Yuqori maosh; o‘z xizmatidan boshqalar foydalanayotganligidan rohatlanish hissi



Download 16,76 Kb.
bet1/2
Sana23.03.2022
Hajmi16,76 Kb.
#506065
  1   2
Bog'liq
0 12


  • O‘rta maxsus (gidrotexnik inshootlar texnik quruvchisi, temirbeton konstruksiyalari montajchisi, armaturachi-betonchi, elektrgazpayvandchi) – sanoat, transport, qurilish kollejlari;

  • Oliy (gidrotexnika inshootlari, geotexnika va erosti gidrotexnika inshootlari, gidroelektr va nasos stansiyalari qurilishi, gidravlika, muhandislik gidrologiyasi) – avtomobil va yo‘llar, irrigatsiya va melioratsiya, arxitektura va qurilish oliy o‘quv yurtlari.

mantiqiy fikrlash qobiliyati, yuqori tashkilotchilik xususiyatlari, ohistalik, diqqat, yaxshi ko‘rish qobiliyati, aniq va chaqqon harakatlar, bosiqlik, asabiy bardoshlilik, jismoniy kuch, mustahkam sog‘lik va iroda.

matematika, chizmachilik, fizika, jismoniy tarbiya, hayot faoliyati xavfsizligi, kimyo, materialshunoslik, ona tili, chet tillari, informatika va axborot texnologiyalari.

 Qurilish ob’ektlarida, gidrotexnik inshootlar qurilishida – texnologik, ishlab chiqarish, tashkiliy-boshqaruv, loyiha-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish; texnikalarni boshqarish; geologik tadqiqot va geodezik o‘lchovlarni o‘tkaza olish; menejer uchun: ishchilar ishini nazorat qilish va ularga topshiriqlarni to‘g‘ri berish, ob’ektlarni o‘z vaqtida topshirish, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish.

yuqori maosh; o‘z xizmatidan boshqalar foydalanayotganligidan rohatlanish hissi;

jismoniy va ruhiy jihatdan qiyin ish; ish jarayonida jiddiy shikastlanish xavfi; turli noqulay tabiiy sharoitlarda ham og‘ir ishlarni bajarish majburiyati.

Binolar, yo‘l va ko‘priklar, temir yo‘llar, er osti yo‘llari, aerodromlar va portlar qurilishining o‘ziga xos talab va me’yorlari bo‘lganidek, gidrotexnik, ya’ni suv inshootlari qurilishi ham qat’iy tartib qoidalarga asoslanadi.


GIDROTEXNIK INSHOOTLARGA QANDAY INSHOOTLAR KIRADI VA ULAR NIMA MAQSADDA FOYDALANILADI?
Gidrotexnik inshootlar - oddiy qilib aytganda, suv inshootlari.
Gidrotexnik inshootlarga gidroelektrstansiyalar, suv omborlari, nasos stansiyalari, to‘g‘onlar, kanallar va tonnellarni misol keltirish mumkin. Bunday inshootlar suv energiyasidan foydalanish, erlarni sug‘orish, aholini suv bilan ta’minlash maqsadlarida quriladi. Ulardan keng tarqalgani gidroelektrstansiyalar, ya’ni GESlar bo‘lib, ular suv energiyasini elektr energiyaga aylantirib beradi.
O‘zbekistonda yaqin yillarga mo‘ljallangan kichik GESlarni qurishni rivojlantirish rejasi mavjud irrigatsion kanallarning va suv omborlarining suv resurslaridan foydalanishni ko‘zda tutadi.
O‘zbekistonda kelajakda yirik va o‘rta GESlar xam qurilishi mumkin, chunki O‘zbekiston daryolari texnik gidroenergetik potensialining fakatgina 26% o‘zlashtirilgan xolos. Vaholanki, tabiiy sharoitda daryo oqimi to‘xtovsiz ish bajaradi.
Gidroelektrostansiyalarda olingan arzon elektr energiya Respublikamiz energiya ta’minotining omili hisoblanadi.
O‘zbekistonda hozirgi kunda sug‘oriladigan erlarning yarmisi energiya iste’mol qiladigan mashinali suv ko‘tarish bilan bog‘liqligi, elektr energiya tarifining doim oshib borishi hozirgi kunda dolzarb masala, ya’ni xalq xo‘jaligini arzon energetik manba bo‘lmish GESlar bilan ta’minlashni taqozo qilmoqda.
Jahonda energiya iste’moli har 10 yilda ikki marta ortmoqda. GESlarning afzalliklari:
- har yili suv oqimidan tushuvchi suv energiyasidan foydalanadi va o‘zining ishi uchun qimmat va qayta tiklanmaydigan yoqilg‘ini talab qilmaydi;
- elektroenergiya tannarxi IESga nisbatan 5-10 marta arzon;
- o‘z quvvatini tez o‘zgartiradi (GES quvvati yuklanishga qarab o‘zgaradi) va energiya tarmoq grafigining cho‘qqisida ishlaydi;
- jarayonlarni avtomatlashtirish hisobiga xizmatchilar soni IESga nisbatan 3-4 baravar kam;
- atrof muhitning na kimyoviy, na issiqlik ifloslanishi kuzatilmaydi.
- GESlarga o‘rnatilgan agregatlar yuqori 90%li FIK ga ega, IES larda esa 50 %.


SUV ENERGORESURSLARIDAN FOYDALANISHDAGI KAMCHILIKLAR:

-yuqori kapital xarajatlar (to‘g‘onlar, tonellar qurilishi va yirik jihozlar uchun) sarflanadi; -tekis daryolardagi GESlar hududni suv bosishiga olib kelishi mumkin.


-aholi turar joylarini va korxonalarini suv bosishi natijasida joyidan ko‘chiriladi;
-suv oqimlarining issiqlik rejimi o‘zgaradi;
-o‘simlik va hayvonot dunyosi mikroklimati o‘zgaradi;
-suv sifati o‘zgaradi.


INSHOOTLAR TARKIBIGA QUYIDAGILAR KIRADI:

1. GES inshootlarining bosh bo‘g‘ini: to‘suvchi to‘g‘on, suv qabul qiluvchi yoki suv olish inshooti, keluvchi kanal;


2. derivatsiya: ochiq kanal, tonnel, quvur;
3. GES bosimli – stansiya bo‘g‘ini: bosimli hovuz, bosimli quvur, bekorchi (ortiqcha) suv tashlagich , GES binosi;
4. ketuvchi kanal.

Download 16,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish