Endemiya. Epidemiya. Pandemiya.
Endemiya. Qandaydir yuqumli kasallik ma’lum bir chegara-langan hudud (ko‘cha, mahalla, qishloq, tuman shahar) aholisi orasida bir necha yillar davomida vaqti-vaqti bilan (har yil, yoki har 2-3-5 yilda) takrorlanib, tarqalib turishi. Masalan, qorin tifi, brutsel-lyoz, bezgak, gepatit va hokozo.
Epidemiya. Qandaydir yuqumli kasallikni viloyat, respub-lika miqyosida tarqalishi. Masalan, Gripp.
Pandemiya. Qandaydir yuqumli kasallikning bir necha mam-lakatlarda bir paytning o‘zida keng miqyosda tarqalishi. Masa-lan,Gripp, OITS.
Immunitet. Odam organizmining yuqumli kasallikka beril-maslik xususiyati, ya’ni organizm o‘z-o‘zini yuqumli kasallikdan himoyalash xususiyatidir.
Immunitet xususiyati hamma odamlarda bir xil bo‘lmaydi. Birovda 1-2 ta, birovda 3-4 va undan ko‘proq kasallikka qarshi immunitet bo‘lishi mumkin. Ayrim tez-tez kasallanadigan, uzoq muddat davomida xastalikda bo‘lib zaiflashgan, o‘ta charchagan, ovqatning sifati yaxshi bo‘lmagan odamlarda immunitet umuman bo‘lmasligi yoki avval bo‘lgan immunitet organizm biror kasallik (Masalan, OITS) tufayli zaiflashganligi sababli yo‘qolishi mumkin.
Immunitet turlari. Immunitet 2 turga bo‘linadi:
1. Tug‘ma immunitet – onadan bolaga beriladi. Lekin bu immunitet bolaning birinchi yoshidayoq, hatto birinchi oylaridayoq o‘z kuchini yo‘qotadi.
2. Odam hayoti davomida orttirilgan immunitet.
Orttirilgan immunitet o‘z navbatida 2 turga bo‘linadi:
1) orttirilgan tabiiy faol immunitet. Odam biron bir yuqumli kasallik bilan xastalanib tuzalgandan keyin tanasida ana shu yuqumli kasallikni qo‘zg‘atadigan mikrob (virus)ga qarshi hosil bo‘ladi. Buning natijasida bu odam butun umri davomida ana shu yuqumli kasallik bilan hech qachon takror kasallanmaydi. Masalan: Qizamiq, qora chechak, tepki, bo‘g‘ma, ko‘k yo‘tal kabilar. Lekin, ta’kidlash lozimki, hamma yuqumli kasalliklarning mikroblariga qarshi immunitet hosil bo‘lavermaydi. Masalan, gripp, ichbu-rug‘,yuqumli gepatitning A,C turlari va boshqa kasalliklar bilan kasallanib tuzalgan odamda bu kasallik mikrobi, virusiga qarshi immunitet hosil bo‘lmaydi. Shu sababli odam bu kasallik bilan takror kasallanishi mumkin.
2) orttirilgan sun`iy faol immunitet. Sog‘lom odamni (asosan bolalarni) maxsus tayyorlangan vaksinalar bilan emlash natijasida sun`iy usul bilan immunitet hosil qilinadi.
O`zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda chaqaloq tug‘il-ganining birinchi kunidan boshlab 46 yoshgacha 8 xil yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinalar bilan emlash o‘tkaziladi.
Bu kasalliklar quyidagilar: 1. Virusli gepatitning B turi, 2. Silga qarshi. 3. Poliomiyelitga qarshi. 4. Difteriya. 5. Qoqshol. 6. Ko‘k yo‘talga qarshi. 7. Qizamiqqa qarshi. 8. Epidemik parotitga qarshi.
Do'stlaringiz bilan baham: |