangi tug’ilgan chaqaloq yuragi yuqori va ko‘ndalang joylashadi. Yurak uchi proektsiyasi IV qovurg‘a oralig‘ida chap o‘rta o‘mrov chizig‘idan 1-2 sm tashqarida bo‘ladi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolada uning yuqori chegarasi ikkinchi qovurg‘a oralig‘ida bo‘lsa, pastki chegarasi kattalarga nisbatan bir qovurg‘a oralig‘ida yuqori turadi. O‘ng chegarasi to‘sh suyagining o‘ng chekkasida yoki undan 0,5-1 sm o‘ngroqda joylashgan. 2-3 yoshlarda yurak qiyshiq holatga o‘tadi va o‘smirlik davrida kattalarnikiga o‘xshab qoladi.



Download 23,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish