Yunon-Baqtriya podsholigi


Bu o‘zgarishlar quyidagi jarayonlar bilan bog‘liq edi



Download 1,06 Mb.
bet2/3
Sana27.06.2022
Hajmi1,06 Mb.
#707915
1   2   3
Bog'liq
Yunon-Baqtriya podsholigi

Bu o‘zgarishlar quyidagi jarayonlar bilan bog‘liq edi:
1. Temir buyumlarning paydo bo‘lishi va keng tarqalishi.
2. Qal’alari bo‘lgan qishloqlarning paydo bo‘lishi va keyin ularning shaharlarga aylanish.
3. Moddiy madaniyatning sezilarli darajada o‘zgarishi.
Sharqiy Eron qabilalarining migratsiyasi.
Arxeologik nuqtai nazardan, yuqoridagi davr Marg‘iyona tipidagi Yoz I madaniyati mavjud bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Tadqiqotchilar Yoz I madaniyati davrini milloddan avvalgi II-I ming yillik bo‘sag‘asi – VIII-VII asrlar bilan belgilaydilar. Surxon vohasidan aynan mana shu madaniyatga o‘xshash yodgorliklar ko‘plab ochib o‘rganilgan. Bu davrda Baqtriyaning to‘rtta-Ulonbuloqsoy, Bo‘stonsoy, Urgul va Halqajar vohalari o‘zlashtirilgan bo‘lib, arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Kuchuktepa, Jarqo‘ton, Bandixon va Qiziltepa ularning marakazlari edi.
Yuqoridagi vohalar o‘troq ziroatkorlar va chorvador-sastarlar harbiy boshliqlarining mulklari, markazlar esa ularning qarorgohlari bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Milloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga Marg‘iyona va Sug‘diyona ham kirganligi taxmin qilinadi. Bu haqda turli hal ma’lumotlar mavjud bo‘lib, qadimgi fors podshosi Doro I Marg‘iyonada bo‘lib o‘tgan Frada boshchiligidagi qo‘zg‘olonni (milloddan avvalgi 521 yil) bostirgani haqidagi Behistun yozuvlarini “mana men nimalarni qildim Baqtriyada” deb, hulosalaydi. Doro III davrida Baqtriya va Sug‘diyona birlashtirilgan o‘lka bo‘lib, unda Bess nomli satrap hokimlik qilgan davrda Baqtriya, Marg‘iyona hamda Sug‘diyona aholisining urf-odatlari va madaniyati bir-biriga ancha o‘xshash bo‘lgan.
Tarixning otasi Gerodotning “Tarix” asarida Baqtriya xalqi Misr va Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga olnadi. Yunon tarixchisi Ktesiy Knidskiy Baqtriya haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Tarixchi davlatdagi ko‘plab shaharlar, mustahkam poytaxt shahar Baqtra (Balx), Baqtriya podshosi Oksiart, uning bitmas-tuganmas boyliklari haqida hikoya qiladi.
Tadqiqotchilarning fikrlarga qaraganda Qadimgi Baqtriya podsholigi qudratliligi jihatdan qo‘shni viloyatlardan ancha ustun bo‘lib, ular orasida alohida mavqega ega bo‘lgan.
Baqtriyaning tabiiy boyliklari undan tashqari hududda ham Old Osiyoga qadar mashhur edi. Ayniqsa, Badaxshon lojuardi (lazurit) va la’li juda qadrlangan.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, milloddan avvalgi VIII-VI asrning o‘rtalari qadimgi Baqtriya davlatining (aynan Baqtriya, Marg‘iyona va Sug‘diyona viloyatlarining ma’lum qismlari sifatida taxmin qilinadi) rivojlangan davri bo‘lib, bu yirik davlatning hududiy chegaralari: Murg‘ob vohasi, Hindiqush tizmasi, Badaxshon, Nurota tizmasi va Buxoro hududlariga taqalgan bo‘lishi mumkin. Bu davrda Baqtriya viloyatlariga qadimgi Xorazm davlati va sak-masagetlarning harbiy-siyosiy uyushmasiga tegishli o‘lkalar chegaradosh bo‘lgan. Avestoning eski qismlarida Axuramazda yaratgan “eng yaxshi o‘lkalar va mamlakatlar orasida to‘rtinchi bo‘lib go‘zal va bayroqlari baland ko‘tarilgan Bahdi mamlakati” atamasi uchraydi. Ayrim olimlarning fikricha bu “baxtar” atamasiga mos kelsa kerak. Baqtriya haqidagi keyingi qadimgi ma’lumotlar Axamoniylar podsholarining mixxatlarida va bo‘rtma tasvirlarida uchraydi. Misol uchun, Axamoniylar podsholarining markazlaridan biri Persepol shahridagi saroy devorlarida bo‘rtma rasmlarda baqtriyaliklar idishlar ko‘targan va ikki urkachli Baqtriya tuyalari bilan tasvirlanadi.
Demak, Baqtriya mustaqil satraplik sifatida Axamoniylar davlatining iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
A.Sagdullayevning tadqiqotlariga ko‘ra, Baqtriya haqidagi turli ma’lumotlar qadimgi yunon tarixchilari-Gerodot, Ktesiy, Arrian, Strabon, Kursiy Ruf, Diador,Pliniy kabilarning asarlarida ham mavjud bo‘lib, ular bu podsholikning qadimiyligi va yuksak madaniyati haqida ma’lumotlar beradi. Xususan, Ktesiy Knidskiy Ossuriya podshosi Nin Belidning Baqtriyaga qilgan yurishi, uning baqtriyalik ayol Semiramidaga uylanganligi, Baqtriya podshosi Oksiart va uning boy xazinasi haqida ma’lumot beradi. Ktesiyning Baqtriya chegaralari haqidagi ma’lumotlari ham qiziqarlidir. Uning xabar berishicha: g‘arb tomondan Baqtriya tekisligiga boradigan yo‘lni tog‘lar to‘sib turadilar, ulardan faqat dovonlar orqali o‘tib borish mumkin A.Sagdullayev.”Ozbekiston tarixi”.T.2000
. Baqtriya Tanaisdan Hind daryosiga cho‘zilgan bo‘lib, Tanais uni Yevropadan, Hind daryosi esa Hindistondan ajratib turadi.
Gerodot o‘zining “Tarix” asrarida Baqtriya va baqtriyaliklarni 45 marta tilga oladi. “Baqtriya” atamasi Esxilning milloddan avvalgi V asrda sahnaga qo‘yilgan “Fors”lar tragediyasida ham uchraydi. Yana bir qadimgi tarixchi Strabon Baqtriyani “oriylar o‘lkasining javohiri” sifatida ta’riflaydi.
Yozma manbalar ma’lumotlari ko‘p hollarda arxeologik ma’lumotlar bilan tasdiqlanadi. Arxeolgiya ma’lumotlarining guvohlik berishicha, milloddan avvalgi VII-VI asrlarda Baqtriyada shaharlar shakllanib bo‘lgan edi. Oltindilyortepa (Aorn), Baqtriya (Boloi Hisor) va Qiziltepa kabi ko‘hna shaharlar mustahkam himoya devorlar bilan o‘rab olinadiki, ular bu hududlarda davlatchilik rivojlanishining asosi edi.
Tarix shohidligi va saboqlari: chorizm va sovet mustamlakachiligi davrida O‘zbekiston milliy boyliklarining o‘zlashtirilishi. \ Loyiha rahbari, mas’ul muharrir: D.A.Alimova. – T.: Sharq, 2001.
Baqtriyaning Ahamoniylar davlati tarkibiga kirganligi haqida yozma va arxeologik ma’lumotlar nisbatan ko‘pchilikni tashkil etadi. Arxeologiya ma’lumotlariga ko‘ra, milloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalariga kelib, Amudaryodan kechuv joyida va daryo yoqalab yo‘llar bo‘yida qal’alar (SHo‘rtepa, Talashqon, Termiz, Xirmontepa) bunyod etiladi.
