Yurak-qon tomirlarning tuzilishi Reja



Download 1,65 Mb.
bet4/10
Sana07.07.2022
Hajmi1,65 Mb.
#753227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yurak-qon tomirlarning tuzilishi 22

Qon tomirlar taraqqiyoti. Dastlabki qon tomirlar embriogenezning 2–3 haftalarida sariqlik qopchasi devorining mezenximasida va xorion devoridagi qon orolchalari tarkibida paydo bo’ladi. Avvalo, sariqlik qopchasi devorining hujayralari to’planib, qon orolchalarini hosil qiladi. Orolchalarning chetidagi mezenxima hujayralari yassilashib, bo`lajak qon tomirlarning endoteliysini hosil qilsa, markazdagi hujayralar yumaloqlashib, differensiallashadi va qon hujayralariga aylanadi. Tomirni o’rab turgan mezenxima hujayralaridan peritsitlar, silliq mushak hujayralari, fibroblastlar hosil bo’ladi. Yangi-yangi qon orolchalarining to’xtovsiz paydo bo’lib borishi va ularning o’zaro qo`shilishi natijasida naychalar shaklidagi kapillyarlar hosil bo’ladi. Bular esa o’zi singari boshqa naychalar bilan tutashib, kapillyarlar to`rini hosil qiladi.
Pushtning tanasida qon tomirlar to’qima suyuqligi bilan to`lgan, ammo qon hujayralarini tutmagan, noto’g’ri shakldagi yoriqlar tarzida paydo bo’ladi. Ularning atrofidagi mezenxima hujayralari yassilashib, qolgan mezenxima to`qimasidan ajraladi va qon tomir devorining hujayralarini hosil qiladi. Keyinchalik, pusht tanasidagi tomirlar sariqlik qopchasi tomirlari bilan tutashgandan so’ng yurak urishi boshlanib, qon aylanishi yuzaga keladi. Bunda dastlab qon sariqlik qopchasi tomirlaridan pusht tomirlariga o’tadi. Qon aylanishi boshlanishi bilan tomirlar devori to’qimasining gemodinamik sharoitga (qon bosimi va tezligiga) mutanosib ravishda o’zgarishi yuzaga chiqadi.



Yurakning arteriya va venalari
(oldindan ko’rinishi)

1. Yurak cho’qqisi(uchi); 2.O’ng qorincha; 3.Arteri-ya konusi; 4.Yurakning old tomonidagi venalar; 5.Yurak toj arteriyasi egati; 6.Yurakning o’ng toj arteriyasi; 8.Yuqori kovak vena; 9.Aortaning ko’ta-rilgan qismi; 10. Yelka-bosh poyasi; 11. Chap umumiy uyqu arteriyasi; 12. Chap o’mrov osti arteriyasi; 13. Chap o’pka arteriyasi; 14. O’pka poyasi; 15. Yurak bo’lmachasining chap qulog’i; 16.Yurakning chap toj arteriyasi; 17.Yurakning katta venasi; 18.Yurakning old tomonidagi qorinchalararo egat; 19.Chap qorincha.





Qorinchalarning qisqarishi ikki fazadan iborat:taranglanish fazasi va qonni haydash fazasi. Qorinchalar qisqarishidan oldin qorincha devoridagi muskullar taranglashadi va qorinchalardagi bosim ko’tariladi,qorincha ichidagi qon tavaqa klapanlarini


ko’tarib, klapanlar yopiladi. Shu vaqtda qorinchalardagi so’rg’ichsimon muskullar qisqarib, tavaqali klapanlarning pay iplari tortiladi va klapanlar-ning bo’lmalarga ochilishiga yo’l qo’ymaydi.
Qorincha muskullarining tarangligi oshadi,qonbosimi yanada ko’tariladi va aorta bilan o’pka arteriyasidagi bosimdan oshgandan keyin tomirlar-dagi yarim oysimon klapanlar ochiladi,qorinchalar muskuli qisqaradi va qon katta bosim bilan tomirlarga chiqadi. Shundan keyin qorinchalar bo’shashadi.
Qorinchalardagi bosim aorta va o’pka arteriyasidagi bosimdan past bo’ladi. Shu sababli tomirlardagi qon qorinchalarga qarab oqadi. Ayni vaqtda tomirlardagi yarim oysimon klapanlarning cho’ntaklari qon bilan to’lib, qorinchalarga boradigan yo’lni berkitadi. Yarim oysimon klapanlar uchida joylashgan tugmasimon o’simtalar kla-panlarning mustahkam berkilishiga yordam beradi.Shunday qilib, tomirlarga chiqqan qon qorincha-larga qaytib tushmaydi.
Umumiy pauza davrida yuqori va pastki kovak venalardan o’ng bo’lmaga, o’pka venalaridan chap bo’lmaga qon o’tadi. Tavaqali klapanlar ochiq bo’lishi sababli qon qisman qorinchalarga ham


Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish