Yurakni nisbiy va mutloq bog’liqlik chegarasini aniqlash. Potologiyada yurak konfiguratsiyasini aniqlash. Rentgenogramma tahlili



Download 30,34 Kb.
bet4/5
Sana01.01.2022
Hajmi30,34 Kb.
#293487
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ichki kasalliklar propedevtikasi fani

6. Darsning mazmuni.

6.1 Nazariy qism

Perkussiya prinsopi yurakni atrofidan orab turgan, opka toqimasidan (havoli a'zo) yuzaga keladigan baland (chin opka tovushiga) asoslangan bolib, bunda yurak zich mushakli azo bolgani uchun bogiq tovush yuzaga chiqaradi. Shunday tovushlar farqi, yurakning nisbiy chegaralarini aniqlashda asosiy o'rin tutadi.

Yurak perkussiyasi asosan yurakning kattaligi,konfiguratsiyasi, yurakning holati va tomir tutami chegaralarini aniqlashda amalga oshiriladi. Aniqlanishicha yurakning oldi tomondan opka bilan tosilganligi sababli perkussiyada bogiqroq tovush beradi, bu soha yurakning "nisbiy chegarasi" bolib aniqlanadi. Keyingi soxa esa yurakning o'pka bilan umuman qoplanmagan ochiq soxasi bolib, perkussiyada absolut bog'iq tovush chiqaradi. Bu soxa oz navbatida yurakning "absolut bog'iqlik chegarasi" deb ataladi.

Yurak nisbiy chegaralarini perkussiyasi a'zoning aniq shaklini, kattaligini va ko'krak qafasidagi proyeksiyasini aniqlashda muhim orin tutadi. Normal anatomiya fani bo'yicha yurak ko'krak qafasida assemetrik joylashishga ega bolib, uning 2/3 qismi orta chiziqdan chapda joylashadi. Yurakka otkazilgan kondalang oq (yurak uchidan uning asosiga qarab) qeyshiq proyeksiyaga ega bo'lib, tepadan pastga qarab, chapdan onga, orqadan oldinga qarab notekis oringa egadir. Yurakning uchta yuzasi tafovut qilinadi: oldingi, pastki va orqa. Oldingi yuzasining katta qismini yurakning ong qorinchasi va kichik qismini chap qorincha soxasi, shuningdek bolmachalar tashkil etadi. Shu asnoda quyidagi konturlar tafovutlanadi:

Ong kontur - aorta va ong bolmachadan tashkil topgan.

Chap kontur - chap bolmacha quloqchasi va chap qorinchadan tashkil topgan.

Yuqorigi kontur- aorta, yuqorigi kovak vena, opka arteriasi va chap qorincha quloqchasidan tashkil topgan.

Shunga kora yurakning anatomic joylashish chegaralarini ozgarishini, yurakning malum soxalarida yuzaga kelgan ozgarishlar asosida baholash mumkin yani (dillyatasiya, gipertrofiya). Shuni yodda saqlash lozimki yurak oznavbatida opka toqimasi bilan oralgan holda joylashadi va uning chegaralarini ozgarishi faqatgina yurak patologiyasida emas balki boshqa, opkaning patologik holatlarida kuzatilishi mumkin.

Perkussiyaning umumiy qoidalari.

Umumiy talablar quyidagilardan iborat:

1. xona yorug va temperature normal holatda bolishi kerak.

2. absolute tinchlik.

3.Vrach qollari iliq va tirnoqlari kalta kesilgan bolishi kerak.

4. bemor beligacha yechingan bolishi kerak.

Perkussiyada eng asosiy ahamiyat bemorning holatiga qaratiladi. Perkussiya koproq vertical holatda otkaziladi. Bemor gorizontal emas balki koproq turgan vertical holatda bolishi darkor. Buni ahamiyati shundan iboratki, bemor holati o'zgartirilganda yurak holati ham diaphragmaga bogliq holda o'zgaradi.