Qadimgi baqtriyda o’ziga xos boshqaruv tizmi joriy qilingan .Yani bu davrda Baqtriya Salavkiylar davridagi kabi boshqaruv tizmi joriy qilingan. Shu sabab ham Baqtriyada shunday tizim joriy qilindiku u tizim barcha xalqlar xususan Baqtriyaning madaniy siyosiy tasirida bo’lgan Marg’iyona va So’g’diyonada ham joriy qilingan. Mustaqillikka erishgan Baqtriya Diodot I davrida qudratli davlatga aylanadi. Bu davlatning poytaxti Zariasp-Bahtar hozirgi Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahriga 90 km yaqin qadimgi Balx shahri bo’lgan. Dastlab, u Salavka I tomonida turib, Parfiyaga qarshi boidi. Ammo Arshak II podsholigi davrida Baqtriyadagi vaziyat Parfiya foydasiga o‘zgardi. Natijada, Arshak II bilan Diodot II harbiy ittifoq tuzdilar. Lekin Diodot 11 Arshak II bilan tuzgan harbiy ittifoqdan o‘z mavqeyini mustahkamlashda foydalanishni eplay oldiki. Sababi, viloyat hokimlaridan biri Sog‘diyona hokimi yunon Yevtidem Diodot II ga qarshi kurash boshladi. Bu kurashda Ycvtidem g‘ohb chiqdi. U taxminan miloddan avvalgi 230-yilda Yunon-Baqtriya davlatida o‘z hukmronligini o‘rnatdi. Yevtidem Baqtriyada o‘z hukmronlik mavqeyini mustahkamlashga harakat ijildi. Chunki u kutilmaganda sak-massaget ko‘chmanchi qabilalarining hujumga o‘tishlari mumkinligini yaxshi bilardi.
Ayniqsa, u I’arfiya bilan chegaradosh tumanlarga e’tiborini qaratdi. Buning boisi Parfiya tomonidan xavf ehtimoli bor edi. Xuddi kutilganidek, 208-yilda Paifiya podshosi Antiox III Yevtidemga - YunonBaqtriyaga qarshi urush harakatlarini boshlab yubordi. Bu jangda Yevdidemning 10 ming kishilik qo‘shini tor-mor qilindi, Yevtidemning o‘zi esa Baqtriya harbiy qal’asida yashirindi
Bu qal’a kuchli istehkomga ega edi. Antiox III qal’ani yil davomida qamal holatida saqladi. Ammo Baqtriyani egallay olmadi. Oqibatda ikki o‘rtada 207-yilda tinchlik muzokaralari boshlandi, Yevtidem Antiox III ni Baqtriya podshosi deb tan oldi. Ayni paytda, Yevtidem ham podsholik unvonini saqlab qoldi. Yevtidem bitimga ko‘ra, Antiox III ni bir necha jangovar fillar berish va tashqi siyosatda u bilan bamaslahat ish tutish majburiyatini ham o‘z bo‘yniga oldi. 0 ‘z imkoniyati va kuchiga ishongan Antiox III Yevtidem Hindistonga urush e’lon qildi. U salavkiylar davlatining viloyatlarini o‘ziga tobe etishni maqsad qilgan edi. Ammo salavkiylar uchun Markaziy Osiyo abadiy yo‘qotilgan edi. Miloddan avvalgi 206-yildan e’tiboran, Yunon-Baqtriya davlati uchun salavkiylar xavfi yo‘qoldi.
Ba’zi tadqiqotchilar So'g'd va Farg'ona ham Yunon-Baqtriya tarkibiga kirgan desalar, ayrimlari bu davlatning chegaralari Amudaryodan nariga o'tmagan deydilar. So'nggi yillarda olib borilgan qazishmalar natijasida topilgan juda ko'plab irxeologik topilmalar Amudaiyoning o'ng va so'l qirg'og'i aholisini. III-II asriardagi o'zaro aloqalardan darak beribgina qolmay, bu erlarni Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirganligidan dalolat beradi.
Aynan ushbu davrda Baqtriyadagi o’ziga xos boshqaruv tizimi davlatning gullab yashnashiga olib keldi.aynan Baqtriya orqali boshqaruv boshqa hudularga xususan So’g’diyona va Marg’iyonda joriy qilindi .Aholi joriy qilingan qonun-qoidalarga doim amal qilganlar sababi kimdir qonunlarga rioya qilmay uni biuzsa ushbu shaxs qattiq jazolangan.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish