Ishning bajarilishi: Quyidagi jadvalda ko`rsatilgan qatorlardan biri bo’yicha polivinilatsetat sintez qilinadi.
Jadval 2
Qator
|
Vinilatsetat
Miqdori
|
Initsiator
miqdori
|
Vaqt
|
Harorat
|
Erituvchi
|
Erituvchi
miqdori
|
|
Ml
|
G
|
Mol
|
%
|
G
|
soat
|
0C
|
|
ml
|
g
|
1
|
2
2
2
2
2
|
|
|
1
1
1
1
1
|
|
3
3
3
3
3
|
80
80
80
80
80
|
Benzol
Toluol
Uglerod xlorid
Dixlor etan
Etilatsetat
|
2
2
2
2
2
|
|
II
|
2
2
2
|
|
|
I
I
I
|
|
3
3
3
|
80
80
80
|
Toluol
|
1
2
3
|
|
III
|
2
2
2
|
|
|
I
I
I
|
|
3
3
3
|
80
80
80
|
Dixlor etan
|
1
2
3
|
|
Har bir probirkaga 2 ml monomer qo’yib hisoblangan miqdorda initsiator, ko`rsatilgan hajmda erituvchi solib, probirkani og`zini paxta bilan berkitib, termostatga qo’yiladi. Polimerlanish tugagandan so’ng probirka sovutilib, oz-ozdan erituvchi quyib hosil bo’lgan polimer eritiladi, so’ngra polimer cho’ktiriladi. Aromatik va xlor-uglevodorodlardan petroley efir yordamida polimer cho`ktiriladi. Polimerni filtrlab, erituvchi bilan yuvib, Petri kosachasiga solib avval havoda, so’ngra quritish shkafida 400C da doimiy og’irlikka kelguncha quritiladi.
Topshiriq: 1. 2 -jadvalga olingan natijalar qo’yiladi.
Polimerlanish tezligining erituvchi miqdoriga bog’liq grafigini chizing.
II- USULDA OLINISHI
Polivinilatsetatdan gidrolizlash yo’li bilanpolivinil spirt olish (ishqoriy usul)
Reaktiv va asboblar: polivinilatsetatning spirtdagi 30 % li eritmasi (50 g), etil yoki metil spirti (500 ml), ishqorning spirtdagi eritmasi (11,25 g kaliy girdroksid va 100 ml spirtdan iborat eritma), qorg’ich va tomchilatma voronka bilan jihozlangan, 500 ml sig’imli stakan (1 dona), Byuxner voronkasi (1dona).
Stakanga 11,25 g kaliy gidroksidning 100 ml spirtdagi eritmasi quyiladi. Eritma yaxshilab aralashtirilib, unga tomchilatma voronkadagi polivinilatsetatning 30 % li eritmasidan 50 g qo’shiladi. Shu vaqtda polivinilspirt sekin–asta cho’ka boshlaydi. Reaktsiya uzog’i bilan 2–3 soat davom etadi. Polivinilspirt cho’kmasi Byuxner voronkasida filtrlab olinadi va spirt bilan neytrallanguncha bir necha marta yuviladi. Hosil qilingan polimer vakuumda 30–400C da quritiladi.
1–topshiriq. Hosil bo’lgan polivinilspirtning miqdori aniqlansin.
2–topshiriq. Reaktsiya tenglamasi yozilsin.
2-vazifa. Polivinilatsetatdan gidrolizlash yo’li bilan polivinil spirt olish (kislotali usul)
Reaktiv va asboblar: polivinilatsetat (15 g) yoki polivinlatsetatning spirtdagi
15 % li eritmasi (100 g), etil spirt (85 ml), sulfat kislota eritmasi (5 g sulfat kislota va 20 ml spirtdan iborat eritma), uch og’izli, 250 ml sig’imli qorg’ich, qaytarma sovutgich va termometr bilan jihozlangan reaktsion kolba (1 dona), suv hammomi (1 dona), Byuxner voronkasi (1dona).
Reaktsion kolbaga 15 g polivinatsetat va 85 ml spirt solinadi va suv hammomida polimer eriguncha isitiladi. Eritmaning ustiga 5 g sulfat kislotaning 20 ml spirtdagi eritmasi quyiladi. So’ngra eritma doimo aralashtirilib turiladi (qorg’ich minutiga 300–400 marta tezlik bilan aylanishi kerak), so’ngra suv hammomida 600C da quritiladi. Agar polimer cho’kmay gel holida bo’lib qolsa, u suvda eritilib, issiq holda etil spirt yordami bilan qayta cho’ktirib olinadi.
1–topshiriq. Reaktsiya tenglamasi yozilsin.
2–topshiriq. Chiqqan polivinispirtning miqdori aniqlansin.
9- LABORATORIYA ISHI
Do'stlaringiz bilan baham: |