5. Vrach bemoming oldi tomondan yondoshadi.

6. Bemor chetga nafas olib chiqaradi, nafas ritmi oddiy, yuzaki.

Buning ahamiyati shundaki, bemor chuqur nafas olishi natijasida opka toqimasining hajmi ortishi va bu oz navbatida yurakning nisbiy chegaralarini ozgarishiga olib keladi.

7.Plessimetr- barmoqning joylashuvi. Barmoq tanaga zich qoyilib,doim aniqlanayotgan chegaraga parallel qoyilishi kerak.

8. perkussiya o'tkazish kuchi o'z navbatida aniqlanayotgan chegaraga bog'liq holda beriladi, yani yurakning nisbiy chegaralarini aniqlash mobaynida - orta va sekin perkussiya, absolute chegaralarida esa juda sekin (tishayshaya) perkussiya qilinadi.

9. Perkussiyani aniq tovushdan bog'iglashganlik tomonga qaratib, aniqlanayotgan a'zoga parallel olib boriladi.

10. Aniqlangan chegarani plessimetr barnoqning tashqi qiroq tomondan (aniq tovush tomndan) belgilanadi. Yurakning nisbiy bogiqlik cbegaralarini aniqlash qoidalari.

Yurak perkussiyasi quyidagi tartibda ofib boriladi: birinchi ong tarafdan, ikkinchi chap tarafdan va sotigi tepadan amalga oshiriladi.

Perkussiyani boshlashdan avval diafragmaning joylanishi haqida umumiy tasavurga ega bolish darkor, chunki diafragmaning holati yurakning nisbiy bo'g'iqlik chegarasining o'zgarishiga ta'sir qiladi. Buning uchun quyidagilarga e'tibor berish kerak:

1. Ong opkaning pastki chegarasini aniqlaymiz. Plessimetr barmoqni L. mediclavicularis dextra boyicha birinchi qovurg'alar oralig'iga joylashtiramiz bunda barmoq qovurg'aga parallel qoyiladi.

2. Plessimetr barmoq kokrak qafasiga zich joylashtiriladi.

3. Perkutor zarbaning kuchi o'rtacha.

4. Perkussiya aniq tovushdan bog'iq tovushga qarab (VI qovurg'agacha) qilinadi.

5. Belgi plessimetr barmoqning tashqi tarafidan qoyiladi. Yurakning ong nisbiy bog'iqlik chegarasini aniqlash.

1. Plessimetr barmoqni IV qovurgalar oraligiga parallel ravishda joylashtiriladi.

2. Perkutor zarbaning kuchi ortachadan past yoki "past"

3. Perkussiya tosh suyagi tomon bog'iq tovush chiqqanga qadar o'tkaziladi.

4. Belgi plessimetr barmoqning tashqi tarafidan qoyiladi.

Normada sog'lom odamning yuragining ong bog'iqlik chegarasi to'sh qirrasidan 1- 1,5 sm tashqarida joylashadi. O'ng nisbiy bog'iqlik chegarasi yurakning o'ng bo'lmachasi sohasida yuzaga keladi.

Yurakning chap nisbiy bog'iqlik chegarasini aniqlash.

1. Palpator ravishda yurak uchki turtkisi aniqlanadi. Normada u nuqta V qovurga oralig'I sohasida 1. mediclavicularis dan 1-1,5 sm ichkarida joylashadi. Perkussiya shu nuqtaga qarab chapdan olib boriladi. Agar yurak uchki turtkisi aniqlanmasa, quyidagilar amalga oshiriladi:

2. Plessimetr barmoqni V qovurg'alar oralig'iga 1. axillaries anterior sohasida to'sh suyagiga parallel joylashtiriladi.

3. Plessimetr barmoq ko'krak qafasiga zich joylashtiriladi.

4. Perkutor zarbaning kuchi ortachadan past yoki "past"

5. Perkussiya aniq tovushdan bog'iqlik tomon olib boriladi, belgi plessimetr barmoqning tashqi (aniq tovush) tomonidan qoyiladi.

Normada sog'lom odamning yuragining chap bog'iqlik chegarasi 1. mediclavicularis sinistradan 1-1,5 sm ichkarida, yurak uchki turtkisi ustiga tog'ri keladi. Yurakning chap bog'iqlik chegarasi yurak chap qorinchasi tufayli yuzaga keladi.

Yurakning yuqorigi bog'iqlik chegarasini aniqlash.

1. Plessimetr barmoqni I qovurg'alar oralig'iga 1. parasternalis sinistradan 1 sm tashqaridan qovurgalarga parallel qoyiladi.

2. Plessimetr barmoq ko'krak qafasiga zich joylashtiriladi , ?

3. Perkutor zarbaning kuchi ortachadan past yoki "past"

4. Perkussiya aniq tovushdan bog'iq tovushga qadar qovurg'alar ustidan va qovurg'alar oralig'ida olib boriladi.

5. Belgi plessimetr barmoqning tashqi (aniq tovush) tomonidan qoyiladi.

Normada sog'lom odam yuragining yuqorigi bog'iqlik chegarasi III qovurg'a yuqorigi chekkasida joylashadi. Yuraknning yuqorigi nisbiy bogiqlik chegarasi yurakning chap bo'lmacha quloqchasi va o'pka arteriyasi o'zani asosida yuzaga keladi.

Qon tomir tutami kengligini yurakni kondalang kesimi bo'yicha aniqlash. Yurak ko'ndalan kesimini aniqlash.

Yurak ko'ndalang kesimini aniqlash uchun yurakning chap va o'ng bo'g'iqlik chegarasidan linea madia clovikilaris mediagacha aniqlanadi. Normada u 3-4 sm va 8-9 sm ni tashkil etadi va yurakni ko'ndalan kesi 11-13 sm teng bo'ladi.

Qon tomir tutami kengligini aniqlash bir qancha qiyinchilik tug'diradi chunki u to'shni yuqorigi soxasini ortida joylashgan. Perkussiyada shu soxa ham o'ziga xos bo'g'iq tovush chiqaradi. Perkussiya quydagi tartibda olib boriladi yani bunda qon tomir tutami o'ng chegarasidan boshlanadi.

1. Plessimetr barmoq 2 qovurg' oralig' linea media clavicularis dextra soxasiga to'shga parallel joylashtiriladi.

2. Plissimetr barmoq ko'krak qafasiga zich qo'yiladi.

3. Perkutor zarba kuchi past.

4. Perkussiyani aniq tovushdan bo'g'iqlashishga qarab olib boriladi.

5. Belgi plessimetr barmoqni tashqi qirg'og'I bo'icha aniq tovush tomondan qo'yiladi. Chap tarafdan ham huddi shu bosqichlar amallga oshiriladi.

1. Plessimetr barmoq 2 qovurg' oralig' linea media clavicularis sinistrae soxasiga to'shga parallel joylashtiriladi.

2. Plissimetr barmoq ko'krak qafasiga zich qo'yiladi.

3. Perkutor zarba kuchi past.

4. Perkussiyani aniq tovushdan bo'g'iqlashishga qarab olib boriladi.

5. Belgi plessimetr barmoqni tashqi qirg'og'I bo'icha aniq tovush tomondan qo'yiladi.

O'ng va chap qon tomir tutami chegaralari to'sh suyagining 2 tomoni bo'ylab joylashadi. Normada qon tomir tutamining kondalang kesim uzunligi ortacha 5-6 smni tashkil etadi. Qon tomirlar tutami Aorta, yuqorigi kovak vena va opka arteialaridan tashkil topgan.

Patologik holatlarda yurak nisbiy bogiqlik chegarasining ozgarishi quyidagilardan iborat.

Nisbiy bogiqlik chegarasininig ozgarishi diafragmaning holatiga, yurakning ozidagi ozgarishlarga (yurak kattalashib ketishiga), opkadagi ozgarishlarga bogliq boladi. Yurakning nisbiy bogiqlik chegarasining kondalangiga ozgarishi diafragmaning yuqori joylashuvida (taning giperstenik tuzilishida, homiladorlikda, qorinning dam bolishida, astsit) kuzatiladi. Bu holatlarda yurak koproq gorizontal holatni egallaydi. Yurakning oziga bogliq bolgan nisbiy chegaralarining o'zgarishi kop hollarda yurak boshlig'ining kengayishi (dilyatatsiya) hisobiga, va qisman yurak devor miokardi gipertrofiyasida kuzatiladi.

Ajratilgan holda yurakning ong nisbiy chegarasini ozgarishi asosan ong bolmacha va qorincha kengayishi sababliy yuzaga keladi. Bularda ong bolmacha joyidan qozg'alishi (ong atrioventrikulyar klapan teshigi torayishida), uch tavaqali klapan yetishmovchiligida, opka arteriyasi ozaning torayishida va opka yuragining rivojlanish holatlarida yuzaga keladi. Mitral klapan stenozida yurak nisbiy bogiqlik chegarasining nafaqat o'nga balki chap tomonga va yuqoriga siljishi kuzatiladi.

Ajratilgan yurakninh ong nisbiy bogiqlik chegarasining siljishi yurak chap qorinchasining dillyatatsiyasi va gipertrofiyasida yuzaga kelib, katta qon aylanish doirasida stabil va uzoq mudatli yuqori qon bosimining ushlanib turishi bilan namoyon boladi (arterial gipertezsialarda).

Yurakning aortal paroklarida yurakning chap nisbiy bogiqlik chegarasining o'zgarishi bilan birga, yurakning pastga 6-7 qovurg'alar oralig'iga tushishi kuzatiladi ( aortal klaponlar yetishmovchiligida).

Yurakning chap qorincha devori anevrizmalarida a'zoning nisbiy bog'iqlik chegaralarining o'zgarishi bilan birga patologik pulsatsiyaning 4 qovurg'a oralig'ida yuzaga kelishi bilan namoyon boladi.

Mitral klapon yetishmovchiligining boshlang'ich davrida yurakning nisbiy bog'iqlik chegarasi chap va yuqori tomonga siljishi kuzatiladi. Kechki holatlarda esa o'nga ham surilish namoyon boladi.

Yurakning ong qorincha kengayishida ong bolmacha siljishi bilan bir vaqtda chap qorincha siljishi ham kuzatiladi, bu esa oz navbatida nisbiy bogiqlik chegarasini chapga surilishini belgilaydi.

Nisbiy bog'iqlik chegarasining yuqoriga siljishi chap bolmachaning kengayishi bilan kuzatilib, chap atreventrikulyar klapon torayishida kuzatiladi.

Juda chuqur otkazib yuborilgan yurak hastaliklarida (yurak klapon kasalliklarida, kardiosklerozda), dekompensatsiya holati rivojlanganda, yurak nisbiy bo'g'iqlik chegaralarinig har tomonga qarab siljishi kuzatildi. Chagaralarningjudatez kengayishi esa "buqa yurak"( cor bovinum) yuzaga kelganligi haqida dalolat beradi.

Yurak nisbiy bogiqlik chegaralarining surilishi opka kasalliklari (pnevmotoraks va gidrotoroks) da kuzatiladi. Kasal sohadan yurakning sog' tomonga surilishi yuzaga keladi. Opka atelektazida yoki opka bujmayishida, opka rakida va pievrakardial spaykalarda yurakning kasal tomonga surilishi kuzatiladi.

Yurak nisbiy bogiqlik chegaralarining torayishi asosan diafragmaning tushishi (astenik tana tuzilishli odamlarda, enteroptozda, opka emfizemasida) boladi, bunda yurak koproq vertical ("tomchiliy" yoku "osilgan" yurak) holatni egallaydi.

Qon tomir tutami nisbiy bogiqlik chegaralarining kengayishi shu soxada rivojlangan o'sma sababliy bolishi mumkin.

Qon tomir tutami ong nisbiy bogiqlik chegarasini kengayishi 2 qovurgalar oraligi ong tarafdan aorta anevrizmalarida yuzaga keladi. Opka arteriyalarini kengayishi esa chap 2 qovurg'a oraligida perkutor bogiq tovushning chegarasining kengyishiga olib keladi.




Download 30,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish