2. Normallash. Bu ishlovda po‘lat buyumlarning donachalarini yanada maydalash, bir xil strukturali qilish bilan ichki kuchlanishlardan holi etiladi. Buning uchun evtektoid, evtektoidgacha bo‘lgan po‘lat buyumlarni Fe-Fe3C holat diagrammadagi As3 va evtektoiddan keyingi
po‘latlarni esa As, kritik temperaturadan 30–50oС dan yuqoriroq temperaturaga qizdirib, shu temperaturada ma’lum vaqt saqlab, keyin havoda sovitiladi. Po‘latlarni kimyoviy tartibiga ko‘ra bu ishlovdan yumshatish yoki toblash o‘rniga foydalansa ham bo‘ladi. Chunki bu polatning xossalari yumshatilgan va toblangan po‘latlarnikidan kam farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |